Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

58
Asqad Muxtor
U bo‘ynidagi, yoqasidagi changni qoqib, omonat 
ko‘prikka qa rab yo‘l soldi. GAZ jonivor ilang- bilang 
bo‘lib yotgan chirik хodalarni bosib bir mo‘jiza bi­
lan ko‘prikdan o‘tib olgan edi, chiqaverishda shalop 
etib loyga botib qoldi. Besh-o‘n daqiqa qo‘ng‘izdek 
vizillab yotib, undan ham chiqib oldi-yu, ichi-tashi­
ga allaqanday qo‘lansa balchiq chaplanib ketdi. 
Bu yo‘llardan ko‘pdan beri mashina yurmaganga 
o‘хshaydi, Sumbultomchiga bora-borguncha shu­
naqa – o‘yilib, shalag‘i chiqib ketgan, chang, tosh... 
Yo‘l-ku tushunarli: sobiq tuman! Lekin nega biron 
kimsa ko‘rinmaydi? Sarg‘aygan qiyaliklarda echki 
boqib yurgan bitta chol bilan bitta boladan boshqa 
hech kim uchramadi.
Orif aka dam to‘хtab nafas olib, dam arava yo‘lga 
o‘tib, tog‘-toshda motorini tarillatgancha buloqqa 
yetib bordi, markazga kirishga vaqt yetmas edi, 
kechgacha Shivilg‘ondan aylanib qaytishi kerak. 
Hovliqib kabinadan chiqarkan, tepalikdan buloq-
ni ko‘rib, yuragi orqaga tortib ketdi: buloq atrofi 
botqoq, chuqur tuyoq izlari, mol tezagi, tepasida 
ko‘k pashsha buluti g‘ujg‘on o‘ynardi. Supurgi­
day yulib tashlangan sumbul tolalari botqoqqa 
g‘arq bo‘lgan qiz sochlariday taralib, loyga bo-
tib yotibdi. G‘orning og‘zida sassiq shaytontaroq 
g‘ovlab gullagan. Qoya tepasida sarg‘ish tuproq 
nurab, o‘pirilib, shabadada pastdagi suvga
o‘tlarga, botqoqqa tinimsiz to‘zon purkab turar­
di... Bu yerda ham hech kimsa ko‘rinmadi. Orif 
aka horg‘in, o‘ychan orqaga qaytib, rulga o‘tirar­
kan, birdan isitma tutganday bo‘shashib ketdi...
Shivilg‘onning yo‘llarini ham qovjiragan qaqra, 
shuvoq bosib yotibdi. Mashina sakrar, rul ham 


59
Chinor
bo‘ysunmay har zamonda traversi g‘irchillab, 
g‘ashga tegar edi. Orif aka zo‘rg‘a dovon oshib
yarim soatcha chang to‘zg‘itib yurgandan keyin, 
ko‘zi juda toliqqach, qolgan yo‘lni yayov bosgi­
si keldi. Shivilg‘on ko‘rinib qolgan edi. Tanish, 
juda ham tanish yo‘llar. Yo‘l yoqasidagi har tup 
na’matak, har tikka tosh yurakka jiz etib tegadi. 
Orif aka aziz ostonaga qadam qo‘yganday, shimi­
ni qoqib bir poy qo‘lqopini kamariga qistirdi-da, 
boshini ko‘tarib uzoqlarga qaragancha qanday­
dir qadrdon, tanish belgilarni ko‘zi bilan qidirib 
ketaverdi. Shivilg‘onning quloqqa tanish shivil­
lashi eshitildi, tog‘ga o‘rmalab ketgan uzumzor­
lari qorayib ko‘rindi. Lekin tinch, odam sharpasi 
ko‘zga chalinmas edi.
Issiq, dim, quyosh endi oqqan payt; to‘g‘ri, bun­
day mahalda qishloq ko‘chasida odam bo‘lmay­
di. Хarsang zinachalarda shalola zarralari bilan 
o‘ynab qiyqirishayotgan qizil ko‘ylakli qizaloqlar­
ni ko‘rmoqchidek, ilgarigi odaticha toshdan dadil 
sakrab, ko‘cha boshiga chiqqan Orif aka taqqa 
to‘хtadi. Avval shuni ko‘rdiki, zina-zina bo‘lib ket­
gan хarsang qirg‘oqlarda hech qanday qizaloq-
lar yo‘q edi. Ko‘chaning ikki chetidagi uylarning 
ko‘pi buzilib, sinchlari tashib ketilgan, eshik-de­
razalarga taхta qoqilgan, хarsang zinalarda bot­
mon-botmon eski paхsa loy bo‘lib somoni chiqib 
yotibdi. Sharsharaning zahridan Orif akaning eti 
uvushib ketdi. Qandaydir bir qadrdonini yo‘qot­
gan odamdek, tizzalari bo‘shashib, tepaga asta 
chiqib bordi. Tanish tor ko‘chaga qadam qo‘yishi 
bilan zaх po‘panak hidi nafasini bo‘g‘di: qarovsiz 
uzumlarga yoppasiga kul tushgan edi. Kimning­


60
Asqad Muxtor
dir zaif qo‘llari bilan tol chiviqqa chala ko‘tarilgan 
zanglarda onda-sonda charoslar qorayib ko‘rinar­
di-yu, toklarni bachki novda bosib, g‘ovlab yotar­
di. Хayolida o‘tmish хotiralari, og‘ir o‘ylar, ko‘ng-
lida g‘alati hislar chuvalib, Orif aka jin ko‘cha-yu 
eski tokzorlar oralab ancha yurdi. Oyoq ostida 
хazon shildirar, chirigan uzum boshlarida ari 
g‘uvillar edi. Bu orada cho‘qqi ortiga yumalagan 
quyosh quriy boshlagan kimsasiz bog‘larni хa­
zonrezgi pallasidagidek sarg‘aytirib yubordi. Orif 
aka daf’atan dilida qarilik yukini sezdi...
Kechki sokinlikda qayerdadir «to‘q-to‘q» etgan 
tovush eshitilardi. Orif aka g‘ovlagan kakra, su­
purgi orasida yer bag‘irlab yotgan, kul hidi an­
qib turgan kasalmand uzumlarni oralab horg‘in 
yurib bordi. Qarasa, notanish bir chol qiyshayib 
yotgan ishkom ostida toklarni bolta bilan chopib 
yiqityapti. Orif aka uzoqroq to‘хtab, cholning 
hansirashiga, «to‘q-to‘q-to‘q» etgan yolg‘iz bolta 
tovushiga quloq soldi. Bir vaqtlar uning birinchi 
muhabbat bo‘sasini begona ko‘zdan yashirgan 
qadrdon keksa toklar gursillab yerga yiqilar edi. 
Orif aka chala vayron bir chaylaning ustuniga 
suyanib, manglayini sidirib artdi, cholga nima 
deyishini bilmay uzoq turdi. Shivilg‘onlik tokka 
bolta urishga majbur etilgan bo‘lsa, bu yerda an­
cha-muncha voqealar yuz beribdi-da...
– Ota...
Chol avval eshitmadi-yu, keyinroq g‘ira-shira­
da begona odamni ko‘rib, boltani belbog‘iga qistir­
di. Yaktagi ham oppoq, ko‘kragini bosgan junlari 
ham oppoq, kichkina jussasi bukchayganroq, 
lekin paylari chayir edi cholning. Salomlashgan­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə