70
nazarda tutilardi, shuning uchun qiynoqlar qo‘llash uchun bitta guvohning ko‘rsatmalari kifoya qilardi. Qiynoqlar
usulini qo‘llashdan asosiy maqsad "dalillar sarasi"ni, ya’ni ayblanuvchidan aybiga iqrorlikni olishga erishish edi.
Sud ishlari yopiq sud majlislarida ko‘rib chiqilardi. Bundan
tashqari, sudlarda ishni ko‘rishda tergov davomida
yig‘ilgan materiallar hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Shaxsan aybga iqror bo‘lishdan tashqari, ikkita "ishonchga
sazovor" guvohlarning ko‘rsatmalari, ayblanuvchining o‘z xat-lari, jinoyat sodir etilgan joyda tuzilgan bayonnomalar va
boshqalar ham ayblanuvchining aybini isbotlovchi to‘laqonli dalillar bo‘lib hisoblangan. Garchand 1670 yilgi ordonans
dalillarni oqlovchi va ayblovchi dalillarga bo‘lishni nazarda tutgan bo‘lsa-da, sud asosiy e’tiborni
aynan keyin-gilariga
qaratardi. Agar ayblovchi dalillar yetarlicha bo‘lmasa, sudya qo‘shimcha qiynovlar o‘tkazishga ko‘rsatma berishi
mumkin edi. XIII asrgacha hukmlar qat’iy hisoblangan va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas edi. Sudyalarning
qaroridan norozi bo‘lgan shaxs ularni sud to‘qnashuvlariga chaqirishi va navbatma-navbat ularning har biri bilan
urushishi mumkin bo‘lgan. Yuqori turuvchi syuzeren sudiga faqat "huquq-da xato bo‘lgan" holda
shikoyat qilish
mumkin edi.
XIII asrdan boshlab asta-sekin senorlik sudining har qanday qarori ustidan qirollik sudiga shikoyat qilish
huquqi tan olinadi. O‘z navbatida qirollik sudlarida ancha yuqoriroq turgan instantsiyaga apellyatsiya bilan murojaat
qilishga yo‘l qo‘yiladi. Vaqt o‘tishi bilan Parij parlamenti fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy apellyatsion sud
bo‘lib qolgan. Fransiyada, ayniqsa, inqilob arafasida ko‘p sonli apellyatsion instantsiya-larning mavjudligi sud
jarayonlarining uzoqqa cho‘zilishiga va juda qimmatga tushishiga sabab bo‘lardi.
71
GERMANIYA DAVLATI VA HUQUQI
(IX asrning o‘rtasi - XVIII asr)
1.
Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari.
2. Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» (X-XIII asrlar).
3. Germaniyada kurf-yuristlar oligarxiyasi va tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII-XVII asrlar)da
ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o‘zgarishlar.
4. «Knyazlik absolutizmi» davrida (XVII-XVIII asrlarda) Germaniya.
5. O‘rta asrlarda Germaniyada huquqning asosiy belgilari.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998.
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998.
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarihi. Samarqand.1992.
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996.
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996.
6. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ.
7. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ.
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., TDYuI..2003.2- qism
9. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.TDYuI..2005.2- qism
1. Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish
xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari
843 yilda Verden shahrida bo‘lgan taqsimotga muvofiq «Sharqiy Frank yerlari» - bo‘lg‘usi Germaniya
hududi
Ludovik Nemisga o‘tdi. Aslida bu yerlar bir necha qabilaviy knyazliklarning yerlari edi. Bu vaqtda mamlakatning
milliy birligi to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi. Gersogliklar shimoldan janubga qarab quyidagicha
tartibda joylashgan edi: Saksoniya, Frankoniya, Shvabiya (ilgarigi Allemaniya), Bovariya. Birmuncha keyinroq borib
g‘arbda joylashgan beshinchi bir gersoglik - Lotaringiya Fransiyadan tortib olindi va Germaniya tarkibiga kiritildi.
Shuningdek, qator fransuz, italyan va slavyan yerlari - Burgundiya,
Shimo-liy Italiya, Bogemiya, Avstriya va boshqalar
ham tez orada Germaniyaga qo‘shib olindi. Shu tariqa vaqtincha nisbatan yagona Germaniya qirolligi tashkil topdi.
Dastlab bu qirollik «Sharqiy franklar qirolligi», X asr o‘rtalarida esa Tevtonlar davlati deb atalgan. Bu davlat keyinroq -
XI asrdan Germaniya deb yuritila boshlandi.
O‘rta asrlarda Germaniya davlati va huquqining tashkil topishi va rivojlanishida, shuningdek, german
feodalizmining o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin
34
:
1. Germaniya davlati urug‘doshlik tuzumining yemirilishi natijasida paydo bo‘lmasdan, balki o‘rta
asrlarda
feodalizmni o‘z boshidan kechi-rayotgan davlat - franklar davlatining inqirozi (bo‘linib ketishi) natijasida, uning bir
qismida tashkil topdi.
2. Germaniyada jamoa - marka slavyanlar va franklardagiga nisbatan ancha turg‘un bo‘lib, dehqonlarni
qaramlikka tashlash jarayoni ancha uzoq vaqtga cho‘zilgan.
3. Germaniyada tovar-pul munosabatlarining barvaqt rivojlanishi ishlab chiqarishning natural xarakterini
birdaniga buzib tashlamadi. Ger-man knyazliklarining notekis iqtisodiy rivojlanishi sezilib turdi.
Lekin bu yerda
feodalizm sust rivojlangan bo‘lsa-da, XI-XII asrlarda jamiyatning feodallashish jarayoni nihoyasiga yetib, asosiy sinflar
- yer egalari va ular-ga qaram dehqonlar shakllangan edi.
4. Ijtimoiy tuzumi bo‘yicha Germaniya aholisi juda tabaqalashib ketgan edi. Masalan, hukmron tabaqa -
ritsarlarning
35
o‘zi 7 ta darajada turardi.
5. XIV asrga kelib, agarda Angliya va Fransiya davlatlarida siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashuv ro‘y
berayotgan bo‘lsa, Germaniyada buning teskari jarayoni - siyosiy tarqoqlik kuchayayotgan edi. Buning asosiy sababi
Germaniyada o‘ziga xos tabaqa-vakillik hokimligining vujudga kelganligida edi. O‘rta asrlarda Germaniya davlatining
tashkil topishi va rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
6. Ilk feodal monarxiyasi davri (X-XIII asrlar).
7. Kurfyurstlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV-XVII asrlar).
34
Bu haqda qarang: Muqimov Z. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. Qadimgi dunyo hamda o`rta
asrlar davlati va huquqi tarixi.I qism. O`quv qo`llanmasi.–
Samarqand SamDU nashri, 1992.-99-100-
betlar.
35
Ritsar – nemis tilidan olingan so`z bo`lib, o`rta asrlar Yevropasida harbiy-dvoyanlar tabaqasiga mansub
bo`lgan feodal, og`ir qurollangan jangchi. Ritsarlar dubulg`a va sovut kiyganlar, ularning otlariga ham sovut
kiydirilgan. Jang vaqtida ikki tomonlama tig`li qilich va nayzadan foydalanganlar.