“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


partada barcha muassasalar ustidan nazoratni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92

 
39
Spartada barcha muassasalar ustidan nazoratni oliy mansabdor shaxslar - eforlar olib borgan. Miloddan 
avvalgi VI asrning o`rtalaridan boshlab eforlar hokimiyati juda oshgan. Eforlar gerusiya va xalq yig`inini chaqirish 
huquqini qo`lga kiritganlar va ularning faoliyatiga rahbarlik qilib turganlar. Eforlar spartaliklarning mavjud tartiblarga 
rioya etishlarini kuzatib turganlar, ularni sud qilganlar, jazolar tayinlaganlar.  
 Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o`rganib, 20 yoshdan 60 
yoshgacha armiya xizmatida turishgan. Ilotlar yengil, periyeklar esa og`ir qurollanishgan. 
Frontning oldingi qismida ilotlar, periyeklar borgan, ulardan keyin yosh spartaliklar, 
oxirida 60 yoshgacha bo`lgan keksa kishilar jangga kirishgan. Bu armiya miloddan avvalgi VI-V asrlarda Yunonistonda 
eng yaxshi tashkil etilgan, intizomli va kuchli armiya bo`lgandi. 
 
Armiya tarkibida "Uch yuzta suvoriylar"dan iborat otliq askarlar ham bo`lib, urush vaqtida podsholarni 
qo`riqlaydigan, tinchlik vaqtlarida esa mamlakat havfsizligini ta’minlaydigan o`ziga xos otliq gvardiyani tashkil 
etganlar. 
 
Miloddan avvalgi V asrga kelib Sparta Peloponnes sim-maxiyasiga 
boshchilik qilib deyarli butun Peloponnes ustidan o`z gegemonligini o`rnatgan. 
Miloddan avvalgi IV asrda Yunonistonning Makedoniya tomonidan istilo qilinishi 
natijasida Messeniyaning qo`ldan ketishi va u bilan birga yerlar va qullar ham 
yo`qotilishi Sparta davlatining iqtisodiy asosini yemirgan. 
Miloddan avvalgi II asr o`rtasida Rim davlati hokimiyati ostiga tushib qolgan. 
 
 
 
 
YUNONISTON HUQUQINING ASOSIY BELGILARI 
 
REJA: 
1. 
Huquq manbbalari. 
2. 
Mulk huquqi. 
3. 
Majburiyat huquqi. 
4. 
Nikoh va oila. 
5. 
Meros huquqi. 
6. 
Jinoyat huquqi. 
7. 
Sud ishlarini yuritish. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. P.N.Galanza История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.N.Batir va E.V.Poliкаrpova. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Chernilovskiy Z.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Jidkova.  N.A.Krasheninikova.  История государство и право зарубежных стран. Norma.M.2004. 1-qism. 
7. O.A.Jidkova.  N.A.Krasheninikova. История государство и право зарубежных стран Norma.M.2005. 2-qism. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi. T., Adolat. 2001. 
 
Afina va Spratada huquqning qadimgi manbai odat huquqi bo`lgan. Bu yerda yozma qonunchilik uzoq vaqtgacha 
taraqqiy qilmagan. Huquq ilotlarning ezilgan, huquqsiz holatini va spartaliklarning 
imtiyozlarini mustahkamlagan. Spartada yozma qonunchilikning vujudga kelishi afsonaviy 
qonun ijodkori Likurgning nomi bilan bog`lanadi. Uning qonunchiligi "Retra" deb 
nomlangan hujjatlarda bayon qilingan. O`sha davrning tarixchisi Ksenofontning 
ma’lumotlariga qaraganda, Likurg spartaliklarning savdo ishlari bilan shug`ullanishlarini 
taqiqlash to`g`risida qonunlar chiqargan. 
Afinada esa miloddan avalgi 611 yilda arxont Drakont davrida birinchi marta yozma qonunchilik tarkib 
topgan. Bu qonunlar bizgacha yetib kelmagan, u o`zining qattiq jazo tizimi bilan mashhur bo`lgan. Miloddan avvalgi VI 
asrda Salon davrida ham ko`p qonunlar qabul qilingan. Salon o`z qonunlarini o`n olti yog`och taxtaga yozdirib qo`ygan. 
Ammo bu ham bizgacha yetib kelmagan. Miloddan avvalgi V-VI asrlarga kelib qonunchilik faoliyati kengayib, xalq 
majlisining umumiy ahamiyatga ega qarorlari qonun kuchiga ega bo`gan. 
Spartada uzoq vaqtgacha yerga nisbatan jamoa mulkchiligi saqlanib qolgan. Jamoa 
yeri chek yerlarga ajratilib, ularni begonalashtirish mumkin emasdi. Bu bilan bir qatorda, 
Aristotelning xabar berishicha, boshqa begonalashtirilishi mumkin hisoblangan yerlar ham 
bo`lgan, lekin bu sharmandalik hisoblanardi. Bunday yerlar periyeklar joylashgan 
Armiya 
Sparta siyosiy 
tizimining 
inqirozi
 
Huquq 
manbalari 
Mulk 
huquqi. 


 
40
okruglardan egallab olingan yerlar, davlat tomonidan spartalik zodagonlar vakillariga in’om qilingan yerlar edi.  
Spartada miloddan avalgi IV asrning birinchi yarmida uylar va yer uchastkalarini hadya etishga vasiyat 
qilishga yo`l qo`yuvchi qonun chiqarilgan, zero bu shu vaqtgacha taqiqlab qo`yilgandi. Yerlarni sotish ilgarigidek 
mumkin bo`lmagan, lekin hadyaga ruxsat etilishi mulklarni qo`ldan qo`lga o`tishi uchun imkoniyat yaratgan.  
 
Afinada Spartadan farqli o`laroq xususiy mulkchilik ancha rivojlangan. Hatto Afinada xususiy mulk huquqini 
anglatadigan ibora ham bo`lmagan, Qonunlarda o`z aksini topgan "ousia" tushunchasi mulkdor egalik qilib turgan 
mulkni, ashyolar, boyliklar yig`indisini anglatgan, xolos, u mulk huquqini bildirmasdi, yerlarni egallab olish 
Yunonistonda hech qachon xususiy mulkchilik manbai sifatida katta rol o`ynamagan. 
 
Mulk huquqi bir necha da’volar bilan himoya qilingan. Dastlab yer uchastkasi yoki uydan keladigan 
daromadlar haqidagi da’vo taqdim etilgan; bu mazkur mulklarga vaqtincha egalik qilib turgan shaxslarga nisbatan 
qilingan. So`ngra mulk haqidagi da’vo – dike ousias taqdim etilgan. Bu yerda da’vogar o`z huquqini isbotlanishiga 
murojaat qilgan, ya’ni o`zining mulk huquqi tan olinishi haqidagi talabi bilan chiqqan. 
 
Qadimgi Afina fuqarolik huquqi yerga, qulga, ish hayvonlariga nisbatan xususiy mulkchilikning 
rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek Afinada davlat mulkchiligi ham mavjud bo`lib, uning ob’yekti turli 
ashyolar bo`lgan. 
 
 Spartada majburiyat huquqi uncha rivojlanmagan bo`lsada, 
Yunonistonning boshqa polisi - Afinada majburiyatlar keng tarqalgan.  
 
Har qanday mazmundagi turli bitim (kelishuv) shartnoma majburiyatiga asos 
bo`lib xizmat qilishi mumkin edi. Shartnormalarning haqiqiyligi uchun hech qanday 
majburiy shakllar mavjud bo`lmagan. Biroq isbotlashni yengillashtirish maqsadlarida 
bitimlar ko`pincha yozma shaklda tuzilgan. 
 
Salon islohotlariga qadar shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik uchun qarzdorning shaxsiy javobgarligi 
o`rnatilib, buning uchun u qarzdorlik asoratiga tushishi mumkin edi. Salon agar biror fuqaro chet eldan qullikdan sotib 
olinib, buning uchun qarzini to`lamaganda ularni qulga aylantirilishi tartibini saqlab qolgan. 
 
Shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan 
beradigan pul summasi zakalat  hisoblanadi. Agar zakalat bergan shaxs shartnoma tuzishdan bosh tortsa, bergan 
zakalatidan mahrum etilgan. Agar zakalat olgan shaxs shartnoma tuzish istagidan qaytsa, u holda zakalat sifatida olgan 
pul summasini ikki baravar qilib qaytarishi lozim bo`lgan. 
 
Shartnoma majburiyatlarini ta’minlash uchun, shuningdek kafillikdan ham foydalanilgan. Bunda kafil boshqa 
shaxs oldida o`z majburiyatini to`la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o`z zimmasiga 
oladi. Har qalay "Odessiya"da ham kafillik haqida eslab o`tiladi.  
Qadimgi Yunonistonda sudxo`rlik bilan bir qatorda garov huquqi ham keng rivojlangan. Harakatdagi ashyolar 
garovga qo`yilganda ular kreditorning egaligiga o`tkazilgan. Agar qarzdor qarzini to`lamasa, garovga qo`yilgan ashyo 
qarzni undirish sifatida kreditor foydasiga sotilgan. Yer garovga qo`yilganda, u vaqtincha egasining ixtiyorida 
qolavergan. Biroq qarz muddatida to`lanmasa, kreditor garovga qo`yilgan yerni tortib olgan. 
Oldi-sotdi shartnomasi tomonlarning oddiy norasmiy kelishuvi asosida tuzilgan. Faqat harakatdagi ashyolar 
emas, balki turli xil ko`chmas mulklar: dala, uy, bog` ham shartnoma predmeti bo`lishi mumkin edi.  
Sotuvchi esa ashyoni qanday shartlashilgan bo`lsa, shundayligicha to`liq sotib oluvchiga o`tkazish va uni 
uchinchi shaxs tomonidan talab qilinmasligiga kafolat berish majburiyatini olgan.  
 Ijara 
shartnomasining 
predmeti harakatdagi va harakatsiz mulklar bo`lishi mumkin edi.  
 
Ijara shartnomasi bo`yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish 
va foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Ijaraga oluvchining asosiy majburiyati ijara haqini o`z vaqtida 
to`lashdan iborat edi.  
 
Afinada ijara shartnomasidan ssuda shartnomasi, ya’ni ashyolardan bepul foydalanish shartnomasi 
ajratilgandi. Bu shartnoma "chresis" degan nom bilan atalgan. 
 Afinada 
shaxsiy ijara uncha keng tarqalmagan, chunki yollanma mehnat xo`jalikda muhim rol o`ynamagan, 
asosan qullar mehnatidan foydalanilgan. 
 
Shaxsiy ijara shartnomasidan pudrat - xerao1abeia shartnomasi (ishni baholab olish) farq qilgan. Ayniqsa 
ijtimoiy ishlarni pudrat tartibida bajarish muhim ahamiyatga ega edi. Manbalardan ma’lumki, kanallar qurish, 
botqoqliklarni quritish, ibodatxonalarni ta’mirlash va boshqa ishlarni amalga oshirish bo`yicha tuzilgan pudrat 
shartnomalari bo`lgan.  
 Qarz 
shartnomasi 
Afinada keng tarqalgan shartnomalardan edi. Qoida bo`yicha, qarz ma’lum foizlar to`lash 
sharti bilan berilgan. Biroq, foizlarsiz qarz berish ham mavjud edi. Qadimgi Yunonistonda, ayniqsa, Afinada sudxo`rlik 
juda rivojlangandi.  
 Ashyolarni 
omonat shartnomasi buyicha bir taraf (omonat saqlovchi) unga ikkinchi taraf (yuk topshiruvchi) 
bergan ashyoni saqlash va uni to`la holida qaytarish majburiyatini oladi. Bunda ashyo foydalanish uchun emas, saqlash 
uchun topshiriladi. 
 
Agar o`z vaqtida qaytarilmasa, ashyo egasi tegishli da’vo qo`zg`atishi mumkin edi.  
 Afinada 
fuqarolarning 
o`zaro 
sherikchilik shartnomasi bilan bog`liq turli xil birlashmalari keng tarqalgan. Bu 
shartnoma, qoida bo`yicha, yozma ravishda rasmiylashtirilgan. Sheriklar ishlarni ehtiyotsizlik bilan yuritish natijasida 
yoki qasddan yetkazilgan zararlar uchun bir-birlarining oldida javobgar bo`lardilar. 
Afinada majburiyat huquqi topshiriq shartnomasidan ham kelib chiqqan. Unga ko`ra bir taraf (vakil) ikkinchi 
taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. 
Majburiyat 
huquqi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə