“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92

 
58
olib boraverardi.. 
Davlatda qiroldan keyin birinchi mansabdor shaxs yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, mayordam yoki boshqacha 
so‘z bilan aytganda, saroy meri edi. Yuqori mansabdagi amaldorlarning butun ishi qirol saroyi – palatsiy-da 
markazlashtirilgan edi. Merovinglar va dastlabki Karolinglarning druji-na va xizmatkorlari - ministrlari bo‘lib, ular 
qirolning topshirig‘i bilan eng oddiy ma’muriy-moliyaviy va sud funksiyalarini bajarar edilar. Bular: se-neshal  
qirolning shaxsiy ishlarini yurituvchi va ayni vaqtda butun saroy xizmatchilarini boshqaruvchi mansabdor shaxs; 
marshal - otliq askarlar boshlig‘i; kamerariy-qirol xazinasining boshlig‘i; saroy grafi – qirolning huquqiy masalalar 
bo‘yicha maslahatchisi (u asosan sud funksiyalarini bajargan, qirollik sudi tomonidan sud hukmlarining chiqarilishida 
ishtirok etgan, sud tortishuvlariga rahbarlik qilgan, hukmlarning bajarilishini nazo-rat qilgan); referendariy 
(arxikansler) - imperator devonxonasining bosh-lig‘i (u qirol hujjatlarini - ediktlar, diplomlar, kapitulyariy va 
boshqalarni tahrir qilgan, rasmiylashtirgan, ularga muhr qo‘yib, arxivda saqlagan, unga kotiblar va devonxona 
bo‘ysungan) va boshqalardan iborat edi. 
Bu davrda diniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi arxikapellana degan mansab vujudga keladi. Bu odatda dindor 
shaxs bo‘-lib, unga keyinchalik devonxona ham bo‘ysundirilgan. Endi u farmonlar tayyorlash, ularni saqlash ishlari 
bilan shug‘ullangan, uning eng birinchi yordamchisi kansler edi. 
Buyuk Karl zamonida markaziy va mahalliy idora qilish apparati ancha byurokratlashgan edi  
Shunga qaramay, Buyuk Karl imperiyasi qat’iy markazlashgan davlat emas edi.. 
Franklar davlati okrug (pag)larga, ya’ni graf-liklarga bo‘linib, har bir 
pagning tepasida graf (comite) turgan. Graf odatda yirik yer egalari ichi-dan qirol 
tomonidan tayinlangan. U o‘z hududida sud, ma’muriy, moliyaviy, harbiy 
vakolatlarni amalga oshirgan. 
Paglar, ya’ni grafliklar yuzliklarga bo‘lingan. Yuzliklar tepasida 
yuzboshilar turgan. Grafliklarda moliyaviy organlar sifatida graflar bilan birga 
satsebaronlar ham harakat qilganlar. joylarda tunginlar ham mavjud bo‘lib, ular asosan sud funksiyasini bajarganlar. 
Graflar o‘zlariga o‘rinbosarlar va yordamchilar tayinlaganlar. Ular vikariylar yoki vitse-graflar deb yuritilib, 
Karolinglar davrida vikariylarga o‘zlarining hududiy okruglari ajratib berilgan edi.. Ba’zi joylarga (odatda chegara 
tumanlarga) qirol gersoglar tayinlardi. Gersogning vakolati bir necha (2-12) graflikkacha yoyilgan. Uning asosiy 
vazifasi mudofaani tashkil etish va mamlakatni himoya qilish edi. 
Karolinglar sulolasi davrida mahalliy idora organlarining ishini tekshirish 
uchun har yili ikki kishidan iborat elchilar tayinlanardi. Ular-ning biri dunyoviy, 
ikkinchisi diniy kishilardan iborat ediFranklar davlatida oliy sud hokimiyati monarxga - 
qirolga - imperatorga tegishli edi. Mamlakatda eng ko‘p huquqbuzarlik haqidagi ishlarni 
ko‘rib hal qiladigan sud muassasasi - yuzliklar sudi edi.. 
Buyuk Karl zamonida cherkov sudlari ham paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, aralash tarkibdagi sudlar ham 
vujudga keldi. 
Franklarda qadimdan mavjud bo‘lgan xalq lashkar-larini dehqonlarning xonavayron 
bo‘lishi tufayli chaqirish tobora qiyinlashib bordi. Qo‘shinning hal qiluvchi qismi otliq 
askarlar bo‘lib qolgandi. Karl Martell islohoti natijasida benifitsiya olganlar harbiy xizmat 
o‘tashlari, qo‘shinni otliq askarlar bilan ta'minlab turishlari lozim edi.  
Buyuk Karl davlatning hamma fuqarolaridan jon boshiga harbiy xizmat talab etishni bekor qilib, faqat yer 
egalarinigina harbiy xizmatga jalb etdi.. 
Buyuk Karl zamonida harbiy benifitsiyalar tizimining avj olishi, erkin dehqonlarning zaiflashuvi va 
tushkunlikka uchrashi oqibatida deh-qonlar harbiy xizmatni o‘tashga tobora kamroq chaqiriladigan bo‘ldi.. Shunday 
qilib, Buyuk Karl qo‘shini haqiqatda uning o‘ziniki bo‘lmay, balki tobora aniqroq tashkil topgan katta feodallar qo‘shini 
edi, bu feodal-larning esa juda ko‘p pomestelari bo‘lib, ular joylarda keng siyosiy huquqlarga ega edi, ularning 
qaramog‘ida ko‘plab mayda ritsarlar (suvoriylar) bor edi. 
 
4. Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari 
 
 
Frank qabilalarida davlatchilikning shakllanishi huquqning yaratilishi bilan 
birga kechdi. Shu tariqa Franklar davlatida huquqning muhim manbalari sifatida 
«varvarlar haqiqatlari» paydo bo‘lgan.. 
”Varvarlar haqiqatlari” orasida eng qadimgilaridan biri - ”Sali haqi-qati” V 
asrning oxiri - VI asrning boshlarida Xlodvig hukmronligi davrida tuzilgan. Boshqa 
frank qabilalarining sudebnigi - ”Ripuar haqiqati”ning asosiy qismi VI asrda vujudga keldi, lekin uning to‘liq nashri 
VIII asrga taalluqlidir.  Alleman va Bavar haqiqatlari VIII asrda paydo bo‘lgan. Sak-son va Tyuring haqiqatlari esa VIII 
asrning oxiri - IX asrning boshlarida vujudga kelgan.. 
“Sali haqiqati”dan uch va undan ko‘proq asr keyin yozilgan barcha sudebniklar o‘zlarida ancha eskirgan, 
qadimiy huquq me’yorlarini saqlab qolish bilan birga, feodal munosabatlar rivojlanishining yangi bosqichini ham aks 
ettirgan.”Varvarlar haqiqatlari” mazmunan ingliz-sakslar odat huquqlari yozuvlariga, xususan, Etelbert haqiqatiga (VI 
asrdagi), Ine haqiqatiga (690 yilgi), shuningdek, XII-XIV asrlarda tuzilgan skandinav provinsiyalarining sudebniklariga 
yaqin edi. 
Sudebniklar orasida V asrda ostgotlarning qiroli Teodorix tomonidan yozilgan qonun (edikt)lar to‘plami 
Mahalliy 
boshqaruvnin
g tashkil 
Sud 
hokimiyati 
Armiya 
Huquq 
manbalari
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə