“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92

 
36
fuqarolarning hammasi birinchi darajaga kiritilgan (medimn - o`lchov hajmi; turli vaqtda u 41 litrdan tortib to 52,5 
litrgacha bo`lgan miqdorni tashkil etgan). Ular pentakosio-medimnlar, ya’ni besh yuz g`alvirchilar deb atalgan. O`z 
yeridan kamida 300 medimn miqdorida daromad olgan fuqarolar ikkinchi da-rajaga kiritilgan. Ular suvoriylar  deb 
atalgan, chunki ular o`z jangovar otlari bilan otliq askarlar sifatida xizmat qilishlari lozim bo`lgan. O`z yeridan 200 
medimn daromad olgan fuqarolar uchinchi darjaga mansub bo`lgan. Ular zevgitlar ("zevgos" - "qo`sh" demakdir), ya’ni 
qo`sh ho`kizlar deb atalgan. Ular piyoda lashkarda xizmat qilishga va o`z og`ir quroliga ega bo`lishga majbur edilar. 
200 medimndan kam daromad oladigan fuqarolar to`rtinchi darajaga kiritilgan. Ular fetlar (batraklar) deb atalgan.  
Salon yangi davlat organi - bule (400 lar kengashi)ni tuzgan. Xalq yig`ini ekklesiya, ya’ni chorlanganlar yig`ini deb 
atalgan. 
 
Salon yuqoridagilardan tashqari, har qanday afina fuqarosi qatnashishi mumkin bo`lgan yangi oliy haqamlar 
sudini - gelieyani ta’sis etgan. 
 
Salonning islohotlari urug`doshlik tuzumiga va urug` zodagonlarining imtiyozlariga zarba bergan. Islohotlar 
urug` arsitokratiyasi - yevpatridlarning hokimiyatini cheklashga va urug`-qabila sarqitlarini tugatishga qaratilgan edi. 
Yuqorida aytib o`tilganidek, endi fuqaroga uning kelib chiqishiga qarab emas, balki mulkiy senzga qarab baho 
beriladigan bo`ldi. Arxontlarni faqat birinchi mulkiy darajaga mansub kishilardan, ya’ni pentakasio-medimnlardan 
saylash mumkin edi. Faqat dastlabki uch darajaga kiruvchi fuqarolargina bule a’zolari bo`lishi mumkin edi. Faqat 
ekklesiyada va gelieyada hamma darajaga mansub fuqarolar ishtirok etishlari mumkin bo`lgan. 
 
 
Bu vaqtda Attikada sinfiy va siyosiy kurash g`oyat keskinlashib ketgan. O`zaro kurashlar vaqtida 
uchta ijtimoiy-siyosiy va hududiy guruh tashkil topgan: ular yer egalarining (ko`pchiligi Salon qonunlarini bekor 
qilishni istovchi yevpatridlarning) manfaatlarini himoya qiluvchi pedieylar (serhosil vodiylar aholisi); paraliylar (sohil 
aholisi) - Salon qonunlaridan qanoatlangan va uning islohotlarini mustahkamlashga harakat qilgan shahar va 
qishloqning o`rta mulkdorlari, savdogarlari va hunarmandlari; diakriylar - Salon qonunlarini yetarli emas deb topgan 
kambag`al dehqonlar (tog`li rayonlar aholisi)dan iborat edi. 
Miloddan avvalgi 560 yilda Pisistrat diakriylarga tayanib, davlat to`ntarishi o`tkazgan va tiran bo`lib qolgan. Pisistrat 
Salon islohotlarini bekor qilmagan, balki davom ettirgan. U qishloq kambag`allari - diakriylar manfaatlarini qondirib, 
o`ziga dushman yevpatridlarning yerlarini musodara qilgan.  
Miloddan avvalgi 527 yilda Pisistrat vafotidan keyin hokimiyatni uning o`g`illari Gippiy va Gipparx biroz vaqt 
ushlab turganlaridan so`ng, dastlab Gipparx o`ldirilgan va keyin miloddan avvalgi 510 yilda Gippiy Afinani tashlab 
chiqib ketishga majbur bo`lgan. 
 
Klisfen Afina hokimiyati tepasiga chiqqach, miloddan avvalgi 509 yilda bir qancha islohotlar o`tkazgan.  
 
Klisfenning eng asosiy tadbiri ma’muriy-hududiy islohot edi. U aholini eskicha to`rtta qabilaga bo`linishini 
bekor qildi, ya’ni eski to`rtta urug`-qabila filalarni tugatdi, ularning o`rniga hududiy belgiga qarab o`nta hududiy fila 
tashkil etdi. Har bir fila uchta trittiyga bo`linib, filaning ichki bo`linishi hisoblangan.  
Klisfen butun Attika hududini eng quyi bo`g`inda turuvchi yuzta ma’muriy birliklarga - demlarga bo`lib chiqqan. 
Har bir filaga o`ntadan demlar kiritilgan. Afinaning har bir fuqarosi o`zi kelib chiqqan demga yozilgan.  
 
Filalar sonining o`zgarishi munosabati bilan Salonning to`rt yuzlar kengashi o`rniga besh yuzlar (har bir 
filadan 50 vakil hisobidan) kengashi tashkil etilgan. 
 
Bu vaqtda arxontlarning eski hay’ati o`z ahamiyatini yo`qotgan edi. Klisfen hududiy islohot o`tkazar ekan, 
Attikada ko`pdan beri yashab kelgan va lekin mamlakatning tub aholisi bo`lmagan ancha shaxslarni fuqarolar qatoriga 
kiritdi. 
 
Gelieyaga fuqarolar senzidan qat’i nazar bir yilga saylab qo`yilar edi. Klisfen tiraniya qayta tiklanishining 
oldini olish uchun "sopollashtirish", yunoncha "ostrakism"ni ("ostrakon" - "sopol" demakdir) joriy etgan. 
Klisfenning so`nggi tadbirlaridan biri - miloddan avvalgi 502 yilda o`nta strateg hay’atini ta’sis etishdan iborat 
edi. Bu strateglar xalq yig`inida qo`l ko`tarib (xeyrotoniya) ochiq ovoz berish yo`li bilan bir yil muddatga saylanganlar 
va Afina xalq lashkariga galma-gal qo`mondonlik qilganlar.  
 
Shunday qilib, Klisfen islohotlari Afinada urug`doshlik tuzumiga eng so`nggi zarba berib, uzoq davom etgan 
davlatning tashkil topish jarayonini nihoyasiga yetkazgan. 
5. Afina davlatining rivojlangan davri 
(miloddan avvalgi V-IV asrlar) 
 
 
Miloddan avvalgi 478 yilda Afina boshchiligidagi Delos yoki birinchi Afina dengiz ittifoqi (simmaxiya - 
harbiy ittifoq,) tuzilgan. Ittifoqqa 140-160 yunon davlatlari kirib, ular harbiy kemalarni va askarlarni ta’minlab turishlari 
va ittifoq hazinasiga (kassasiga) pullar (badallar) - "foros" (aynan tarjimasi "og`irlik") to`lab turishlari kerak edi. Flotga 
qo`mondonlik Afinaga topshirilgan edi. 
 
Shu tariqa 1-Afina dengiz ittifoqi asta-sekin Afina arxesiga ("arxe" - "hokimiyat", "hukmronlik" degani), ya’ni 
Afina dengiz davlatiga aylana borgan.  
 Efialt 
areopagni siyosiy hokimiyatdan deyarli to`la mahrum etgan. Areopag endi qasddan odam o`ldirishda va 
kufroniylikda ayblashlardan bo`lak hech qanday sud ishlarini hal qila olmagan. Qolgan ishlarning hammasi haqamlar 
sudiga - gelieyaga topshirilgan. 
 
Afinada demokratiyaning ravnaq topishi Perikl nomi bilan bog`liq.     
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda antik qullik shakli ancha rivojlangan. Qulni qilich bilan yoki osib o`ldirish mumkin 
emas, ammo o`lguncha kaltaklash yoki ochlikdan o`ldirish mumkin edi, chunki agar qul 
biron jazo natijasida o`lsa, quldor aybdor hisoblanmagan. Qul sudda guvohlikka 
Ijtimoiy 
tuzum
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə