“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92

 
31
boshqalar oldida ko`proq sevish, keksalarga har jihatdan hurmat ko`rsatish, nogironlarga hamdard va bolalarga rahmdil 
bo`lish lozim". Shu muqaddas burchlar nuqtai nazaridan 8 yoshdan kichik bolalar va 70 yoshdan katta keksalar tan 
jazolaridan ozod etilganlar.  
 
Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga karaganda, Chjou davrida Mu kodeksida ko`rsatilganidek, 3000 turdagi 
jinoyat mavjud bo`lgan. Bularning orasida davlatga qarshi (isyon, fitna), dinga qarshi (sehrgarlik bilan shug`ullanish, 
kulni ko`chaga tashlash), shaxsga qarshi (odam o`ldirish, tan jarohati yetkazish), mulkka qarshi (o`g`rilik, talonchilik, 
birovning chorvasini so`yish), harbiy (qo`shin yig`iladigan joyga belgilangan muddatda yetib kelmaslik, jangda 
qo`rqoqlik qilish) jinoyatlar muhim o`rin tutgan.  
 
Qadimgi Xitoyda "bao" degan iboradan sodir etilgan jinoyat uchun o`ch (qasos) olish degan ma’noda 
foydalanilgan. 
 Jazo 
turlari 
turli davrlarda bir-biridan juda kam farq qilgan. Podsho Mu Qonunnomasida jazolarning quyidagi 
besh turi ajratib ko`rsatilgan: 1) "mosin" (tatuirovka yo`li bilan yuzga tamg`a bosish) - bu 1000 xil turli ayblar uchun 
qo`llangan; 2) "isin" (burunni kesish) - bu ham 1000 xil turli ayblarga nisbatan berilgan; 3) "feysin" (oyog`ini kesish) - 
500 xil turli ayblar uchun; 4) "chujin" (erkaklar uchun kastratsiya va ayollar uchun qulga aylantirish) - 300 turli ayblar 
uchun; 5) "danisin" (boshini kesish) - 200 turli ayblar uchun.  
 
Jazolarning surgun, mansabidan bo`shatish va jarima kabi turlari ham mavjud edi. Tan jazolari jarima to`lashga 
almashtirilishi mumkin bo`lgan. Bunda albatta mulkdorlarning manfaatlari nazarda tutilgan edi. 
 
O`lim jazosi hukmi darhol yoki ma’lum muddat o`tgach ijro etilgan.  
 Qadimgi Xitoyda sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan. 
Asosiy sud ishlari viloyatlarning ma’muriy boshliqlari -"prefektlar" tomonidan ko`rib 
hal etilgan.  
 
Prefektlarning sud faoliyatini hukumatning tanikli chinovniklaridan biri - 
"Buyuk ma’mur" kuzatib turgan. Unga har yilning oxirida viloyatlarning hukmdorlari 
hisobot berganlar.  
 
Eng oliy sud hokimiyati imperatorga tegishli bo`lgan. Imperator oliy sud instansiyasi hisoblangan. 
 
Manbalarning xabar berishicha, ota o`z o`g`lini sodir etgan jinoyati uchun o`ldirishi yoki o`zini-o`zi o`ldirishga 
buyruq berishi mumkin edi. Davlatga va podshoga qarshi jinoyatlar haqida barcha kishilar xabar berish huquqiga ega 
bo`lganlar.  
Tergov natijalari haqida xulosa, ayblov dalolatnomasi tuzilgan. Qadimdan "dalillarni taqdim etish", "ayblash" 
va boshqa yuridik iboralar ko`p ishlatilgan. 
 
Sudda ish yuzasidan analogiya (qiyoslash) bo`yicha qarorlar chiqarish keng qo`llanilgan. 
 
Sud va sud 
jarayoni
 


 
32
 ANTIK DUNYO DAVLATI VA HUQUQI 
 
QADIMGI YUNONISTON VA QADIMGI RIM DAVLATI VA HUQUQIGA UMUMIY TAVSIF 
 
REJA: 
1. Antik dunyoda davlatning vujudga kelishi va polis tizimi 
2. Antik dunyo davlatlarida huquqning umumiy va o`ziga xos xususiyatlari 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism 
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism 
 
1.  Antik dunyoda davlatning vujudga kelishi va polis tizimi 
 
 
Tarix fanida "Antik dunyo"
41
 iborasi, odatda, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim, shuningdek, ellinistik 
davlatlar tarixiga nisbatan ishlatiladi. 
 
Antik sivilizatsiya o`zining eng yuksak cho`qqisiga miloddan avvalgi I ming yillikda - yangi era I ming 
yilligining boshlarida erishgan edi.  
Sivilizatsiyaning ilk o`choqlari va dastlabki shahar-davlatlar O`rta yer dengizi bo`g`ozida miloddan avvalgi III-
II ming yilliklardayoq Sharq dunyosining muhim ta’siri ostida tashkil topgan.  
Bolqon yarim orolining janubida va Egey dengizi qirg`oqlarida miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda ilk 
shahar-davlatlarning, so`ngra esa ancha yirik davlatlarning tashkil topishi yunon-axayyaliklar tomonidan bu 
mintaqaning
42
 mahalliy tub aholisini (pelasglarni, minoylarni) bosib olinishi natijasi bo`lgan. Bu jarayonlar bir qator 
o`sib borayotgan yoki inqirozga uchrab borayotgan davlatlarni (Knoss, Miken podsholiklarini va boshqalarni) keltirib 
chiqargan. 
Bu davlatlarning monarxiya xarakteriga ega bo`lganligi, ularda yirik davlat - ibodatxona xo`jaligi va jamoa 
yerlarining mavjudligi ushbu davlatlarni Sharq despotiyasiga o`xshash bo`lganligidan darak beradi.  
 
Qadimgi Yunonistonda davlatning tashkil topishidagi muhim xususiyatlardan biri shunda bo`lgan ediki, bu 
jarayonning o`zi qabilalarning ko`chib o`tishi va aralashuvi munosabati bilan to`lqinsimon, uzilib-uzilib sodir bo`lgan. 
Masalan, Yunonistonga miloddan avvalgi XII asrda shimoldan doriy qabilalarining bostirib kirishi davlatning tashkil 
topishidagi butun bir tabiiy jarayonni orqaga uloqtirib tashlagan. Doriylar istilosidan keyin kelgan "qorong`i asrlar" 
(miloddan avvalgi XII asr - VIII asrning birinchi yarmi), keyin esa arxaik davr ellinlarni yana qabilaviy davlatchilikka 
va shahar-davlatchiligiga qaytargan. 
 
Yunonistonda davlatning kelib chiqishi jarayonida ichki va tashqi omillarning o`ziga xos o`zaro qo`shilib 
ketganligini ko`rish mumkin. 
Antik dunyoda davlatchilik tashkil topishi jarayonining xususiyatlarini ko`p jihatdan 
tabiiy-geografik omillar belgilab bergan.  
 
Antik polis o`zining ichki tuzilishi nuqtai nazaridan yopiq davlat bo`lgan. Faqat qullar emas, begona chet 
elliklar, hatto, boshqa yunon shaharlaridan chiqqan kishilar ham davlatdan tashqarida qolgan.  
 
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda bir necha yuz qadimgi yunon polislari ichida harbiy jihatdan ancha 
yirik va kuchli ikkita shahar-davlat: Afina va Sparta birinchi o`ringa chiqqan.  
 
Miloddan avvalgi I asrga kelib Rimda ham polis tizimi tugagan.  
 
2.  Antik dunyo davlatlarida huquqning umumiy va  
o`ziga xos xususiyatlari 
 
 
Huquq antik davrda fuqarolik jamiyatini va uning madaniyati elementlarini mustahkamlovchi omillardan biri 
sifatida birdaniga kamolotga va takomilga erishmadi. Huquq o`z rivojlanishining ilk bosqichlarida yuridik tex-nikasi va 
asosiy institutlarining ishlab chiqilishi darajasi bo`yicha Sharq mamlakatlari huquqiy tizimiga o`xshash bo`lgan. Antik 
Yunonistonda va Rimda huquqning rivojlanishi alohida polislar doirasida amalga oshirilgan va alohida shahar-
                                                      
41
 Antik so`zi lotincha “antiguitas” – qadimgi, eski so`zidan olingan.  
 
42
 Mintaqa deganda o`zaro chegaradosh, bir guruh mamlakatlar yoki viloyatlardan iborat katta hudud tushuniladi. 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə