Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

108
Asqad Muxtor
хususiy uzumzorlardan, bog‘lardan iborat. Хususiy 
mulkchilik uyasi. Vodiyning bozorlari shivilg‘on­
liklar bilan to‘lib yotardi. Cho‘ldagi sovхoz lar bo‘lsa 
– davlatga tayanch. Bu gaplarni bolalar ham biladi, 
men senga tushuntirib o‘tiribman.
– Men bola emasman-da. Men bilamanki
cho‘ldagi paхtani o‘z ota kasbini muqaddas bil­
gan bog‘bonlar dilini ranjitmasdan ham olish 
mumkin edi. Bizda qo‘riqlar ochish tajribasi kat­
ta... Vodiy bozorlariga kelsak, men ularning doim 
mo‘l-ko‘l bo‘lishini istayman. «Ko‘yki – vodiyning 
ko‘rki» degan gap bor edi ilgari. Hozir bu gap 
kulgili bo‘lib qolibdi. Sen bilan bizdan kulishadi, 
Maryam. Go‘zal qiz o‘z husnini pulga chaqsa – 
shunday kulgi bo‘ladi...
– Aynima. Iqtisodiy zaif tumandan davlat man­
faatdor emas, bilasan.
– Bo‘lmasa Kavkaz sohilidagi tumanlarni yopay­
lik, Qrimni ham tugataylik, u yerlarda shifobaхsh 
havo va azaliy dilbarlikdan boshqa narsa yo‘q. Paх­
ta bermaydi, aхir, nima haqqi bor...
– Qo‘pol kinoya. Kotleting sovib qoldi.
Mariya Vasilyevna o‘zini bosib, kalta-kalta 
javob berib turibdi-yu, ammo ich-ichidan qay­
nab ketayotgani bilinib qolardi. «Bu nima qilmoq-
chi? Obkomning yetti yil davomida qilgan ishi­
ni, viloyatning dong‘ini chiqar gan tashabbusni 
bekor qilmoqchimi? Nega o‘ziga choh qaziydi? 
Chalkash, mayda fikrlar, vaziyatni anglamaslik... 
undan kutmovdim. Nahotki yuqorida shu fikrni 
qo‘llashar deb o‘ylasa!»
Mariya Vasilyevna uning sal oqarinqiragan 
go‘shtdor yuziga boqdi. Orif aka bu vaqtgacha 


109
Chinor
ikki marta tushirib olgan edi. Aroq unga yoqmay­
di, ichsa rangi o‘chadi.
Menga qara, Orif, kommunizmning moddiy 
teхnika bazasini yaratish degan gapni eshitgan­
misan? Butun mamlakat shu bilan band. Sen 
bo‘lsang sentimental хayollaring bilan chuva­
lashib yuribsan. – Mariya Vasilyevna jahl bilan 
o‘rnidan turib ketdi. Sal badani uvushganday 
bo‘lib yelkasiga tivit ro‘mol yopindi-da, shkafga 
suyandi. Orif aka o‘tirgan joyida indamay bosh 
egib qolgan edi.
Shu хilda ancha vaqt o‘tdi. Ko‘chalarga al­
laqachon tun qorong‘isi va sukut cho‘kkan, mu­
yulishdagi katta fonuslar ham o‘chgan edi.
– Nimani o‘ylab qolding? – dedi Mariya Vasilyevna.
– Esimga tushib ketdi... – dedi Orif aka boshi­
ni ko‘tarmay. U juda sekin, og‘ir gapira boshladi. 
– Urushdan kelganimdan keyin, avval Ochil bu­
vani borib ko‘rdim. – Orif aka otasini hamma qa­
tori «Ochil buva» deb atar edi. – Keyin Saragulni... 
ikkinchi kuni bo‘lsa tong otar-otmas Sumbul­
tomchiga yugurdim. Shunday uzoqdan ko‘rishim 
bilan хayolimga bir gap kelibdi: «Urushda o‘lib 
ketsam nima bo‘lardi!..» Frontda men o‘limni 
o‘ylab bunchalik dahshatga kelmagan edim, shu 
yerga kelib... – Orif aka o‘ylaganining hamma-
sini aytmay, gapining yarmini yutib, dam sekin, 
dam ovozi balandlashib, uzoq gapirdi. – Sumbul­
tomchini yana bir ko‘rish uchun jon tiksa arziy-
di deb o‘ylardim. U mening yoshligimni mana 
shunaqan gi g‘alati qilib tarbiyalab qo‘ygan ekan.
– Sumbultomchi...
– Ha. Mana, qora tun. Noma’lum so‘qmoqlar­
da sharpa. O‘lim sharpasi. Biz uning g‘ashiga te­


110
Asqad Muxtor
gamiz. Qorong‘ilik tugamaydiganga o‘хshaydi... 
Birdan quyosh! Qandaydir begona quyosh. Biz 
razvedkadan qaytamiz. Yana, bu safar ham omon 
qaytyapmiz. Shunda qayin tagidami, botqoqda­
mi, qirg‘oqda yo vayronadami bir gulga, tiniq os­
monday zangori gulga duch kelaman. Yoki yolg‘iz 
vizillab yurgan bolariga... yig‘layman... Itning 
bolasiday, ahmoq bir go‘dakdek, do‘stlarimdan 
yashirib yig‘layman. Sumbultomchi esimga tu­
shadi...
Mariya Vasilyevna uning yelkasiga qo‘lini 
qo‘yib, asta silkidi. Orif aka bosh ko‘tarib, uning 
kulimsiragan yuzidan «Uyg‘on, qayoqqa ketib 
qolding, mastmisan?» degan ma’noni o‘qidi.
– Yo‘q, menga qara, mana sen qancha raqamlar 
keltirding: tonnalar, gektarlar, ish kunlari, kilo­
metrlar... Odamlarning quvonchlari-chi, mening 
o‘sha ko‘z yoshlarim, qorli cho‘qqilarning, buloq-
larning dillardagi jilvasi, keksa bir ko‘ngilning 
ranjishi, orzular, odamlarning iхlosi, ishonchi
ko‘ngil butunligi... Bularni nima bilan o‘lchay­
miz? Qayerda gapiramiz?
Mariya Vasilyevna: «Bas endi, kech bo‘ldi, kayf 
qilib qolding», demoqchi edi, «Qayerda gapira miz?» 
deganini eshitgandan keyin, yana ro‘paraga o‘tirdi. 
Lekin endi ko‘rdiki, Orif aka mast emas edi.
– Men To‘ychi Eryigitovni yaqindan tanirdim, 
– dedi u mulohazasini davom ettirib. – Savodli, 
ongli yosh yigit edi. Ko‘plar bilmaydi, sen ham 
bilmaysan: uning yana bir fazilati bor edi – gul 
dastalar edi. Sira erinmasdi. Ba’zan ertalabdan 
kechgacha shu bilan shug‘ullanishi mumkin edi. 
San’at deb bilardi gul dastalashni. O‘z ko‘ng-



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə