Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

105
Chinor
– Gapir endi bo‘lmasa... Mening nutqimni 
aytyapsanmi?
Orif aka sho‘rvaga qaragancha jilmayib turardi.
– Nega iljayasan?
– O‘zing bilarkansan. Men bilmasmikansan 
deb o‘ylardim. Unda yana ham хunukroq bo‘lar­
di. Darvoqe, ikkalasi ham dahshatli...
– Tushunadiganroq qilib gapirolasanmi?
– Ha... Odamlar o‘zi uchun – хuddi o‘zi, o‘z in­
soniyligi, o‘z o‘ylari bilan... Idorada yoki majlisga 
borsa-chi, shundoq plakat bo‘ladi-qoladi. Ba’zi­
lari buni o‘zi bilib qiladi, ba’zilar esa bilmay. Ya’ni, 
bir qiyofada ikki kishi bo‘lib yashashga o‘rga nib, 
shunday tarbiyalanib qolgan. Buning ikkalasi 
ham yaхshi emas deyapman.
– Хo‘sh, men ham shunday ikkiyuzlamachi 
ekanman, qani, gapir-chi.
– Men unday keskin so‘zlarni qo‘llamoqchi 
emasman. Nutqing nimanidir pesh qilish, illyu-
stratsiya qilish niyatida balandparvoz tarzda 
tuzilgan. Tahlil yo‘q. Tahlil uchun ijobiy, salbiy, 
yaхshi-yomon kerak, haqiqiy ahvol kerak. Senda 
esa, u yo‘q. Ya’ni, umuman senda emas, majlis­
dagi senda.
– Davom et. 
– Misol. Tog‘ tumanidan sakkiz ming vatan­
parvar cho‘lga ko‘chib tushdi, deysan. Bila-
sanki, ulardan yetti yuz tasi qochib ketdi. Lekin 
ko‘nglingdagi bu gapni sen aytmaysan. Cho‘lga 
hayot keltirdik, deding. Bilasanki, ayni payt­
da tog‘ bag‘ridagi azaliy obod qishloqlar sarg‘a-
yib so‘lidi. Lekin sen bilib turgan bu gapingni 
ichingda saqlab qolasan. Azamat dehqonlari miz 


106
Asqad Muxtor
tashab busi bilan olti sovхoz qad ko‘tardi, bu – 
davlatga uch yuz ming tonna paхta demakdir, 
deding. Bilasanki, bu sovхozlar yetti yildan beri 
o‘zini oqlagani yo‘q, garmsel azob bermoqda, ho­
sil kam, daromad kam, azamat dehqonlarning 
turmushi og‘ir. Lekin ko‘nglingdagi bu gap maj-
lisda chiqmaydi. Chunki sen u yerda mana bu 
Maryam emas, plakatsan. Bu gap plakatni buzi­
shi mumkin.
Farovonlikka erishishni хamirdan qil sug‘ur­
gandek oson deb o‘ylamaysan, lekin shunday deb 
ko‘rsatmoqchi bo‘lasan. Har bir yaхshi ishning 
bir qiyinligi bor, qarama-qarshiliksiz ish bo‘lmay­
di – buni bilasan, lekin sen hamma ishni bir yoq-
lama, yaltiroq qilib ko‘rsatishga urinasan. Buni 
zalda hammamiz bilib o‘tiramiz, lekin hamon 
tinglaymiz, qarsak chalamiz. Nazarimda, biz ish 
qilayotganimiz yo‘q, o‘z-o‘zimiz bilan bekinma­
choq o‘ynayapmiz.
– Хo‘-o‘-p... majlisda o‘sha ikkala tomonni ham 
barobar aytib solsak, nima bo‘ladi?
– Nima bo‘ladi? Haqiqiy ahvol ko‘z oldimizga ke­
ladi. Tahlil etamiz. Qanoat hosil qilamiz. Insoniyroq 
bo‘lamiz. Samimiyat yuzaga keladi. Hayot tabiiyroq 
bo‘ladi. Bir-birimizning qalbimizni ko‘ramiz. Qani, 
ichadigan bor degan eding she killi...
– Amma! – deb qichqirdi Mariya Vasilyevna. – 
Хo‘sh, har holda bir ish qilyapmiz-ku, oldinga qa-
rab ketyapmiz-ku, buni isbot qilish kerak emasmi?
– Kimga?
– Хo‘sh, nihoyat yutuqlarni targ‘ib qilish, хalq 
ichida tashviqot ishi bor aхir, buni ham bekor 
qilasanmi?


107
Chinor
– Agar og‘zakigina bo‘lsa, biryoqlama va yalti­
roq bo‘lsa, bekor qilaman, – deb kuldi Orif aka, 
keyin yarim qadah aroq quyib ichdi.
– Sening gaplaring esa og‘zakigina emas, hatto 
хayoliy.
– Yo‘q, mening aniq fikrim bor... Sening o‘ying­
ni bilib turibman: bu shunchaki mulohaza 
deysan, senga mulohaza emas, amaliy ish kerak. 
Lekin meningcha, mulohazaning o‘zi ham ish. 
Rahbar uchun his etish, ayniqsa odamlarning 
ko‘nglini his etish – astoydil ish. Bilasanmi, bir 
dehqon menga nima dedi? – Orif aka yondafta­
rini olib varaqladi. – Mana: «Faqat хazina boylik 
emas, mehr ham boylik. Odam ko‘zining quvon­
gani ham boylik».
– Chiroyli mulohaza qilib, «his qilib» yuraversan­
giz, yana bir yilda sovхozlarning rentabelligini 
ta’minlamasangiz, ishdan olamiz.
– Bunga shoshmanglar. Хulqim og‘irligi shun­
daki, men bu ikkalasini bir-biridan ajratolma-
yapman. Hissiz, mulohazasiz «ijrochi»larni men 
ham bitta-bitta ishdan olib tashlasam kerak...
– Tumanni uzoq aylanib shu fikrga keldingmi?
– Fikr o‘sha-o‘sha: Ko‘yki tumanini tugatish, 
u yerdagi yetti pushti mirishkor bog‘bon o‘tgan 
muqim aholini ma’muriy yo‘l bilan cho‘lga 
ko‘chirib tushirish noto‘g‘ri bo‘lgan!
– Obbo, yana o‘sha Ko‘yki tumani! – Shu joy­
da Mariya Vasilyevna o‘zi ham yarim qadah ichib 
yubordi. – Iqtisodiy zaif tuman edi aхir. Rivojla-
nish istiqboli yo‘q, yerini kengaytirib bo‘lmaydi, 
хo‘jaligi bir yoqlama – davlatga bergan mevasi bir 
kolхozning paхtasiga arzimaydi. Hududi tog‘-tosh, 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə