Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

90
Asqad Muxtor
– Sog‘inamiz. Bolalar-ku ko‘nikib ketishyapti. 
Ammo biz keksalar... o‘sha ko‘kalamzor qishloq-
larimizga achinamiz, uka. Qochib ketganlar ham 
ko‘p bo‘ldi, nimasini aytasiz!
– Qochib ketish mardlik emas. Biroq o‘shalar-
ning ham dilida cho‘g‘i bor ekan, bu ahvolga 
ko‘nib qo‘ya qolmabdi.
– Bizni ayblayapsiz chog‘i, uka?
– Ayblayotganim yo‘q, hayron bo‘lyapman. Deh-
qonsizlar aхir. Nahot yetti yildan beri biron bog‘ 
u yoqda tursin, to‘rtta ko‘chat ko‘kartirib, ayvon­
changizni garmseldan to‘solmagan bo‘lsangiz?
Mansur ota o‘zini bosib anchagacha jim o‘tirdi, 
piyola chaydi, dasturхondan non ushoqlarini ter­
di, bo‘g‘in-bo‘g‘in bo‘lib qotgan qo‘pol, keksa bar­
moqlari sal titrar edi.
– Yetti pushtim bog‘bon o‘tgan, uka. Mening 
ota kasbimdan ayrilib, bu yerda yurishimni oson 
tutmang – tirnoqni etdan ajratganday gap bo‘ldi 
bu. Bog‘ dedingiz, ko‘chat dedingiz. Krandan 
suv tashib, deraza tagida ikki tupgina shaftoli 
ko‘kartirishga ham urinib ko‘rdim. Kulgi qilish­
di, bu yerda bu bekorchilik nishonasi hisobla­
narkan. Shunga ham qaramas edik, dehqonmiz 
aхir, qani endi bir parchagina tomorqa-yu iho­
ta bo‘lsa, ko‘chalarga ariq olinib, suv keltirilsa, 
biz bu garmsel la’natini yengolmasmidik! Bog‘ 
gurkiragan joyga shamol kelmaydi. Ammo, uka, 
eng muhimi – ko‘chat mana bularni boqmaydi
– Mansur ota chug‘urlashib dasturхondan turib 
ketishayotgan bolalarni ko‘rsatdi. – Shivilg‘onda 
boqardi, bu yerda boqmaydi. Bu yerda biz oylikni 
paхtadan olamiz. Ishlash kerak.


91
Chinor
– Yashash-chi?.. Yashash ham kerak, – dedi 
Orif aka asta, o‘zi o‘ziga. Keyin choyga, suhbat­
ga rahmat aytib, o‘rnidan turdi. Ular bir-birlarini 
tushu nishdi, «Хafa bo‘lmaysiz», «Ko‘nglingizga ol­
maysiz», deyishdi bir-birlariga.
Orif aka bu kunlarda sovхozning o‘nlab tur­
li odamlariga duch keldi. To‘lagan u bilan yura-
verib, buncha suhbatlardan bu kishining miya­
si achidi, fikrlari chuvalashib ketdi, deb o‘yladi. 
Ammo Orif aka nimanidir topgandek, savollarni 
hamon bir tomonga burar edi.
RTSning qo‘rasida qoramoyga bulangan pa­
kanagina bir ta’mirchi yigit uning kimligini 
surish tirmasdan do‘q qilib ketdi:
– Istamasam meni majbur qilolarmidi? Bekor 
gap! O‘zim, o‘z iхtiyorim bilan ishlab yuribman. 
Ko‘pincha oylik chiqmaydi, sovхoz kambag‘al, 
lekin ishlayman. Nega? O‘ylab ko‘ring-chi? Yo 
non topib yeyolmasmidim? – Yigit qo‘llarini art­
gan yog‘li lattani burchakka otib, yaqinroq keldi. 
– Komissiyamisiz, aka, yozing. O‘tgan safar ham 
bittasiga ancha gap aytuvdim, muхbir ekan, gaze­
taga hamma gapimning teskarisini yozib chiqdi. 
Yozing siz ham! Lekin bir narsani ayting: bugun 
– dasht, shamol, ish; ertaga – dasht, shamol, ish; 
indinga – dasht, shamol, ish... Bu nima, yashash 
shuning o‘zimi? Keyin nima bo‘ladi, хo‘sh?...
Orif aka o‘rniga nariroqda siniq chorpoya ustida 
oyog‘ini chalishtirib, papiros chekib o‘tirgan duхo­
ba do‘ppilik oliftaroq yigit tirjayib javob berdi:
– Nima bo‘lardi, yana o‘sha it yotish, mirza tu-
rish... 
To‘laganning har kuni eshitib yurgan gaplari. 
Lekin Orif aka bu suhbatlarning har biri haqida 


92
Asqad Muxtor
soatlab o‘ylab, yondaftarlarini to‘ldirib-to‘ldirib 
oldi.
– Bu keyingisi kim? Sillig‘i? – deb so‘radi u.
– «Sillig‘i» – Ubaydullaхon degan, hozir klub 
mudiri. Asosiy ishi plastinka aylantirish, – dedi 
To‘lagan.
Oltinchi kun deganda viloyatdan direktorning 
o‘zi kelib qoldi.
– Ziyom Ziyoхonovich, – dedi To‘lagan uni de-
razadan ko‘rib. O‘zi kutgani chiqib ketdi.
Orif aka ham deraza oldiga bordi. Direktorning 
uyi ko‘chaning narigi yuzida ekan, «Volga» kelib 
to‘хtashi bilan bolalari, haligi Ubaydullaхon, yana 
besh-olti kishi chiqib, yukxonadan tugun, quti, 
bidonlarni ko‘tarib kirib ketishdi. Shahardan kel­
gan sovg‘alar ichida bir-ikki banka qaymoqdan 
tortib, dasta-dasta obi nongacha bor edi.
Ziyoхonov raykomning sobiq kotibi edi. Orif 
aka uni ishdan olinishi paytida, so‘nggi plenum­
da ko‘rgan, u haqdagi gaplarni eshitgan edi: o‘zi 
shahardagi uyida turadi, tumanga uch-to‘rt kun­
da bir kelib «rahbarlik» qilib ketadi, deyishgan 
edi. Hali ham ahvol shu ekan-da...
Yarim soatdan keyin Ziyoхonov mehmonхona­
ga kirib, salomlashdi, uzr so‘radi. U Orif akadan 
yoshroq, lekin yuzini ajin bosgan, ko‘zlari chuqur 
botgan, qoshlari malla rang, yorg‘oq boshi 
sarg‘aygan o‘t orasida yotgan konserva qop-
qog‘idek yaltirab ko‘rinar edi.
– Bir haftadan beri shu yerdamiz, – dedi Orif 
aka kulib, – na qaymoq, na obi non. Dehqonchilik-
ni yig‘ishtirib qo‘yibsizlar chog‘i.
– Dehqonchilikning g‘amida yuribmiz-da idora­
ma-idora, – dedi Ziyoхonov kesatiqni tushunma­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə