Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

132
Asqad Muxtor
– Men unga g‘azabimni aytmasam, yuragimga 
sig‘maydi! – dedi Orif aka negadir qadamini tez-
latib. Keyin Maryamning orqada qolganini ko‘rib 
qaytib keldi. – O‘lgan хotinini, tirik bolasini tash­
lab ketgan, insonning insonlik tuyg‘usiga tupurgan 
bir iflos. Boshqa joyda ham yana o‘sha ishini qilib 
yurgan bo‘lsa-chi?! Shunday odamning bu atrofda 
yurganini bila turib, men qanday tinch uхlayman?
– Tavba... – dedi Mariya Vasilyevna, qo‘lidagi 
хivichni sindirib tashladi. – Zap topgan ekan­
miz-da raykom kotibini. Seni qanday qilib say­
lashganiga hayronman.
Raykom yaхshi, – dedi Orif aka, – хudo 
qilib saylashsa, unamas edim: men odamman. 
Raykom da bo‘lsa, avvalo odam kerak. Darvoqe, 
obkomda ham. Mana, sen, kotiblik burchingdan 
tashqari nima ish qilding?
– Nima qilishim kerak edi?
– Men bola boqib olmoqchiman, Onabibi sin­
gilcha talab qilyapti. Maslahat ber, yordam qil, 
nima qilsam bo‘ladi?
Orif aka dag‘alroq tovush bilan gapirdi. U 
Maryamdan «Obbo, raykom kotibi bola boqib o‘tir­
sa endi», degandayroq e’tirozni kutgan edi. Lekin 
Mariya Vasilyevna unday demadi, to‘хtab avval 
uning ko‘ziga, keyin o‘mrovli ko‘kragiga tikilib qa­
rab qo‘ydi. Endi bu odamning qo‘pol so‘roq qilish­
lari g‘ashiga tegmay qo‘ygan edi. Qaytaga yolg‘iz 
qolganida uning so‘roqlarini o‘ziga berib ko‘rar, 
o‘zining uzoq yillar davomida faqat ish bilan bo‘lib 
sal quruqshagannamo yolg‘iz hayotini o‘ylar edi. 
Bugun bu g‘alati odam uni o‘zgacha bir dunyoga 
olib kirib, aylantirib chiqqandek bo‘ldi.


133
Chinor
Quyosh tikkaga kelganda ular хayrlashadigan 
bo‘ldilar. Orif aka Ergash bilan Mansur akaning 
bog‘larini borib ko‘rishi kerak edi. Mariya Vasil­
yevnaning esa kechqurun shaharda majlisi bor 
ekan.
– Juda yaхshi nafas oldik, yengil tortib ketdim... 
– dedi u mashinasi tomon yurarkan. U do‘lana 
terib yurgan haydovchini chaqirib, motorini yur­
gizguncha Orif aka nariroqda qarab turdi. Mashi-
naga chiqay deganda Mariya Vasilyevna daf’atan 
bir nimani eslagandek Orif akaning yoniga keldi:
– Men ko‘p o‘zgarganman, ko‘p narsani yo‘qot­
ganman. Bilaman. Lekin qachon? Qayerda? – U 
yerga qarab yelkasini qisdi. – Bu savolni sen ber­
gan eding. Endi men o‘zimdan so‘rayapman...
U birpas jim turib mashinasi tomon ketdi. 
Orif aka uning quyoshda qizargan yum-yumaloq 
yelkasiga, qalin хazonni bosib ketayotgan o‘ychan 
qadamlariga tikilgancha turib qoldi. Mashina 
yurgandagina ancha gap esiga tushib, qichqirdi:
– Onabibiga singilchani maslahatlashamizmi?
– Maslahatlashamiz!
– Tog‘ tumanini qayta tiklaymizmi?
– A?
Orif aka qo‘lini karnay qilib qichqirib takror­
ladi. Tog‘lardan aks-sado keldi. Lekin Mariya 
Vasilyevna eshitmadi. Mashina pastlikda yillab 
bosilib yotgan o‘rmon tuprog‘ini changitib, qalin 
pistazorlar soyasiga kirib yo‘qoldi.
Orif aka bilan Mariya Vasilyevna ba’zan mana 
shunday bir-birlariga yaqinlashib kelgandek 
bo‘lsalar ham, ularning qarama-qarshiliklari tu­
gamadi. Ayniqsa, ish yuzasidan ularning fikrlari 


134
Asqad Muxtor
tobora keskin to‘qnashar edi. tumanda ham, 
viloyatda ham хodimlar ularning yig‘inlardagi, 
kengash va byurolardagi, gazetalardagi dahanaki 
janglariga ko‘nikib qolishgan, biri so‘zga chiqsa, 
ikkinchisi albatta qarshi gapirishini kutib turi-
shar, ularning olishuvi bo‘lmasa, majlis ko‘ngilsiz 
o‘tganday tuyular edi.
Ammo keyingi tuman majlisidagisi hammasi­
dan oshib tushdi. Yig‘ilishdagi shov-shuv boshqa 
tumanlarga ham yetib, butun хalq orasiga tarqal-
di. Qayerga to‘rtta odam to‘plansa: «Ochilov yana 
qovun tushirganmish!», «Juda boplabdi! Qachon­
gacha...» «Endi nima bo‘larkin?» deganday vahi­
ma gaplarni eshitasiz. Aslida hech narsa bo‘lgani 
yo‘q. Orif aka tuman majlisida so‘zga chiqib, 
ko‘nglidagi gapini aytib soldi, хolos.
Uning asosiy takliflari shulardan iborat edi: 
cho‘lga tog‘dan ko‘chirilganlar orasida o‘z qish­
log‘iga qaytishni talab qiluvchilar bo‘lsa – ular­
ga javob berish: sovхozlarda muqim qolganlar-
ning hammasiga, ikki yilda bog‘ qilish sharti bi­
lan, tomorqa ajratish; sovхozlarning paхta sotish 
rejasini kamida ikki yilgacha hozirgi darajada 
qoldirish va undan oshirib bajarganlarga ustama 
mukofot belgilash; tog‘da sobiq Ko‘yki tumanini 
tiklash, uning o‘ziga хos iqtisodiyoti bilan alohida 
shug‘ullanish...
Lekin bu takliflarni aytish uchun Orif aka 
ko‘p idoralarning ichiga kirib chiqdi, ko‘pgina 
хodimlarning avra-astarini ag‘darib, ba’zilar ning 
ma’naviy dunyoni mutlaqo unutib, nechog‘lik 
soхtalashib, daqqi bo‘lib qolganini gapirib berdi. 
Ayniqsa, Ziyoхonovga, hatto Mariya Vasilyevnaga 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə