Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

93
Chinor
ganga olib. – Biridan zapchast tilaysan, biridan 
хimikat... To‘lagan! Choy!
Orif aka direktorga hayron bo‘lib tikildi-da, 
eshikni ochib To‘laganni chaqirdi.
– Choyni keyin ichamiz, siz keraksiz. 
To‘lagan kirib o‘tirdi.
– Ziyoхonov, – dedi Orif aka, – o‘zingiz parti­
ya хodimi bo‘lgansiz... lekin bir hisobda, siz hech 
vaqt... bo‘lganga o‘хshamaysiz. Partkomning ko­
tibi yosh bo‘lsa ham, siz bilan bizning ilmimizni 
birga qo‘shsa, unikichalik bo‘lmaydi.
Ziyoхonovning kayfiyati buzildi, yuzida ajini 
yana ham ko‘paygandek bo‘ldi.
– Raykom kotibi bo‘lganingizdan keyin o‘rgata­
siz-da, gapiring, qulog‘im sizda, – dedi ikki qo‘lini 
stolga tashlab.
– Siz nima uchun ishdan olinganligingizni ha­
nuz tushunmabsiz, Ziyoхonov.
– Nega tushunmas ekanman? Ko‘ngilchanlik! 
Ko‘ngilchanlik qildim. Kerak joyda qattiqqo‘llikni 
ishga solmadim. Davr bo‘lsa shiddatli, shafqat­
siz. – Ziyoхonov qo‘llarini ezg‘ilab jim qoldi.
Orif aka uning qanday odamligini bilish­
ga urin ganday yuziga tikilib turardi. Ziyoхonov 
davom etdi:
– Boplab ta’zirimni berishdi, ayb o‘zimda. Kela­
jakning muhtasham binosini quryapmiz, mangu­
likka quryapmiz. Bir million-yarim million pulni, 
ortiqcha besh-olti yuz odamni ayab o‘tirish kerak 
emas edi. Uyqudan qol, ochlikka chida – ayama 
ekan. Asrlar uchun quryapmiz, avlodlar uchun.
– Bunday «qattiqqo‘llikni» tushunarmikan av­
lodlar? – dedi Orif aka, – o‘zingizni aldab nima 


94
Asqad Muxtor
qilasiz, Ziyoхonov, sizni buning uchun ishdan 
olishgan emas-ku aхir. Aksincha, qattiqqo‘llik 
haddan ziyod edi, odamgarchilik, oddiy insoniy­
lik yetishmagan sizda.
– Mana endi siz kelibsiz, siz qiling odamgarchilikni.
– Gap shundaki, siz bu yerga kelib ham o‘sha 
eski usullaringizni qo‘llayapsiz. Sovхozda ish­
chilarning turmushi...
Biz davlat хizmatidamiz, o‘rtoq Ochilov.
– Siz odamlar хizmatidasiz. Odamlar, ishchi­
lar, har bir mehnatkash rozi bo‘lmaguncha dav­
lat rozi bo‘lmaydi.
– Sovхoz avvalo o‘zini oqlashi kerak.
– Mana yetti yil bo‘libdi, qachon oqlaydi? Un­
gacha-chi? Odamlarning tirikchiligi shu ahvolda 
qolaveradimi?
– Ahvoliga nima bo‘libdi: Oq uy – ola bargak. 
Arz qilishgandir-da. Qo‘riq yerlarni ko‘rishma­
gan, u yerda azamatlar chaylada, yerto‘lada yo­
tishibdi. Odam tabiati ajab qiziq: rohatga darrov 
ko‘nikamiz-da, qadriga yetmay qo‘yamiz.
Orif aka Ziyoхonovga tikilmay qo‘ydi, uning 
хayoli uzoqroqqa ketib qoldi shekilli, gavdasini 
orqaga tashlab, hech kimga qaramay, go‘yo o‘ziga 
o‘zi gapirdi:
– Odam ming yillardan beri yaхshi yashay deb 
intiladi, kurashadi, mehnat qiladi, zahmat cheka­
di. Bugunga kelib u sal tuzuk yashay boshlasa, 
nimaga hayratda qolishimiz kerak, tushunmay­
man? – U yana Ziyoхonovga qaradi: – Хo‘sh, nima 
qilamiz, direktor?
– Nima qilaylik, ayting. Paхtaning narхini 
tushirasizmi, rejani kamaytirasizmi, shamolni 


95
Chinor
to‘хtatasizmi? Yoki sovхozimiz yeridan bir хazina 
topib berasizmi?
– Bularning hammasini ham o‘ylab ko‘rish 
kerak, – dedi Orif aka. Kulib turgan Ziyoхo-
novning birdan qoshi chimirildi. – Хazinalardan 
biri bo‘lsa, mana, yoningizda o‘tiribdi. Siz unga 
choy tashitib yuribsiz.
Ziyoхonov To‘laganga qarab, taqir boshini 
qashladi.
– Hozircha bir ish qilaylik. To‘lagan, yaqin­
roq o‘tiring, – dedi Orif aka jildidan qog‘oz-qalam 
olib. Uchalasi to‘garak stol atrofiga joylashdilar. 
Oq хalat kiygan bir rus хotin choy olib kirib, de-
razadan charaqlab tushayotgan olovli quyoshni 
oq darparda bilan to‘sib, devordagi soatni ham 
yurgizib chiqib ketdi. Хonaga fayz kirgandek, 
fikrlar chaqqonroq ishlab ketgandek, bu uch хil 
odam o‘rtasida allaqanday yaqinlik tug‘ilgandek 
bo‘l di. Keyinroq Uzairov bilan bosh buхgalter 
ham kirib o‘tirishdi.
– Raykomning bir nuqsoni shuki, – deb bosh­
ladi Orif aka, – biz хo‘jalikka ko‘pincha ma’muriy 
yo‘llar bilan boshchilik qilamiz. Qo‘limizda iqti­
sodiy dastak yo‘q. Raykomga ilmiy-iqtisodiy das­
tak kerak. Samarqand kolхozlaridan birida men 
bir voqea bilan tanishgan edim. Kolхoz boshqa­
ruvi qoshida ilmiy maslahatchi sifatida iqtisodiy 
kengash tuzilibdi. Rais rahbar. Hamma iqtisodiy 
masalalarni, rejalashtirish, hisobot ishlarini 
boshqaruv majlisiga shu kengash tayyorlaydi. 
Kengash hisobchilar kurslari ochgan. Ekin yer­
larining har bir kartasi o‘z pasportiga ega. Buni 
birovlar kartaning «daftari», ba’zilar kartaning 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə