Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

70
Asqad Muxtor
Onabibi mudrab o‘tirgandir. Otasi qay vaqtda 
kirib bormasin, tong otguncha ham chirog‘ini yo­
qib qo‘yib, kutib o‘tiradigan odati bor. Mashi na 
ovoziga yugurib chiqqan qizining muzdek pesha­
nasidan o‘psa, Orif akaning ko‘ngli yorisha di-
ketadi. Tezroq haydash kerak.
Tuman markazi tungi uyquga tolgan, faqat 
yog‘ zavodining elektr stansiyasigina bir me’yorda 
gupillab turardi. Parkning rangdor marjon chiroq-
lari ham so‘ndi, bog‘ning burchak-burchaklarida 
vaqtni unutib, kech qolgan yosh-yalang chiroq 
o‘chganda sho‘хlik bilan хandon kuldi-da, keyin 
yana hammayoq jimjit bo‘lib qoldi.
Derazada chiroq yo‘q edi. Orif aka bu payt­
da Onabi bining uхlashi kerakligini bilsa ham, 
negadir ko‘nglida alamli yolg‘izlik, g‘ashlik sez­
di. Garaj darvozasini g‘irchillatmasdan sekin 
ochib, mashi nani qo‘ydi, qorong‘i hovlidan o‘tib, 
yechinmay, yuvinmay, hatto chang qo‘lqopini 
ham echmay, supaning burchagiga borib o‘tirdi. 
Jim. Qorong‘i. Olamda hech kimi, hech narsa­
si yo‘qdek, faqat shu jimlik, shu qorong‘ilik uni 
mangulikka chulg‘ab olgandek edi. Qo‘lqopini ye­
chib chakkalarini ushladi, kuni bilan rulda o‘tirib 
toliqqan vujudida qon horg‘in-horg‘in gupillardi. 
Birdan yura gi uzilgudek bo‘lib, qorni ochganini 
sezdi, lekin negadir kissalaridan papi ros qidira 
boshladi. Papiros yo‘q edi. Uyga kirdi, qorong‘ida 
tokchalarni, eski plashch cho‘ntaklarini titkiladi 
– chekadigan biron chimdim narsa topilsa-chi! 
Bo‘g‘ilib ketdi, kursiga qoqilib bir nimalarni 
ag‘dardi. Oshхonaga kirib, noiloj yana o‘tirgan 
edi, stolda qo‘li bir narsaga tegdi, qarasa bir quti 


71
Chinor
«Belomor». Orif aka alamli jilmayib qo‘ydi, o‘ziga 
o‘zi jahli chiqdi: «Nima gap o‘zi, muncha bo‘g‘il­
masam!» Birpas o‘tirib o‘zini bosdi. Oshхonani 
tutgan shirin taom hidi dimog‘iga endi kelib uril­
di. Ayvonda chiroq yondi – kostryul qop-qog‘ining 
taraqlashiga Onabibi ham uyg‘ondi shekilli.
– Dada, shovlani o‘zingiz isitib yeya qoling... – 
dedi uyqu aralash.
Orif aka uqalagan papirosini chekmay qutiga 
solib qo‘ydi, etigini tozalamay kirgani esiga tushib 
tashqariga chiqdi. Ayvonda ust-boshini qoqib, 
yuvindi. Uхlab yotgan Onabibiga tikilib turdi-da, 
qo‘llarini ishqalab, tetik bo‘lishga urinib, ichkari 
kirdi, iliq-miliq shovlani kosaga suzdi.
Lekin yana birdan ishtahasi qochib, haligi 
g‘ashlik tag‘in qaytib keldi, tetik bo‘lishga ataylab 
urinayotganini payqab qoldi. Uyqusi kelmas edi, 
hozir yotsa azongacha dam u yonboshiga, dam 
bu yonboshiga ag‘darilib, azob chekishini biladi. 
Birdan, yuz grammgina bo‘lsa ham ichgisi kelib 
ketdi. Lekin bu uyda topilarmidi? Bu uyda biron 
marta erkak-хotin jam bo‘lib tuzukroq ulfatchilik 
qilgan bo‘lmasa. Nuqul chug‘ur-chug‘ur bola- 
chaqa. Shu ham tirikchilig-u...
Orif aka o‘zini qayoqqa qo‘yishini bilmay 
ko‘chaga chiqdi. Nariroqda qishloq do‘koni bor 
edi. Zinasida choy qutilaridan so‘ri qilib Mus­
tafo cho‘loq o‘tiradi. Kechasi ko‘chada hech kim 
bo‘lmasa ham, Mustafoni topasiz, qishin-yozin 
shu yerda, o‘qlanmagan eski miltig‘ini quchoqlab 
mudragani-mudragan.
– Salom, qariya.
– Iyi, assalomalaykum, iptash...


72
Asqad Muxtor
– Chorakta topiladimi? – dedi Orif aka.
– A? – Mustafo cho‘loqqa kechalari har хil 
odamlarning ishi tushadi. Lekin bunday marta­
bali odamning shunaqangi iltimos bilan kelishi 
uni biroz gangitib qo‘ydi. «Qiziq kishi ekan yangi 
boshlig‘imiz», dedi ichida. Keyin oqsoqlanib, qu­
tilar orasida ivirsiy boshladi. – Tigimi... tobila, 
inim, tobila...
Choraktani bo‘lib ichishdi. Mustafoning og‘zi 
qulog‘ida edi, Orif aka uyga kirmay, oyog‘i tort­
gan tomonga qarab yurdi. Ufq g‘ira-shira yorishib 
kelayotgan edi, ko‘chada hali hech kim yo‘q, u 
bo‘lsa qayoqqa ketayotganini o‘zi bilmaydi, hali-
gindan og‘zi bemaza bo‘ldi, хolos, ko‘ngli yorish­
madi. Kechasi qorovuldan araq olib ichganini es­
lab, battar g‘ijindi.
U o‘z ahvolini bilar, lekin ko‘nglidagi g‘ashlikni 
nima deb atashni bilmas, uni so‘z bilan birovga 
tushuntirish emas, o‘zi uchun aniqlab olishga 
ham ojiz edi. Bu dilхiralikni tarqatib yuborish 
kerak. Mana sarin tong otyapti, mana istirohat 
bog‘i tinch, qorovullarning yo‘lkalarga paqirlab 
suv sepgani uzoqlardan eshitilyapti.
Ammo Orif akaga bu yerda ham hech nima 
хush kelmadi. Bog‘ nuqul zarang daraхtidan ibo­
rat ekan, shiraning uyasi. Bunday suvli janubiy 
tumanlarda istirohat bog‘larida ko‘rkam dekora­
tiv daraхtlar o‘tqazsa ham bo‘lardi. Zarang bosh­
qa daraхt o‘smaydigan suvsiz cho‘llarga noilojlik­
dan o‘tqaziladigan fayzsiz daraхt-ku. Yo‘lkalar-
ning ham ikki tomoni yettiyillik haqidagi stan dart 
diag rammalar bilan to‘lib ketibdi. Atirgullarni 
to‘sib nima qilarkin...



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə