“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92

 
68
edi. Gallo-rim huquqi Yustinianning Vizantiya kodifikatsiyasiga emas, Feodosiya qonunchiligining soddalashtirilgan 
naqllari (rivoyatlari) ga va vestgot qiroli Allarik tomonidan tuzilgan rim huquqining varvarlash-gan to‘plamiga 
tayanadi. Fransuz yuristlari bunda qadimgi matnlardagi so‘z yoki iboralar sharhini, izohini berish metodlaridan 
foydalanib, rim hu-quqining ushbu yodgorliklarini sharhlagan va o‘z faoliyatlarini glossator-larning mashhur italyan 
maktabini tashkil etishgacha kengaytirib yuborgan edilar.  
Huquqning muhim manbalari qatoriga mamlakatning butun hududida teng darajada harakatda bo‘lgan 
kanonik huquq me’yorlari ham kirgan. Cherkovning o‘z ichida foydalanishi uchun xususiy yuridik tizimini tashkil 
etish huquqi Rim imperiyasida va franklar monarxiyasida ham tan olingan-di. Ana shu yerdan Fransiyaga kanonik 
huquq o‘tib kelgan. Kanonik hu-quq o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga XII-XIII asrlarda chiqqandi. Bu vaqt-da cherkov 
tribunlarining kompetensiyalari kengayib, ular ham diniy, ham dunyoviy aholi ustidan o‘z yurisdiksiyalarini 
kengaytirganlar. Keyingi asr-larda qirol hokimiyatining o‘z sud vakolatlarini mustahkamlash uchun olib borgan kuchli 
kurashi davomida Fransiyada kanonik huquqning harakat doirasi qisqara boshlagan. 1539 yilgi qirollik ordonansi 
cherkov sudlari-ning kliriklar (butxona xodimlari, ruhoniylar)ga emas, dunyoviy shaxslar-ga tegishli ishlarni ko‘rishini 
taqiqlagan. Bu vaqtga kelib qirol qirollikda tanho hokimiyatni amalga oshiradi, degan qoida o‘rnatilgan, shuning uchun 
rim papalarining dekretlari va cherkov yig‘inlarining qarorlari fran-suzlar uchun majburiy bo‘lmagan. Absolutizmning 
tashkil topishi davrida qirolning vakolatlari doirasiga kanonik huquq me’yorlariga majburiylik (qonun) kuchini berish 
huquqi ham kiritilgan. Oxir oqibatda Fransiyada kanonik huquq harakati asosiga quyidagi tamoyillar qo‘yilgan. 

O‘rta asrlarda shahar huquqi ham katta ahamiyatga ega edi. Unga o‘ziga xos odat huquqi sifatida qaralgan. 
Shahar huquqi o‘zining xilma-xilligi bilan ajralib turgan, lekin uning umumiy belgilari ham bo‘lgandi. Shahar 
huquqining asosiy manbai shahar xartiyalari hisoblangan. Shahar xartiyalari me’yoriy xarakterga ega bo‘lib, shahar 
aholisining qirol bilan yoki alohida senorlar bilan kelishuvini aks ettirgan. Xartiyalarda va ularga asoslangan 
shaharlarning ichki reglamentlarida tinchlikni va tartibni saq-lash nazarda tutilgan, feodal odat huquqi bilan himoya 
qilinmagan fuqaro-larning muhim huquq va erkinliklari (shaharliklarning yashash va mulk huquqi,
 
turar-joy daxlsizligi 
va boshqalar) tan olingan, savdo, hunar-mandchilik faoliyati tartibga solingan. 
. Qirol ho-kimiyatining mustahkamlanib borishi bilan boshqa huquq manbalari ichida qirollarning qonun 
hujjatlari: nizomlar, ordonanslar, ediktlar, buyruqlar, deklaratsiyalar va boshqalar juda muhim o‘rin egallagan. Filipp 
Chiroyli-dan boshlab (XIII asr oxiri - XIV asr) qirol hujjatlari ko‘proq ordonanslar deb atala boshlandi. XVII asrning 
ikkinchi yarmigacha qirol qonunchiligi tizimga solinganligi va undagi materialning guruhlashtirilmaganligi bilan ajralib 
turmadi. Ordonans ko‘pincha bir necha sohani o‘z ichiga olgan. O‘rta asrlarda fransuz huquqining qo‘shimcha va 
nisbatan uncha ahamiyatga ega bo‘lmagan manbai sifatida parlamentlarning,  ayniqsa,  Parij parlamentining sud 
tajribasi maydonga chiqadi. Ko‘pgina masa-lalar, xususan, kutyumlarni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, alo-
hida ishlar yuzasidan chiqarilgan parlament qarorlari me’yoriy-majburiy kuchga ega edi. 
Fransiyada huquqning feodal asosi shunda yaqqol ko‘rinadiki, huquq 
dvoryanlar va ruhoniy-larning yerga nisbatan qat’iy imtiyozlarini 
mustahkamlaydi. XII asrga kelib erkin dehqonlar yer egaligi va boshqa 
shakllardagi allod egaliklar to‘liq yo‘qolib ketgandi. Feod asosiy va yagona yer 
mulkchiligi sifatida o‘rnatilgandi.  

XIII asrdan boshlab senziva  dehqonlarning yerga egalik qilishining 
asosiy shakli bo‘lib qoladi. Senziva egasi shaxsiy majburiyatlardan ozod etilib, yerni tasarruf etishda katta erkinlik oldi. 
Biroq dehqonlarning yerga nisbatan huquqi ilgarigidek senorning yer egaligi huquqining hosilasi sifa-tida ko‘rilardi. 
Shuning uchun ham dehqon xo‘jaligi turli feodal yig‘im-larni yelkasida og‘ir yuk sifatida ko‘tarib turishga majbur 
etilgan edi. 
Feodal xo‘jalikning mahdudlilik xarakteri va mamlakatning hududiy 
tarqoqligi uzoq vaqtgacha tovar-pul munosabatlarining va demak, shartnoma 
huquqining rivojiga to‘sqinlik qilardi. Biroq o‘rta asrning so‘nggi bosqichi davrida va 
kapitalizm vujudga kelishi arafasida ham, garchi shartnoma munosabatlari keng 
tarqalgan bo‘lishiga qaramay, u o‘zida feodalizm qoldiqlarini saqlab qolgan edi. 
O‘rta asrlarda Fransiya huquqida qarz shartnomasi muhim o‘rinni 
egallagan. XII-XIII asrlardagi bir qator qarz hujjatlarida qarz shart-
nomasining rimcha formulasi (mituum) dan foydalanilgan, lekin u keng 
tarqalmagan edi. Kanonik huquq qarz uchun foyizlar olishni taqiqlardi. Biroq 
Fransiyada bu vaqtda eng yirik qarz beruvchi cherkov bo‘lganligi sababli, 
uning o‘zi bunday taqiqni chetlab o‘tish yo‘lini topgan. Ba’zi hollarda 
qarzdor kreditorga oldindan ma’lum summani (qarzga olgan summasining 25 
foizigacha) to‘lar va bu foiz hisoblanmasdi. Boshqa hollarda qarzdor o‘z 
zimmasiga kreditorga daromadning ma’lum qismi ko‘rinishida belgilana-digan renta to‘lash majburiyatini olardi. Vaqt 
o‘tishi bilan qarz shartnoma-sida yerlarni garovga qo‘yish tez-tez qo‘llanila boshlanadi. Bunga ko‘ra, qarzdor yer 
uchastkasini garovga qo‘yar, bunday yer uchastkasidan olin-gan daromad kreditorga kelib tushar va bu esa qarzni 
to‘lashda hech qanday hisobga olinmas edi. 
O‘rta asrlarda Fransiya huquqining feodal xarakteri, shuningdek, savdo va ishlab chiqarish faoliyatining har 
tomonlama siqib, cheklab qo‘yilishida ham namoyon bo‘ldi. Bu qirol xartiyalari va shahar huquqi me’yorlarida shahar 
Majburiyat 
huquqi
 
Ishlab 
chiqarish va 
savdoning 
davlat 
Feodallarnin
g yerga 
egalik 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə