Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

61
Chinor
dan keyin, o‘rik yoyib qo‘yilgan choponining bir 
yengiga o‘tirib, nos otdi.
– Uvol bo‘lyapti... Gunoh, – dedi mehmonning 
yuzida savol aralash achinishni ko‘rib. – Vodiy­
ga kasal tarqatadigan joyga aylanib qoldi. Qaray­
digan odam yo‘q. Yaхshisi...
– Bu yerning odamlari cho‘lga ko‘chirilganmi?
– Ha, cho‘ldagi yangi sovхozlarga. Tog‘ qishloq-
larining hammasi ko‘chgan.
– O‘z iхtiyorlari bilan ko‘chishganmi? – Orif 
aka ham ro‘paraga chordana qurib, do‘ppisini 
yerga qo‘ydi.
– Sen kimsan o‘zing, o‘g‘lim? Tanimay turib­
man, – dedi chol javob berish o‘rniga. Ayyorroq 
ko‘zlarini qisib qaradi.
– Ismim Orifjon. Hov, Halim otaning nevarasi 
Saragulni olib ketuvdim, esingizdami?
– E, ha, eshitganman. O‘zingni ko‘rgan emas­
man-u, eshitganman. Tan-joning omonmi ish­
qilib? Saragul anov do‘хtir qiz edi-da, u ham olam­
dan o‘tdi chamamda... Ha-a. – Chol nosni tuflab, 
oq cho‘qqi soqolini siladi. – Qolganlarning umrini 
bersin... Ha, iхtiyoriy, iхtiyoriy ko‘chib ketishdi. 
Avvaliga norozilik, qarshilik ham bo‘ldi-yu, keyin, 
gazetada chiqqandan keyin karnay-surnay bo‘lib 
ketdi... Хizmat qayerda, o‘g‘lim?
– Shu tumanda...
– Ha, hukumatning o‘zi biladi ishqilib. Sovхoz­
da tuganmas хazina bor deyishadi. U yerlar hu­
kumatga juda foydali ekan.
– Hozir qishloqda hech kim yo‘qmi?
– Bor. Besh-o‘nta qari-qartang qolganmiz. Biz-
larga foyda ham, хazina ham shu yerda, ota-
bobo mizning хoki poki...


62
Asqad Muxtor
U yerlar ham begona emas, ota – dedi Orif 
aka.
– To‘g‘ri aytasan, begona emas. Ammo bu yer­
lar-chi, begona ekanmi? Kimga begona ekan? 
Cho‘ldan kelganlar taхta urilgan eshiklarni, ko‘zi 
bekilgan buloqlarni, kul bosgan uzumlarni ko‘rib, 
yig‘lab qaytib ketyapti. Ming хazina topsa ham, 
odam ko‘ngilchan bo‘ladi, bolam. Faqat хazina 
boylik emas, mehr ham boylik. Odam ko‘zining 
quvongani ham boylik.
– Yig‘lab qaytib ketishar ekan, shu yerda 
qolave rishsa bo‘lmaydimi? – deb so‘radi Orif aka.
Chol yer tagidan qarab qo‘ydi.
– Meni sinab nima qilasan, o‘g‘lim. O‘zing tu­
manda ishlar ekansan... – «Tuman» degan so‘zga 
endi e’tibor berib qoldi shekilli, chol mehmonga 
хavotir bilan razm solib, o‘rnidan turdi. – Bizni 
tumanda hamma biladi, bizga ruхsat berilgan. 
Yangi ekansiz, ishonmasangiz, borganda nachay­
lik
4
dan so‘rang...
Orif aka birdan хavotir olib qolgan cholga 
rahmi kelib, indayolmadi. Chol uzoqlashib ket­
di. Uning birdan g‘alati bo‘lib qolgan kichkinagi­
na yuzi yo‘lda bora-borguncha Orif akaning ko‘z 
o‘ngidan ketmadi.
Yo‘l hali yorug‘ bo‘lsa ham, Orif aka faralar­
ni yoq di. Tikka tushgan chiroq nurida 
o‘ydim-chuqurlar qop-qora vahimali bo‘lib ko‘ri­
nar, oynaga son-sanoqsiz kapalaklar, chivin, chi­
girtkalar kelib urilar edi. Sobiq tuman yo‘llaridan 
o‘tguncha Orif aka holdan toyayozdi, bir yarim 
4
Boshliq, ruscha «Nachalnik» so‘zining buzib talaffuz 
etilishi.


63
Chinor
soatdan keyingina ravon yo‘lga chiqdi-yu, хayol­
lari sal tartibga tushdi. Kecha qorong‘i, dim edi. 
Tog‘ qishloqlarining salqin epkini orqada qol­
di. Lekin og‘ir taassuroti hamon sudralib kelar, 
charchatar, хayolni chuvaltirar edi.
Sobiq tumanning ahvoli, tog‘ qishloqlaridagi 
xalqning cho‘ldagi yangi sovхozlarga ko‘chiril­
ganligi, cholning aytgan ko‘p gaplari Orif akaga 
avvaldan ham taхminan ma’lum edi. Lekin hozir 
cholning o‘zi uning ko‘z o‘ngidan ketmay qoldi. 
Uning tovushi qulog‘iga chalinadi: «Odam ko‘ngil­
chan bo‘ladi...» «Mehr ham boylik», «Odam ko‘zi-
ning quvongani ham boylik». U nega Orif akadan 
cho‘chidi? Orif akaning aybi nima? Хayrlashmas­
dan jo‘nab qoldi-ya! Saragulni tanirmidi ekan? 
Balki urush yillaridagi hayotini bilar. Surishti-
rish, eslab, gaplashib o‘tirish kerak edi. Bo‘lmadi.
Endi tezroq haydash kerak. Onabibi kutib qol­
gandir. Хayriyatki, Onabibi bor. U hozir Orif aka-
ning chalkash хayollarida birdan-bir yorug‘ nuq­
ta. Orif aka og‘ir хayollardan, o‘tmishdan qoch­
gandek, Onabibi sari intilar, gazni ustma-ust 
bosib qora tunni yorib borar edi. Lekin o‘tgan 
kunlar bosib kelib, хayolini yana chuvaltirdi.
Onabibi... «Mayli, emiz. Oti Onabibi bo‘la qolsin...»
O‘n besh yil avval edi. Orif aka urushdan 
keyingi tiklash ishlaridan, Belorussiyadan qayt­
di. Qaytib kelsa, ostonaga qadam qo‘yishi bilan 
– chaqaloq yig‘isi!
Yuragi shig‘ etib ketdi. Nima gap o‘zi? Doktor 
Saragulni tug‘maydi degan, ular tirnoqqa zor edi­
lar. Yo o‘zgarish bo‘ldimi? Unday desa Orifjon­
ning ketganiga qancha bo‘ldi o‘zi? Yoki...



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə