“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


ikkinchi tabaqa dvoryanlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92

 
63
Davlatda ikkinchi tabaqa dvoryanlar edi. Garchand, dvoryanlar XIV-XV asrlarda Fransiyaning ijtimoiy va 
siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynasalar ham, ikkinchi tabaqa hisoblangan. Bu tabaqa barcha dunyoviy feodallarni 
birlashtirib, unga qirolning vassallari debgina emas, uning xizmatchilari deb ham qaralardi. Dvoryanlik ruhoniylikdan 
farq qilib, berk (yopiq) va merosiy hisoblanardi. Dastlab dvoryanlik tabaqasiga kirish shaharliklarning yuqori qismi va 
boyib ketgan dehqonlar uchun ochiq edi. Lekin keyinchalik eski dvoryanlar past tabaqalarning pomeste sotib olishlari 
ularning dvoryanlarga aylantirmasligiga, bularga dvoryanlik unvoni berilmasligiga erishdilar. 
XIV-XV asrlarda uchinchi tabaqaning shakllanishi asosan nihoyasiga yetdi. Bu tabaqa shahar aholisining juda 
tez o‘sishi va senzitariy dehqonlar sonining ko‘payishi hisobiga to‘ldirilgan. Uchinchi tabaqa o‘z tarkibi bo‘-yicha juda 
zich edi va amalda butun mehnatkashlar ommasi hamda shakl-lanayotgan burjuaziyasini o‘zida birlashtirib turdi. Bu 
tabaqa a’zolariga "pastkash, yaramas kishilar" sifatida qaralgan. Ular qandaydir maxsus shaxsiy yoki mulkiy 
huquqlarga ega bo‘lmay, qirol ma’muriyati va, hatto alohida feodallar tomonidan qilinadigan o‘zboshimchaliklardan 
himoya qilinmaganlar. Uchinchi tabaqa Fransiyada yagona soliq to‘lovchi tabaqa edi. Uning zimmasiga davlat 
soliqlarining barcha og‘irliklari yuklangandi. 

XIV asrning boshida Fransiyada senorlik monarxiyasining o‘rniga feodal 
davlatning yangi shakli tabaqa-vakillik monarxiyasi kela-di. Tabaqa-vakillik 
monarxiyasining tashkil topishi bu yerda mazkur davr uchun progressiv jarayon 
bo‘lgan siyosiy markazlashtirish (XIV asrning boshiga kelib mamlakat 
hududining to‘rt-dan uch qismi birlashtirilgan edi), qirol hokimiyatining o‘sishi, 
alohida feodallar yakka hokimiyatchiligining tugatilishi bilan bog‘liq edi. 

Aynan XIV asrning boshiga kelib siyosiy kelishuvchilikka asoslangan, shu sababli ham doimo mustahkam 
bo‘lib qolmagan ittifoq - qirol va turli tabaqalar, jumladan, uchinchi tabaqalar ittifoqi batamom rasmiylashgan edi. Bu 
ittifoqning siyosiy ifodasi maxsus tabaqa-vakillik muassasalari - General shtatlar va provinsiyalarning shtatlari bo‘lib 
qoladi.  
General shtatlarning vujudga kelishi Fransiyada davlat shaklining o‘zgarishini boshlab 
beradi. Fransiya tabaqa-vakillik monarxiyasi shaklida idora etiladigan davlatga aylanib boradi. 
Qirol Filip IV Chiroyli tomonidan 1302 yilda General shtatlarning
13
 chaqirilishini bir 
qator aniq tarixiy shart-sharoitlar taqoza etgan edi. Bular: Flandriya bilan bo‘lgan 
muvaffaqiyatsiz urush, jiddiy iqtisodiy qiyin-chiliklar va nihoyat, qirol bilan rim papasi 
o‘rtasida kelib chiqqan nizo edi. Biroq umummilliy tabaqa-vakillik muassasasining ta’sis etilishi Fran-siyada monarxiya 
davlati rivojlanishining ob'yektiv qonuniyatining namo-yon bo‘lishi ham edi. 
General shtatlarning chaqirilish muddati o‘rnatilmagan edi. Bu masala-ni shaxsan qirolning o‘zi sharoitga 
qarab va siyosiy idroki asosida hal qilardi.. 
General shtatlarning ko‘rib chiqishiga kiritiladigan masalalar va ularning majlislarining qachongacha davom 
etishi ham qirol tomonidan belgilangan. General shtatlar qirolga iltimosnomalar, shikoyatlar, protestlar bilan murojaat 
etganlar. General shtatlar, garchand davlatda qirol hokimiyatining kuchayishi-ga va mustahkamlanishiga ob'yektiv 
yordam bergan bo‘lsa ham, umuman qirol zodagonlarining ishonchli organi bo‘lmagan. 
General shtatlarning qirol hokimiyati bilan kuchli ixtilofi 1357 yilda Parijdagi shaharliklarning qo‘zg‘oloni va 
fransuz qiroli Ioanning inglizlar tomonidan asir olinishi vaqtida sodir bo‘lgan edi. Buning oqibatida tarkibi 800 kishidan 
iborat bo‘lgan va uning yarmidan ko‘pini uchinchi tabaqa vakillari tashkil etgan General shtatlar "Buyuk mart 
ordonansi"  deb nom olgan islohotlar dasturini ilgari suradi. Qirol hokimiyatiga subsidiyalar (pul undirish huquqi) 
taqdim etish evaziga General shtatlar ko‘p oliy amaldorlarni almashtirishni, saroy xarajatlarini qisqartirishni va General 
shtatlarga soliqlar tayinlash huquqinigina emas, balki ularni yig‘ish va xarajat qilish huquqi ham berilishini, so‘ngra 
bundan keyin muntazam suratda (yilda uch marta) General shtatlarni chaqirib turishni talab qiladi. Urush masalalasida 
General shtatlar uni davom ettirish tarafdori bo‘lib, faqat shtatlarning roziligini olgandan keyingina dushman bilan sulh 
shartnomasi tuzishni talab etgan. Bular yuqorida ko‘rsatilgan 1357 yilgi "Buyuk mart ordonansi"da qonunlashtirilgan. 
Bu vaqtda "bosh islohot-chilar" saylanib, ularga qirol ma’muriyati faoliyatini nazorat qilish, alohida chinovniklarni 
ishdan bo‘shatish va ularni o‘limga mahkum etishgacha bo‘lgan jazolar bilan jazolash vakolatlari berilgan. Biroq 
General shtat-larning o‘zlarida doimiy moliyaviy, nazoratchilik va hatto qonunchilik vakolatlarini mustahkamlab 
olishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatga erishmagan. 1358 yilda Parij va Jakeriya qo‘zg‘olonlari bostirilgandan keyin 
"Buyuk mart ordonansi"da ilgari surilgan talablar qirol hokimiyati tomonidan rad etilgan. 
   Tabaqa-vakillik monarxiyasining vujudga kelishi va siyosiy hokimiyatning qirol 
qo‘lida asta-sekin to‘plana borishi birdaniga yangi davlat boshqaruv apparatining tashkil 
etilishiga olib kelmadi. 
Boshqaruvning markaziy organlari jiddiy qaytadan tashkil etilmadi. Bu vaqtda qirol 
o‘zining maslahatchilari fikriga bog‘liq emas, balki, aksincha, barcha ma’muriy va boshqa 
davlat chinovniklarining hokimiyatchilik vakolatlari qiroldan kelib chiqadi, degan muhim 
tamoyil o‘rnatilgandi. Endilikda saroy unvonlariga aylantirilgan ilgarigi mansablardan qirolning yaqin yordamchisi 
bo‘lib qolgan kansler lavozimi saqlanib qolgandi. Kansler, ilgarigidek qirollik konselyariyasining boshlig‘i bo‘lib, endi 
                                                      
13
 General shtatlar degan nom – “yalpi toifalar” Etats Generaux deb nomlanishi keyinchalik 1484 yildan 
boshlab qo`llana boshlangan. 
Tabaqa-vakillik 
monarxiyasining  
tashkil topishi
 
General 
shtatlar
 
Markaziy 
va 
mahalliy 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə