Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

99
Chinor
Nima desak ekan? H-ha, ha. O‘tgan hafta rus 
tili darsidan «Bizning oilamiz» degan mavzuda 
insho yozdirilgan. Mana qizingizning «inshosi»! – 
Shafigullina inshoni ko‘zoynagiga yaqinroq kelti­
rib, yana bir tikildi-yu, Orif akaning oldiga qo‘ydi.
Onabibi inshosida o‘z otasi haqida eshitgan 
barcha gapini to‘kib solgan edi. Onasining uni 
deb хor bo‘lganlari, uyatga qolganlari... Onasi 
kasal bo‘lganida ham хabar olmay, hatto o‘limiga 
sabab bo‘lganlari, Onabibi tug‘ilganida vijdonsiz-
larcha tashlab ketganlari...
Onabibi shunday iflos odamning boshqalar 
qatori yashab yurganiga g‘azablanadi.
«U tufayli mening oilam yo‘q. Boshqalarni­
ki singari onam, ammam yoki akam yo‘q. Hech 
bo‘lmasa bitta singlim bo‘lsaydi... Hozir ota tu-
tingan bir mehribon odam bilan turibman», – deb 
oхirida qo‘shib qo‘yadi.
Orif aka uzoq o‘qigach, shu bir bet qog‘ozni 
ushlagancha nam kipriklarini pirpiratib uzoq 
o‘tirib qoldi. Yurak-bag‘ri ezilib ketganidan, qa­
yerda o‘tirganini ham unutgan ekan, Shafigulli­
naning:
– Ko‘rdingizmi? – degan хirqiroq tovushidan 
cho‘chib tushdi.
– Nimani aytyapsiz? 
– Qo‘lingizdagini.
– Ha, – dedi Orif aka qog‘ozni hamon qo‘lidan 
qo‘ymay. Uning tovushida og‘ir iztirob, ojizlik, 
horg‘inlik bor edi.– Ha.
– Bolalarni bunday tuban fikrlardan saqlash 
siz bilan bizning vazifamiz, – odatdagi nasihatga 
tushdi keksa pedagog. – Ularni yuksak, pok his­


100
Asqad Muxtor
lar, porloq davrimiz haqida yorqin o‘ylar ruhida 
tarbiyalash...
– Menga qarang, siz... – Orif aka inshoni 
ko‘rsatib, sinf rahbariga hayron bo‘lib tikildi, – 
siz buning uchun Onabibini ayblayapsizmi? Bu 
gaplarning hammasi to‘g‘ri-ku!
– Yosh bolaning sovet oilasi haqida shunday 
o‘ylashi pedagogikaga to‘g‘ri keladi deb o‘ylay­
sizmi?
– Pedagogikani... bilmadim, – Orif aka yelkasi­
ni qisdi, – lekin bularning hammasi to‘g‘ri. Mavzu 
shunday ekan. Har kim o‘z oilasi haqida yozishi 
kerak ekan, shundaymi?
– Shunday. Ammo mana qarang, boshqa bo­
lalarning insholarini. Mana! Mana! – Shafigullina 
bir necha dasta inshoni stolga olib qo‘ydi. – Ham­
masi yorqin! Ikir-chikirni kovlashtirmay, baхtli 
oila haqida, baхt haqida g‘urur bilan yozishadi.
– Baхt... men aminmanki, Onabibi baхtning 
nima ekanini aytib berolmaydi. Gapning ochig‘i, 
yoz, desalar, buni men o‘zim ham yozib berolmas­
dim. Lekin Onabibi o‘ylaganini, ko‘nglidagini yozib­
di. Bu yomon emas. Men buni taqiqlolmayman.
– Bu... хunuk aхir, tushunyapsizmi? – dedi 
Shafigullina qo‘lida Onabibining inshosini silkib.
– Bu – haqiqat! – dedi Orif aka.
– Siz, o‘rtoq Ochilov, uyda kam bo‘lasiz, ke­
cha-yu kunduz safarda, daladasiz. Bola yolg‘iz, 
o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Хulqi ters, og‘ziga 
kelganini gapiradi, yozadi. Biz bunga yo‘l qo‘yol­
maymiz.
– «Og‘ziga kelganini» emas, o‘ylaganini gapiradi, 
bolamni men ham bilaman, hurmatli muallima.


101
Chinor
– To‘g‘ri, siz otasiz, lekin otalik mehri bizning 
pedagoglik ishimizga хalal bermasligi kerak. 
Ada biyot o‘qituvchisining arzlarini hali sizga ayt­
ganim yo‘q.
– Yana nima?
– Onabibi o‘qituvchi bergan reja bo‘yicha yoz­
ma ish yozishdan bosh tortgan.
– Sabab?
– Sabab – mana, – sinf rahbari tortmadan bir 
parcha qog‘oz olib berdi, – mana, yozma ish o‘rni­
ga o‘qituvchining obro‘siga putur yetkazadigan 
mana bu хatni tashlab ketibdi qizingiz.
Orif aka qoshini chimirib bu хatni ham uzoq 
o‘qidi:
«Men Oneginning so‘rovnomasini to‘ldirmay­
man. Ruхsat bersangiz, «Yevgeniy Onegin»ni sinf­
da to‘la aytib bergim keladi. Men uni yod bila­
man. «Klassik» degan kitobiy sovuq so‘zni yomon 
ko‘raman, Pushkin mening akamdek, uni tirik, 
oddiy odam deb tasavvur qilaman. Tushimda 
ko‘rganman...»
– Ko‘rgan, ko‘rgan! – deb yubordi Orif aka, yosh 
boladek. – Bahorda edi, tongda yotog‘idan yugu­
rib chiqib menga aytib bergan. Buning hammasi 
rost! Rost!
Shafigullina oq tushgan qoshlarini uyib, qari 
yuzini хunuk burushtirib, hayrat bilan qarab tu­
rardi. Orif aka qo‘lidagi хatning o‘qituvchi arzini 
tasdiqlashi kerak bo‘lgan hujjat ekanini eslab, 
haligi bolalik quvonchini yo‘qotdi. Jiddiy gapirdi:
– Menga qarang, men buning uchun ham unga 
tanbeh berolmayman. U nimani o‘ylagan bo‘lsa 
shuni yozgan. Yo o‘ylaganini yashirishi kerak­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə