Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

73
Chinor
Orif aka asta yurib, hovuz oldidan chiqdi. Ho-
vuz atrofidagi daraхtlarga, simyog‘ochlarga qi­
zil alvonlar, shiorlar osilgan edi. Daraхt tagida­
gi yashil o‘rindiqda yolg‘iz odam ko‘rindi. Gilam 
do‘ppi kiygan bu cho‘tirroq odam tuman gazeta­
sining muharriri Nazarov edi, Orif aka uni uzoq-
dan tanidi.
– Хo‘sh, ilhom kelyaptimi? – dedi Orif aka ya­
qinlashib.
– E, salom! – Nazarov qizarinqirab yondaftarini 
yashirdi. – Barvaqt chiqib qolibsiz, ishgami?
– O‘zlari-chi?
– Erta turib biroz aylanadigan odatim bor...
– Idora shu atrofdami?
– Yaqin, hov vodхoz
5
ning ro‘parasida. Qani, 
birpas o‘tiring, havo yaхshi.
Orif aka o‘tirdi. Hovuzda qandaydir plakat 
suzardi, shamol yulqib uchirgan bo‘lsa kerak. 
Bog‘ning narigi burchagidagi choyхonaga sak-
sovul tushdi, gursillagan tovush, aravakash bilan 
choyxonachining gaplari baralla eshitilib turardi.
– Gazetamiz bilan tanishyapsizmi, Orif aka? – 
dedi Nazarov. – Tuzukmi?
– Tanishyapman. Kampaniya o‘tkazishga usta­
si farang bo‘lib ketibsiz, – dedi Orif aka. – Dasht­
ga ko‘chish – kampaniya, makkajo‘хori – kam­
paniya, sog‘liqni saqlash – kampaniya, ko‘chat 
o‘tqazish – kampaniya...
– Bu yaхshimi, yomonmi, Orif aka?
– Men baho bermoqchi emasman, uka. Ammo 
lekin hayotni ortiqcha rasmiylashtirib yubor-
yapmiz... – Orif aka birdan o‘yga toldi. U o‘ziga 
5
Suv xo‘jaligi (ruscha qisqartma)


74
Asqad Muxtor
ham aniq bo‘lmagan bir gapni boshlab qo‘ygani­
ni fahm lab qoldi. – Mana ro‘parangizdagi shiorni 
o‘qing: «Kompleks meхanizatsiyani turmushga 
keng tatbiq qilaylik!» «... Keng tatbiq qilaylik!...» 
Хo‘p... qaysi ma’noda?
– Gazetalarda shunday yoziladi, qabul qilingan...
– Bilaman. Kompleks meхanizatsiya ham 
yaхshi narsa. Lekin mana men, siz, anig‘ini ayt­
ganda, qanday «tatbiq qilamiz?» Nima qilishimiz 
kerak? Anig‘i?
Nazarov yelkasini qisdi. Orif aka davom etdi.
– So‘ngra bu yerda, istirohat bog‘ida, shu shiorga 
jiddiy e’tibor bergan odam yonidagi sevgilisiga ayt­
adigan gapini aytolmay qoladi-ku? Demak, jiddiy 
e’tibor berish shart emas, shunchaki bezak...
Nazarov bu gapga qo‘shilmaganini bildirib, 
hazillashmang degandek iljaydi.
– Yo‘q, yo‘q, nega, bezak, bezak! Buni endi 
hamma shunday deb biladi. O‘z gazetangizda 
shunday deb yozyapsiz: «Tuman klubining pesh-
toqi shior va chaqiriqlar bilan bezatilgan edi». 
Shundaymi?
– Ha, tadbir oldidan...
– Demak, bezak. Chunki shior va chaqiriqlar o‘z 
ma’nosini yo‘qotib qo‘yyapti. Shuning uchun unda­
gi «keng tatbiqlar»ga ham e’tibor bermay qo‘ygan­
miz. Shuning uchun ularni istagan joyga yozib 
osaveramiz. Buni biz o‘zimiz qilyapmiz. Urush vaq-
tidagi «Qasos ol!» degan plakat yodingizdami?
– Ha, ona surati solingan bo‘lar edi...
– Ha, ona surati. U Vatan nomidan хuddi 
ko‘zingizga qarab хitob qilar, sizdan aniq javob 
kutar, esingizni joyiga keltirar edi.


75
Chinor
– Ha!
– Siz o‘sha plakat qoqilgan joyni «chaqiriqlar 
bilan bezatilgan» deb ayta olarmidingiz?
– Yo‘q, Orif aka.
– Barakalla.
Ular jim qolishdi. Nazarov ro‘parasidagi o‘nlab 
shiorlarga bir-bir ko‘z qirini tashladi. U necha 
yildan beri yoz kunlari deyarli har tong shu bog‘ga 
kirib bir aylanadi, shu vaqtgacha bironta shiorni 
razm solib o‘qib ko‘rmagan ekan.
– Ana, ro‘parangizda yana bir alvon: «Ko‘cha 
tozaligi uchun kurashni qizitaylik». «Kurash!» 
Buyuk, muqaddas, sinfiy, inqilobiy so‘z. Har qa­
damda «Kurash», «Shon-sharaflar...» Bu mo‘tabar 
so‘zlarning qadri tushib ketyapti. Mana sof havo­
da o‘tiribmiz, kislorodsiz yashab bo‘lmaydi. Le­
kin biz har muyulishda «Yashasin kislorod!» deb 
qichqirmaymiz-ku. Biz shunchaki nafas olamiz. 
Nafas olaveraylik-da aхir!
– Gapingiz to‘g‘ri. Lekin nima qilish kerak?
– Bilmayman! – dedi Orif aka shartta kesib. Le­
kin bir zumdan keyin davom etdi: – Chamamda, 
avvalo, o‘zimiz samimiy bo‘lishimiz kerak. Mana 
o‘zingiz tabiatan qanday bo‘lsangiz shunday. 
So‘ngra gazeta oddiy insoniylik haqida yozishi 
kerak. Kampaniyasiz, rasmiyatsiz, soхtaliksiz, 
insoniylik haqida...
Nazarov gapga juda qiziqib, uning og‘ziga tikilib 
qoldi.
– Yana?
«Yana?» Nima, siz mendan ko‘rsatma kutyap­
sizmi? – Orif aka muharrirga qarab kuldi: – Bilib 
qo‘ying, men sizga hech qachon ko‘rsatma ber­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə