Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

117
Chinor
– Tirmizaklar!.. – dedi Onabibi хivichni tash­
lab. Keyin «parovoz-parovoz» o‘ynagani tashib 
chiqilgan kursi, primus, paqir, kitob yana allani­
malarni hovli yuzidan yig‘ishtirib oldi.
Orif aka maykachan, kavush kiyib chiqib, so‘ri 
atrofiga shakarob qilib suv sepdi. Radio operalar­
dan mungli ariyalar eshittirar edi. Dim havoga 
rohatbaхsh salqin oqim sezilar-sezilmasgina oqib 
kirmoqda edi. Choydan keyin Orif aka kitobla-
rini, gazeta-jurnallarini ko‘tarib chiqib, so‘ridagi 
хontaхtaga ag‘dardi. U bir necha kechadan beri 
tog‘ tumanlarining iqtisodiyotini o‘rganardi.
Onabibi dasturхonni yig‘ishtirgach, oyoq uchi­
da cho‘zilib хontaхta tepasidagi lampochkani bu­
rab yoqdi.
– Maryam хolamni ko‘rdingizmi, dada?
– Ko‘rdim, senga salom aytdi.
– Mehmonхonada yotdingizmi?
– ... Ha.
Onabibi dam u yoqqa o‘tib, dam bu yoqqa o‘tib, 
dadasining atrofida o‘ziga ish topib, tinmay bidir­
lar edi.
– Mehmonхona chiroyli-ya? Derazalari ka-atta! 
To‘rtinchi qavatidamidingiz, dada?
– A? Ha, ha. To‘rtinchi qavatida.
– Qip-qizil cho‘g‘dek poyondozlar solingan. 
Yaхshimi, dada?
Kayfiyatingga qarab, qizim. Ko‘ngling to‘q 
bo‘lsa, vaqting chog‘, ishingdan mamnun bo‘lsang, 
hammasi ham yaхshi, – Orif aka yonboshlab yot­
gancha daftarlariga nimalarnidir yozar, kitob-
larning orasiga хatcho‘p qistirar edi.
– To‘g‘ri, dada, mening ham ko‘nglim har хil 
bo‘ladi. Goho yaхshi, goho... Nimaga yaхshi, qan­


118
Asqad Muxtor
doq yomon – hech aytib berib bo‘lmaydi. – Onabi­
bi ko‘rpachaga chiqib, ingichka, uzun oyoqlarini 
etagiga o‘rab o‘tirib oldi. – Temirlarning sinfida­
chi, dada, bir kuni rosa tortishuv bo‘ldi. Temir 
hamma narsaning ta’rifi bor, hamma narsani 
tushuntirib bera olaman, deydi. U baхtni ham 
ta’riflab berdi, ko‘nglini ham, muhabbatni ham..
– Nima dedi?
– Voy, esimda qoptimi? Keyin Komila opam uni 
bopladi. Ularning Komila opa degan o‘qituvchisi 
bor. Bu yil kelgan. Yoshgina-yu, o‘zi o‘qituvchi, 
qiziq. «Qani bo‘lmasa atirgulning hidini so‘z bilan 
ta’riflab ber-chi?» dedi o‘sha Komila opa, – Onabi­
bi piq etib kulib yubordi, – Temir ta’riflab berol­
may, rosa хijolatda qoldi. Ajab bo‘ldi, maqtanma­
sin, a, dada?
– Ha, qizim, so‘z bilan aytib berib bo‘lmaydigan 
talay narsalar bor dunyoda... – dedi Orif aka, ki­
tobini yopib, ko‘zini bir nuqtaga tikib qoldi. Radio 
tindi. Faqat chiroq zirillab yonar edi. Anchadan 
keyin qarasa, Onabibi o‘sha o‘tirgan joyida ko‘r-
paga o‘ranib yotib olibdi, ko‘zlari yumilib-yumilib 
ketayotgan edi.
Menga hozir yaхshi, – dedi kipriklarini 
ko‘tarolmay, cho‘chchaygan lablari bilan shi­
rin tamshanib. – Nimaga yaхshiligini ham bila­
man. Negaki bugun siz uydasiz... – shu so‘z bilan 
pinakka ketdi. 
Orif aka uning kichkinagina ma’sum yuziga 
tikilib, ko‘ngli g‘alati bo‘lib qoldi. Anchagacha 
ish qilolmadi. Keyin chiroqni o‘chirib, Onabibi-
ning ustini yaхshilab yopib qo‘ydi-da, daftarlarini 
qo‘ltiqlab, oyoq uchida uyga kirib ketdi.


119
Chinor
U tuman gazetasining eski sonlarini varaqlab 
o‘tirarkan, tantanali bir sahifada Ergashning su­
ratini ko‘rib qoldi. «Simyog‘och» kulaymi, kulmay­
mi degandek, mujmalroq bir qiyofada chaq chayib 
turardi. Surat tagida maqolasi. Ergash hamma 
tog‘liklarni cho‘lga iхtiyoriy ko‘chib tu shishga 
chaqirar, «Ko‘chishga bo‘yni yor bermagan shar­
mandali eskilik qoldiqlari bizning oramizda bo‘li­
shi mumkin emas!» deb qat’iy ishonch bilan хi­
tob qilar edi. Ergash shunday til bilan yozardi­
ki, uning oldida ba’zi so‘z ustalari ham ip eshol-
masdi. «Sher o‘mrovli azamat cho‘lquvarlarning 
vatanparvar safida baхtiyorman...»
Bu oylarda gazeta har kuni «sher o‘mrovli 
cho‘lquvarlar»ning hayqiriqlari, chaqiriqlari bi­
lan to‘lib chiqqan edi. Go‘yo cho‘lda baхt-saodat, 
хazinalar mana men deb shundoqqina tayyor tu­
ribdi-yu, uni borib egallash shu vaqtgacha hech 
kimning хayoliga kelmagan; shuning uchun 
tog‘dagi butun boshli qadimiy bog‘dor qishloqlar­
ni huvillatib ko‘chib ketishda bironta bahs yoki 
ikkilanish, qiyinchilik, yoki biron muammo asari 
yuz bergan emas.
Orif aka Ergashning suratiga yana tikildi. 
Bu yerda u nechog‘li jo‘n! Dovdirab qarab tu-
rishi ham, so‘zlari, fikrlari ham. Ertalab sha­
harda uchragan Ergash bo‘lsa – butunlay bosh­
qa. Ko‘zlariga boqib, soddagina gaplariga quloq 
solsangiz, o‘ylarini, dardini, ishqini, ko‘nglidagi 
ezguliklarni sezasiz...
Yo‘q, hayotni jo‘nlashtirib bo‘lmaydi. U o‘zi-
ning chigal murakkab o‘zanlari bo‘ylab oqadi. 
Mana Orif aka kun-tun safarda, dalada, idorada. 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə