“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92

 
51
Kreditor qarzdorga qandaydir harakat sodir etish majburiyatini zimmasiga oladimi, degan savolni beradi. Qarzdor 
shunday so`zlar bilan o`shanday harakatni sodir etishligi haqidagi majburiyatni zimmasiga olganini tasdiqlaydi. Dastlab 
savol va javobda spondeo ("tantanali qasamyod qilaman") degan faqat bitta fe’l (ibora) ishlatilgan, 
stipulyatsiyaning o`zi esa "sponsii" (sronsio) degan nom bilan yuritilgan.  
 
 XII jadval qonunlarida ko`rsatganimizdek, Qadimgi davrdayoq majburiyatlar 
faqat shartnomalardan emas, balki deliktlardan (huquqbuzarliklardan) ham kelib 
chiqqan. XII jadval qonunlariga ma’lum bo`lgan shunday deliktlardan ko`plari kelajakda 
jinoyat sifatida ko`rila boshlangan. Lekin kvirit huquqi bo`yicha xususiy huquqbuzarliklar turkumiga shaxsiy ozor 
yetkazish (injuria), og`ir tan jarohati yetkazish, shuningdek, o`g`irlik (furtum) taalluqli bo`lgan. 
 
Xalqlar huquqiga, xususan, XII jadval qonunlariga ommaviy deliktlar (delictum publicum), ya’ni rim xalqi 
nomidan jazolanadigan jinoyatlar ham ma’lum.  
 
 Qadimgi rim huquqi patriarxal  oilani mustahkamlaydi. Nikoh 
erning xotin ustidan to`la hokimiyatini o`rnatgan.  
Nikohga kirish uchun ikkala oila boshliqlarining roziligi va nikohga 
kiruvchilarning ham roziligi talab qilingan. Nikoh yoshi ayollar uchun 12 
yosh bo`lgan, erkaklar uchun ko`rik-tekshiruv yo`li bilan o`rnatilgan. Xalqlar 
huquqi bo`yicha faqat fuqarolar nikoh tuzishlari mumkin bo`lgan.  
 
Nikoh er-xotindan birining vafoti bilan yoki ularning huquq layoqatini yo`qotishi bilan, shuningdek, 
ajralish natijasida bekor qilingan.  
 
Arxaik davrda rim huquqida o`lgan uy egasining mulkini meros  qoldirishning ikkita usuli mavjud bo`lgan. 
Umumiy qoida bo`yicha meros o`lgan kishining ("hokimiyati ostidagilarga") bolalari yoki nabiralariga yoxud u bilan 
yaqin tug`ishgan aloqalarida turuvchi boshqa agnatlarga o`tgan.  
 
 
  
Mazkur davrda Rimda ko`p sud ishlari xususiy (fuqarolik) tartibda ko`rilgan. 
Eng qadimgi davrdan boshlab sud tizimi va jarayonini tashkil etishning o`ziga xos 
xususiyati shundan iborat ediki, sud ishlarini yuritish 2 ta bosqich: "in yure" (in 
jure) va "in yuditsio" (in judicio)dan iborat bo`lgan. 
Sudda tomonlar va magistrat tomonidan qilinadigan diniy marosimlarga oid va qat’iy rasmiy harakatlar, imo-
isholar va so`zlar yigindisi "legis aksio" (Legis actio) deyilgan. Legisaksion jarayon degan nom ham shundan 
kelib chiqqan. Beshta asosiy legisaksion formula ishlab chiqilgan. Ularning ichida eng ko`p tarqalgani Legis actio per 
sacramentum bo`lib, bunga ko`ra, tomonlar tantanali bayonotlar qilishlari bilan birga garovga narsa qo`yganlar.  
 
Jinoyat ishlarida ish yurituvchi magistrat inkvizitsiga oid (shaf-qatsiz, vahshiyona) tartibdan foydalangan.  
 
 
 
4.Klassik va postklassik davrlarda Rim huquqi 
 
 Ulpian tavsiflanganidek, xalqlar huquqi rim davlati holatiga, xususiy 
huquq esa - alohida shaxslarning foydasiga taalluqlidir. 
 
Rim yuristlari o`rnatganidek, xalqlar huquqi "jamoat manfaati" ifodasi 
sifatida xususiy huquqdan ustun turadi ("xususiy bitimlar xalq,lar huquqidan yuz 
o`girishi mumkin emas"). Lekin klassik va postklassik davrning xalqlar huquqi 
xususiy huquqqa nisbatan kam ishlab chiqilgan edi.    
Ashyo huquqi tushunchasi hali rim yuristlariga ma’lum emas edi. Lekin ular ashyoviy da’volarni 
(actiones in rem) majburiyat munosabatlari bilan bog`liq bo`lgan shaxsiy da’volardan (actions in 
personam) aniq ajratganlar. 
 
Ashyolar mansipatsiyali va mansipatsiyasiz (bunday bo`linish ilgarigi ahamiyatini 
yo`qotib borgan), xarakatdagi va ko`chmas, bo`linadigan va bo`linmaydigan, 
almashtiriladigan va almashtirilmaydigan va boshqalarga bo`lingan. 
 
Rim davlati iqtisodiyoti agrar xarakterga ega bo`lgani uchun mulkiy munosabatlarda yer alohida o`rin 
egallaydi. Yerlar qadimgi davrlardayoq alohida quldorlar qo`liga o`tib, xususiy egalikdagi yerlarni tashkil etardi. 
Shuningdek, uzoq vaqtgacha jamoat yerlari (ager publicus) sifatida ko`rilgan davlat yerlari ham mavjud bo`lgan. 
Miloddan avvalgi 111 yilda agrar qonun qabul qilingan.  
Pretor huquqi doirasida maxsus yuridik vositalar yordamida pretor yoki bonitar mulkchilik deb ataladigan mexanizm 
(tuzilish) tashkil etilgan.  
 
Rim davlati chegaralarining kengayishi, unga yangi-yangi provinsiyalarning kiritilishi va chet elliklar sonining 
o`sishi munosabati bilan, shuningdek, provinsial mulkchilik (rim fuqarolari uchun) va peregrinlar mulkchiligi ham 
tan olingan. 
 
Klassik va postklassik davrning rim huquqida mulk huquqiga ega bo`lish usullariga katta e’tibor berilgan, 
chunki mulkiy aylanishning rivojlanishi huquqiy munosabatlarda juda aniqlikni va mulk huquqiga ega bo`lishning 
huquqiy asosi haqidagi masalada o`ta oydinlikni talab qilgan. 
Deliktlar 
XII jadval qonunlari 
bo`yicha nikoh va 
oila 
Legisaksion 
jarayon
 
Xalqlar huquqi 
va xususiy huquq
Ashyo 
huquqi 


 
52
 
Tobora kam foydalanilayotgan mansipatsiya dominat davriga kelib amalda iste’moldan chiqib ketgan. Shu 
bilan birga "an’ana (traditsiya – teaditio) mulk huquqidan voz kechishning asosiy usuli sifatida hal qiluvchi ahamiyat 
kasb etgan.  
 
Klassik davrda xususiy mulk egasi huquqlarini himoya qilishning fuqarolik-huquqiy shakllari yanada 
rivojlangan. Ularning ichida ancha muhimi vindikatsion da’vo bo`lgan.  
Xususiy mulk egasining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun klassik va postklassik davrning rim 
huquqida negator va progibator da’volardan ham foydalanilgan.  
 
Pretor huquqining rivojlanishi bilan ashyo huquqining yana bir mustaqil turi - egalik (possessio) instituti 
yuridik jihatdan batamom rasmiylashtirilgan. 
 
Ashyo egasining manfaatlarini himoya qilish mulk egasining huquqini himoya qilish uchun xizmat qiluvchi 
da’volar yordami bilan emas, balki pretorlik interdiktlari (buyruqlari) vositasi bilan amalga oshirilgan. 
 
Klassik davrda ashyo huquqining begona ashyoga nisbatan huquq (jura in re aliena) kabi turi ham yanada 
rivojlangan.  
Bu davrda yunon huquqidan emfitevzis - o`rnatilgan to`lovni to`lash bilan avloddan-avlodga meros bo`lib 
o`tadigan yer ijarasi o`zlashtirib olingan edi.  
Klassik davrda garov huquqi ham rivojlangan. Bu vaqtda ishonchga asoslangan va garovga qo`yilgan ashyo 
kreditorning mulki (feduksiya) hisoblangan garovning qadimgi shakli kamdan-kam qo`llaniladigan bo`lib qolgan edi. 
Tovar muomalasining rivojlanishi bilan ko`proq pignus degan garovdan foydalanila boshlangan. Imperatorlik davrida 
yunon huquqining ta’siri ostida ipoteka degan garov shakli ham rivojlangan.  
 Klassik 
davrda 
shaxsiy servitutlar ham rivojlangan va ishlab chiqilgan. Bular, odatda, vasiyatlarda nazarda 
tutilgan. Bu begona ashyodan undan keladigan hosilni olish huquqi (uzufrukt)  bilan yoki bunday huquqsiz (uzus) 
foydalanishni nazarda tutuvchi servitutlar bo`lib, bunda servitut kimning foydasiga o`rnatilgan bo`lsa, o`sha shaxsning 
umrbod mulki hisoblangan. 
 Rim huquqining majburiyat huquqi instituti klassik davrda ancha taraqqiy 
etgan. Bu, albatta, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan edi. 
Majburiyatlarga hech bo`lmaganda xuddi ikkita shaxsning huquqiy aloqasi (juris 
vinclum) sifatida qaralgan.  
 Klassik 
davrda 
ayniqsa 
shartnomalar  (kontraktlar) ancha batafsil va aniq 
ishlab chiqilgan. Lekin hamma shartnoma munosabatlari yuridik kuchga ega bo`lavermagan.  
 
Gay Institutsiyalarida shartnomalar (kontraktlar) quyidagi to`rt asosiy guruh: verbal, literal, real va 
konsensualga ajratilgan. 
 
Verbal shartnomalar (lotincha verbum - so`z demakdir) qadimiy diniy shartnomalar - qasamlardan o`zining 
boshlang`ich asosiga ega bo`lgan. Lekin uning tuzilishi uchun endilikda ilgarigidek ko`p qattiq shartlarga rioya etish 
talab qilinmagan. Masalan, kreditorning savolida va qarzdorning javobida nafaqat "spondeo" tantanali fe’lidan, balki 
boshqa fe’llardan ham foydalanish mumkin bo`lgan. Stipulyatsiyaning tomonlari peregrinlar ham bo`lishi mumkin edi. 
Savol-javob izhor qilishda hatto faqat lotin tilidan emas, balki boshqa tildan ham foydalanishga yo`l qo`yilgan. 
 
Literal shartnomalar (lotincha littera - harf demakdir) savdo oborotida qabul qilingan maxsus yozma 
shartnomalar hisoblangan. Real shartnomalar (lotincha res - ashyo demakdir) tomonlarning kontrakt asosiy shartlari 
bo`yicha kelishuvidan tashqari, shartnoma predmetini tashkil etgan ashyoni albatta o`tkazilishini talab qilgan. 
Ashyoning o`tkazilmasligi majburiyat munosabatini keltirib chiqarmagan. Real shartnomaga hammadan avval qarz 
(mutuum)  shartnomasi taalluqli edi. Real shartnomlaar guruhiga saqlash (depositum) shuningdek, garovga oid 
shartnomalar ham kirgan. 
 
Ancha batafsil ishlab chiqilgan va uncha rasmiy bo`lmagan konsensual shartnomalar (lotincha consensus - 
rozilik, bitim, kelishuv - demakdir) boshqa guruhdagi shartnomalardan keyinroq tan olingan. Bu guruhdagi 
shartnomalar qatorida avvalo oldi-sotdi (emptio-venditio) shartnomasi asosiy o`rin tutadi.  
 Konsensual 
shartnomalar jumlasiga, shuningdek, ijara shartnomasi (locattio - conductio) kirgan. Ashyoni 
ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga ashyoni vaqtincha berish (losatio-sondustio rerum) shartnomasida 
ijaraga egalik qilish va foydalanish uchun topshirish majburiyatini olgan. 
 
Ishchi kuchi ijarasi shartnomasi (locatio-conductio oper arum) ma’lum muddatga va belgilangan haq 
evaziga tuzilgan, lekin bu shartnoma qullar asosiy ishchi kuchini tashkil etgan quldorlik tuzumi sharoitlarida unchalik 
rivojlanmagan.  
 Klassik 
davrda 
deliktlardan (huquqni buzishdan) kelib chiqadigan majburiyatlar yanada rivojlangan. 
 Delikt 
huquqining 
rivojlanishida 
Akviliy qonuni (miloddan avvalgi III asr) katta mavqega ega bo`lgan. Unda 
mulkka zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning ilgari mavjud turlari tizimlashtirilgan.  
 
 Er hokimiyatiga asoslangan nikoh II asrga kelib qo`llanmay qo`ygan, xotinning eri 
uyida yashashi yillar o`tishi bilan er hukmronligining avtomatik vujudga kelishiga olib 
kelmaydigan bo`lgan. Er hokimiyatisiz nikoh (sine manu mariti)ning yangi shakli tarqala 
boshlagan. Bunday nikohga kirgan ayol o`zining avvalgi oilasi bilan aloqasini uzmagan, 
ma’lum mulkiy mustaqilligini saqlab qolgan, bolalariga nisbatan ba’zi huquqlarni olgan. 
Konkubinat - erkaklar va xotinlarning rasmiylashtirilmagan doimiy birgalikda yashashi keng tarqalgan.  
Bolalarni sotish amaliyoti tugagan va ularni ota tomonidan o`ldirilishiga esa postklassik davrda og`ir jinoyat 
deb qaraladigan bo`lgan.  
 Vasiylik 
instituti 
ham qator o`zgarishlarga uchragan. Pretorlik edikti bilan vasiyning vasiyligidagilarning 
Majburiyat 
huquqi 
Nikoh-oila 
huquqi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə