“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92

 
67
Qirollik xazinasini to‘ldirib turishning muhim manbalaridan biri qo‘shimcha soliqlar edi. Ularning soni doimo 
oshib borgan. Aholi uchun ayniqsa tuz solig‘i juda og‘ir edi. Xazinaga, shuningdek, savdo poshlina-laridan, qirollik 
monopoliyalari (pochta, tamaki va boshqalar)dan kela-digan daromadlar ham kelib tushardi. Davlatning qarzlar berishi 
keng tarqalgandi. 
Daromadlar o‘sishiga qaramay davlat budjeti juda taqchillikka keltirib qo‘yilgan. Bu doimiy armiyaga va 
haddan ziyod kengayib borayotgan byurokratik apparatga ketadigan harajat hisobiga yuz bergan.. 
Sud tizimining markazlashuvi kuchayib bo-rishiga qaramay, u arxaik va 
murakkab bo‘lib qola-verdi. Cherkov sudlari mustaqil sud tizimi hisoblangan, lekin 
ularning yurisdiksiyasi endi asosan cherkovning ichki masalalari bilan cheklangan. 
Maxsus ixtisoslashgan tribunallar: kommersiya, bank, admirallik va boshqa tribunallar 
ham mavjud edi. 
Qirollik sudlari tizimi juda chalkash bo‘lgan. XVIII asr o‘rtasida prevotliklardagi quyi sudlar tugatiladi. 
Balyajlardagi sudlar saqlanib qoladi, lekin ularning tarkibi va kompetensiyasi doimo o‘zgarib turardi. Parij parlamenti 
va boshqa shaharlardagi sud parlamentlari ilgarigidek muhim rol o‘ynardi. Bu vaqtda apelyatsion shikoyatlarning juda 
oshib ketishi munosabati bilan parlamentlarning ishini yengillashtirish maqsadi-da 1552 yilda chiqarilgan edikt bilan 
ancha yirik balyajlarda jinoyat va fuqarolik ishlarini ko‘rish bo‘yicha apelatsion sud tashkil etish nazarda tutilgan edi. 
Absolutizm davrida muntazam armiyani tashkil etish ishlari nihoyasiga 
yetadi. 
Bu o‘sha vaqtda Yevropadagi eng yirik markazlashtirilgan asosdagi armiyalardan biri 
edi. 
Bu vaqtda, shuningdek, doimiy qirollik floti ham tuzilgandi. 

Absolutizm davrida keng tarmoqli politsiya tashkil etildi. Provinsiyalarda, 
shaharlarda, yirik yo‘llarda va boshqa joylarda politsiya organlari tuzildi. 1667 yilda 
politsiya general-leytenanti lavozimi ta’sis etilib, unga butun qirollik miqyosida tartibni 
saqlab turish majburiyati yuklandi. Uning ixtiyorida ixtisoslashgan polit-siya bo‘limlari, otliq politsiya gvardiyasi, 
dastlabki tergovni olib boradi-gan sud politsiyasi mavjud edi. 
. General-leytenant umumiy politsiya (xavfsizlik politsiyasi) bilan bir qator-da, shuningdek, siyosiy 
politsiyaga ham boshchilik qilardi. Siyosiy polit-siya yashirin qidiruvning keng tarmoqli tizimidan iborat edi.. 
5. Fransiyada huquqning asosiy belgilari 
 
Fransuz huquqi tarixida G‘arbiy Yevropa o‘rta asrlar huquqining tipik 
belgilari o‘zining ancha to‘liq ifodasini topgandi. Huquqning muhim manbai odatlar 
hisoblangan. X asrga kelib Fransiyada Sali haqiqati va boshqa varvar qabilalarining 
odatlari harakat qilmay qo‘ygandi. Ularning o‘rniga feodal tarqoqlik sharoitlarida 
alohida mintaqalarning, senorlarning va hatto jamoalarning hududiy huquqiy 
odatlari (kutyumlar) keladi. Yirik feodal egaliklar (Normandiya, Anju, Bretan va boshqalar) doirasida ular juda xilma-
xilligi bilan ajralib turardi. Odatlar og‘zaki shaklda yuzaga keladi. Shu sababli Fransiyaning shimoli "yozilmagan huquq 
mamlakati" degan nom bilan yuritiladi. Odat huquqi mahalliy yoki mintaqaviy miqyosdagi muayyan hududda 
avloddan-avlodga o‘tib kelgan odatlarning tan olinishi asosida shakllangandi. Odat huquqining kuchi va nufuzi shu 
bilan belgilangan ediki, u feodal jamiyat hududiy jamoalarining haqiqiy ehtiyojlarini aks ettirib, qoida bo‘yicha, 
kelishuv asosida kelib chiqqan va davlat hokimiyatining zo‘ravonligiga butunlay aloqasi bo‘lmagandi. Shuning uchun 
kutyumlar garchi majburiy kuchga ega bo‘lsa ham, ko‘p hollarda ularga rioya qilish erkin edi. 
Normandiyada odat huquqining nisbatan to‘la to‘plami – Norman-diyaning katta kutyumi (1255 yilda) 
tuzilgan va sud amaliyotida foyda-lanilgan. Shu vaqtdan boshlab qirollik sudyalari va legistlar tomonidan yozilgan 
mahalliy odat huquqining qator xususiy yozuvlari paydo bo‘ladi. Shunday ilk yozuvlardan biri Per de Fonten tomonidan 
yozilgan "Do‘stga maslahat" (1253 yilda) hisoblanadi. Biroq o‘rta asrda Fransiyada mashhur va keng tarqalgan odat 
huquqi to‘plami - Bovezi kutyumlari (1283 yil atrofida yozilgan) bo‘lgandi. Uning muallifi qirollik balyasi Filipp de 
Bomanuar hisoblanadi. Bovezi kutyumlari garchi, avvalo, Klermont grafligi (Fransiyaning shimoli-g‘arbi) sud 
okruglaridan birining yozuviga tayangan bo‘lsa ham, Filipp de Bomanuar o‘z asarlarida boshqa sud okruglarining 
kutyumlariga havola qilib hamda kanonik va rim huquqining qator qoidalarini qo‘shib, odat huquqining ancha keng 
tafsilini berdi. To‘plam muqaddima va 70 ta bobdan iborat bo‘lib, garchi unda huquqiy material tizimga solinmagan va 
bir butun, yaxlit tarzda bayon qilinmagan bo‘lsa ham, huquqning turli masalalari (sud va sud jarayonining tashkil 
etilishi, turli toifadagi shaxslarning huquqiy holati, yer egaliklarining huquqiy rejimi va boshqalar) bo‘yicha katta 
miqdordagi kutyumlar mujassamlashtirilgan edi. Bovezi kutyumlari huquqiy odatlarni nafaqat mahalliy aholi uchun, 
balki davlat hokimiyati uchun ham qat’iyligi tamoyilini - "Qirolning o‘zi odatlarga amal qilishi va boshqalarni bu 
odatlarga rioya etishga majburlashi lozim"ligini mustahkamladi. 
Bovezi kutyumlaridan keyin shu kabi boshqa bir qancha to‘plamlar paydo bo‘ladi. Bular: Tuluza kutyumlari 
(1296 yilda), Bretanining qa-dimgi kutyumi (1330 yilda) kabilar edi. Ayniqsa, 1389 yilda tuzilgan Fransiyaning 
katta kutyumlar to‘plami sudlarda juda yuqori nufuzda foydalanilgan. 1454 yilda Karl VII maxsus ordonans chiqarib
barcha balyalarga o‘z balyajlaridagi kutyumlarning yagona to‘plamlarini ishlab chiqish va ularni umumlashtirish uchun 
Parij parlamentiga jo‘natish haqida buyruq beradi. Bu buyruq asosida XVI asrda 60 ta "katta" kutyumlar to‘p-lamlari va 
200 taga yaqin "kichik" kutyumlar to‘plamlari tuzilgan va tahrir qilingan edi. 

. U o‘z mavqeini asrlar davo-mida saqlab qolgan, biroq asta-sekin o‘ziga xos gallo-rim huquqiga ay-langan 
Sud tizimi
 
Armiya
 
Politsiya
 
Huquq 
manbalari
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə