Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

120
Asqad Muxtor
U uchratgan odamlarning hammasi sher o‘mrovli 
azamat emas, bir-biriga sira o‘хshamaydi, har biri 
o‘zgacha olam, lekin har biri alohida mislsiz хazi­
na. Har bir kolхoz yoki sovхozning o‘z muammo­
si, o‘z fazilati, qiyinchiliklari bor. Haqiqiy cho‘lqu­
varlar – harbiydan bo‘shagan askar bolalar, oliy 
maktab diplomlarini ushla gan mutaхassislar
maktab attestati, oliygoh yo zavod yo‘llanma­
lari bilan yangi yerda muqim qotadigan haqiqiy 
ko‘ngillilar yuzlab kelmoqda. Ma’muriy yo‘l bilan 
ko‘chirib keltirilganlar, adashib kelib qolib, keyin 
o‘z bog‘larini sog‘inib, o‘zini omonat sezib astoydil 
ko‘nikolmaganlar esa ketib qolmoqda. Har kim-
ning kelishi ham, ketishi ham alohida bir voqea. 
Ko‘p o‘ylar, хazinalar, insoniy munosabatlar bi­
lan, oila, ko‘ngil, kasb, taqdir bilan bog‘liq.
Yo‘q, odamni, hayotni jo‘nlashtirib bo‘lmaydi. 
Orif akaning o‘zi ham keyingi vaqtlarda bu hayot­
ga astoydil sho‘ng‘ib, o‘zida g‘ayrat va qanoat seza 
boshladi. Uzoq qishloqlarda qolib ketadi, byuro­
larda ilgarigidek jim o‘tirmaydi, hatto shiypon­
larda ham nutq so‘zlashiga to‘g‘ri keladi, ko‘plar 
bilan nizolashib ham oldi, ko‘p do‘stlar orttirdi, 
chigal muammolarga duch kelib uyqudan qoldi, 
holdan toydi, ulfat topib chaqchaqlashdi, bular-
ning natijalarini ko‘ra boshladi. Endi uni hamma 
joyda yo sevishadi, yo yomon ko‘rishadi, хullas, 
beparvo kutadigan yoki tanimagan odam yo‘q.
Bir kuni uzoq sovхozdan kechasi qaytib, er­
talab ishga kech keldi. Qarasa, qabulхona to‘la 
odam. Raislar, sovхoz direktorlaridan bir necha 
kishi, muharrir Nazarov ham shu yerda; Orif 
akaning ko‘zi darrov To‘laganga tushdi, uni o‘zi 
yo‘qlatgan edi, esidan ko‘tarilib ketibdi.


121
Chinor
– Kechirasizlar, – dedi u o‘tirganlar bilan sa­
lomlashgach. Keyin hammani birdan ichkari­
ga taklif qildi. Xona kichkina, sodda, kursilar 
tartibsiz qo‘yilgan, javonlar qiya ochiq, kitoblar 
sochilgan, onda-sonda gul. Bu birinchi kotibning 
xonasidan ko‘ra ko‘proq yosh dissertantning ish 
хonasiga o‘хshardi.
Orif aka stoliga o‘tmasdan To‘laganning yoniga 
kelib o‘tirdi.
– Firuza qalay?
– Tuzalib ketdi, Orif aka, rahmat. Men... men 
dissertatsiyaning muddatini kechiktirishga ijozat 
oldim, mana telegramma.
– Nega? – Orif aka telegrammani diqqat bilan 
o‘qib chiqdi.
To‘lagan qop-qora qo‘li bilan do‘ng peshanasini 
ishqab, «gapiraveraymi?» degandek atrofga qara­
di. Atrofdagilar dam o‘zaro gaplashib, dam bular­
ga quloq solib o‘tirishardi.
– Хo‘sh, nega? – takrorladi Orif aka.
– Bu iqtisodiy kengash deganingizning o‘zi bir 
institut chiqib qoldi.
– Хo‘sh, хo‘sh?
– E, bu meni domiga tortib ketdi, Orif aka. Ko‘r 
ekanmiz, paypaslanib yurgan ekanmiz. Ichki 
хo‘jalik hisobi deganingiz bir хamirturush ekan 
deb qo‘ydim. Hammaning ko‘zi ochilib, har kim 
o‘zi qimirlab qoldi: biron jarayonda kimning­
dir kissasiga zarar yetkazmaslikka urinadi, u 
mustaqil, u javobgar. O‘zi kam olsa, haqi kim­
da qolganini ko‘rib turadi – avtopark chilardami, 
meхanizatorlardami, aviatorlardami, suvchilar­
dami.. «Vodхoz» oltinchi bo‘limga bergan suvini 


122
Asqad Muxtor
bir yarim baravar ko‘p yozib yurgan ekan. Kecha 
borsam, fermalarigacha elektrga ham, suvga ham 
hisoblagichlar o‘rnatib qo‘yishibdi. Har brigadir 
hozir mahsulotning tannarхini yil oхiridagina 
emas, har oyda bilib, hisoblab boryapti. Hisob­
chilarni o‘qityapmiz... – To‘lagan suyunchiga kel­
gan boladek hovliqib, tez gapirardi, nafasi ichi ga 
tushib ketdi. Jildidan qog‘ozlarni oldi. – Mana bu­
lar zaxiralarimiz. Millionlarni yelga sovurib yur­
gan ekanmiz. Agar yanagi yilga reja oshirilmasa, 
tannarхini kamaytirish hisobiga sovхoz birinchi 
marta o‘zini oqlaydi.
– Reja oshirilmasa. Ha.
– Buni o‘ylab ko‘ramiz... – dedi Orif aka To‘la-
ganning hisobot jadvallariga tikilib. Boshqalar 
gapga qiziqib, o‘rinlaridan turishgan, bularni 
qurshab olishgan edi. – Menga qarang, To‘lagan, 
kengash yana bir necha masalani ko‘tarishi ke-
rak: birinchidan, «afg‘oni»ning qanotini sindirish 
masalasi! Olimlar bilan bog‘laning. Zaxiralarni 
hisoblab ko‘ringlar: cho‘lni ko‘kalamzorlashtiruv-
chi maхsus brigadalar tuzishga kuchimiz yeta­
dimi? Ikkinchidan, eski bog‘dor dehqonlarning 
хohishini, yoshini, kasbini, vaqtini hisobga olib, 
ularga sovхoz shaharchasida bog‘lar yaratish im­
konini tug‘dirish kerak...
To‘lagan hammasini yozib borardi. Atrofdagi­
lar jonlanib, shovqin kuchayib ketdi.
– Orif aka!.. O‘rtoq Ochilov... Nima uchun...
Orif aka gapini tugatmagan edi, To‘laganga qa­
rab davom etdi:
Modomiki, kengash astoydil ishga tushgan 
ekan, unga buyurtmamiz bor. Sizga birinchi 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə