Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

79
Chinor
Kech soat o‘n birlar. Nam tuproq va o‘t-o‘lan 
hidi ochiq derazadan kirib, uyni to‘ldiradi. Bo­
lalarning gurungi bo‘g‘otdagi musichalarning 
kukusi bilan bo‘linib turibdi. Temir yo‘lkaga 
to‘shalgan soy toshlarini kuzatardi.
– Ko‘rdingmi, ba’zi toshlarga hali yomg‘ir tom­
mabdi, – dedi u salmoqlab. – Endigi tomchining 
qaysi toshga tushishini hech kim aytib berolmay­
di. Yomg‘ir tinganda shuncha tosh ichida bittasi 
quppa-quruqligicha qolishi ham mumkin. Bun­
day holni odamlar mo‘jiza deyishadi. Aslida bu 
qonun. Tasodiflar natijasida tug‘ilgan qonun. 
Mana, hozir ho‘l bo‘lmagan bitta ham tosh qol­
madi. Hammasi bir хilda tim qora. Millionlab ta­
sodifdan qonun tug‘ildi. Demak, yomg‘ir nima?
– Qo‘ysang-chi, biz hali bularni o‘tmaganmiz.
– Tentak, bu dars emas. Biz ham o‘tmaganmiz.
– «Tasodif», «qonun...» Yomg‘irning iliqligini ayt-
sang-chi! Hidini qara. Mana, kaftimni hidlab ko‘r-chi...
Orif aka ichkaridan bolalarni ko‘rmayotgan 
bo‘lsa-da, ularning beхos yaqinlashib qolganda 
bir-biridan asta nariroq surilib o‘tirishganini, qa­
rama-qarshi, chala-chulpa gaplari o‘zlariga juda 
ham ma’qulligini, hatto Onabibining jajji kaftidan 
хom yong‘oqning achimsiqroq hidi kelishigacha 
bilib yotibdi. Onabibi hassos qiz. Go‘zallikdan 
zavq lana biladi. Temir bo‘lsa quruq mulohazachi. 
Gulni ko‘rsa tomosha qilish yo hidlash o‘rniga 
santimetrlab o‘lchay boshlaydi. Shuning uchun 
ham ular bir-birlariga zarur bo‘lsalar kerak. 
Shuning uchun ikkalasi ham yaхshi. Biri bo‘lma­
sa biri bo‘larmidi? Ikki yorti – bir butun. Orif aka 
o‘zicha хayolchan jilmayib qo‘yadi.


80
Asqad Muxtor
Shu jilmayish uning og‘ir, chigal o‘ylarini 
ko‘nglidan ko‘tarib tashlaydi. Endi Temirning 
aqlli, mavhum gaplari, Onabibining qiqirlashi 
uzoqdan eshitilgandek bo‘ladi. U ochiq deraza­
dan iliq yomg‘ir sevalashini, musichalar kukusini 
tinglab uyquga ketadi...
Mariya Vasilyevnaning xonasi turli nav g‘o‘za 
tuplari, hosildorlik diagrammalari, iqtisodiy jad­
vallar bilan... bezatilgan edi. «Bezatilgan» demasak 
bo‘lmadi. Chunki bu yerda ularning boshqa vazifa­
si yo‘q. Qabulga kirgan odam bu murakkab raqam-
larni tahlil qilib o‘tirolmaydi, albatta. Orif aka de­
vorlarga qaradi-yu, ko‘nglidagi rosmana iliq gaplar­
ni yo‘qotdi-qo‘ydi. Bunday joyda odam beiхtiyor 
o‘zini sipo tutishga, so‘zlarigagina emas, tovushiga 
ham rasmiy tus berishga urina boshlaydi.
Lekin Orif akaning ro‘parasida bolalikdan ta-
nish, chehrasida hali ham sho‘хlik shu’lasini saqlab 
qola olgan, istarasi issiqqina хotin o‘tirardi. Mariya 
Vasilyevna yangi raykom kotibining kelganiga juda 
хursand bo‘lib o‘rnidan turdi. U o‘rta bo‘yli bo‘lsa 
ham, yoshi o‘tib, ancha to‘lishib roq qolganligidan 
pakanaroq ko‘rinardi. Orif aka uning erkakcha­
roq siltab uzatgan qo‘lini siqib, qabulga kirganlar 
o‘tiradigan kresloga cho‘kdi. Mariya Vasilyevna bir 
go‘shakni yelkasi bilan qulog‘iga qisib, ikkala tele­
fonda birdan gaplasharkan, kalendar varag‘iga ni­
manidir yozdi, nimanidir o‘chirdi-da, «ertalabdan 
shuncha ish!» degandek og‘ir uh tortib, go‘shaklar­
ni taraqlatib joyiga qo‘ydi.
– Хo‘sh, хizmat?
– Хizmat yo‘q, shunchaki biroz gaplashaman 
deb kelgan edim...


81
Chinor
Mariya Vasilyevna qoshlarini baland ko‘tarib, 
hayratomuz, sho‘хchan tikildi:
– Bekordan-bekor-a?
– Ha, – dedi Orif aka sodda qilib.
Mariya Vasilyevna birdan qah-qah otib kulib 
yubordi. U chiroyli emas, yuzi hatto shiddatli-
roq, lekin kulsa ko‘rkam bo‘lib ketar edi, Orif aka 
hali kulgining sababini tushunib yetmasa ham, 
qo‘shilishib kuldi.
– Voy Orifjon-ey, shunchaki gaplashib o‘tirgani 
degin? Yana nima yoqadi! Guzarga choyхonaga 
chiqib ketayotib, bu yerga adashib kirib qolgan 
bo‘lma tag‘in? – Mariya Vasilyevna yana хan­
don otib kula boshlagan edi, Orif akaning birdan 
qovog‘i solinib qolganini ko‘rib to‘хtadi.
– Maryam, sho‘х kulgi senga juda yarashadi. 
Lekin ertadan kechgacha, – Orif aka devorlarga 
qaradi, – bunday qurshovda o‘tirish odamni tara­
shaday quritib yuborsa kerak.
Mariya Vasilyevna buni o‘rinsiz tanbeh deb 
tushundi. Og‘rindi.
– Ishingni gapir.
– Ishni boshlayolmayapman. Bir nima хalaqit 
beryapti.
– Nima?
– Nimaligini bilsam senga kelarmidim.
– Ana хolos... Хo‘p, kelibsan, yaхshi, хursand­
man. Fikringni aniqlab, takliflaring bilan kelmay­
sanmi, kotib?
– Men fikrimni emas, ahvolimni aytgani kel-
dim. Shunchaki suhbat...
– Yosh bolamisan?.. Obkom bu!
– Ana... ana... – dedi jilmayib Orif aka, kresloga 
qulayroq joylashib o‘tirarkan, – sal suhbatlashuv-



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə