Mundarija: Kirish I bob. 1894-1895 yillardagi yaponiya va xitoy urushi



Yüklə 70,51 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü70,51 Kb.
#133461
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xitoy Afyun urushlari davrida


Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………2
I bob. 1894-1895 yillardagi yaponiya va xitoy urushi…………………………..4

1.1. Birinchi xitoy-yaponiya urushi mojarolar davri……………………………….4


1.2. XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning oxirilarida xitoyning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy ahvoli…………………………………………………………13
II bob. Afyun urushi: kelib chiqishi, sabablari va oqibatlari………………….15
2.1. Birinchi afyun urushi (1840-1842 yy.)………………………………………..15
2.2. Ikkinchi afyun urushi (1856-1860 yy.)……………………………………….20
Xulosa……………………………………………………………………………..23
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………24


Kirish
1628-1645 yillardagi dehqonlar urushi Xitoyda feodal tuzumni mustahkamladi. XVII asrning 20-30 yillarida Shimoliy Xitoyda qudratli dehqonlar urushi boshlanib u 15 yildan ko'proq vaqt davom etdi. 1644 yilda imperiya poytaxti 92 Pekin qo'zg'olonchilar tomonidan olinib, Min sulolasi taxtdan agdarildi. Natijada Xitoyning shimoliy va markaziy viloyatlarida feodallar yer mulklaridan, imtiyozlaridan mahrum qilinib, ularning ko'pchiligi qirgin qilingan. Ana shunday bir vaqtda Xitoy feodallari manjur knyazlariga yordam so'rab murojaat qildilar. Lyaodun yarim orolining shimoliy qismida yashagan manjur qabilalari Min imperiyasining vassali edilar. 1644 yilda Xitoy armiyasining qo'mondoni U Sanguy manjurlarga vassal tushib, ularga buysunganligini ma'lum qilgach, manjur qo'shinlari Pekinni egallab, Xitoyda manjurlarning Sin sulolasi (1644-1912) hukumronligiga asos soldilar. Tahtga Nurhachining nabirasi Shi Tszu Shin Chji nomi bilan tahtga chiqdi. Faqat 1681 yildagina manjurlar butun Xitoyda o’z hukmronliklarini o’rnatdilar.
Manjur bosqinidan so'ng Xitoyning ijtimoiy iqtisodiy tuzumida sezilarli o'zgarishlar yuz bermadi, Xitoy avvalgidek agrar mamlakat bo'lib qolaverdi. Min sulolasining hukumronligidagi kabi Xitoyda ishlov beriladigan yerlar amaldorlar va fuqaro yerlari kabi 2 ta toifaga bo'lingan. Fuqaro yerlari ishlov beriladigan yerlarning 3\4 qismini tashqil etgan. Xitoy qishlog'ining ijtimoiy iqtisodiy hayoti asosini o'zaro qarindoshchilik aloqalari bilan bog'langan, yerga jamoa bo'lib egalik qiladigan qishloq jamoalari tashkil etadi. Bundan tashqari jamoada alohida individual tarzda yerga egalik qilish ham mavjud bo'lib, oldingisidan farqli holda bu yerlarni sotish yoki ijaraga berish mumkin bo'lgan. Qishloqni ekspulatatsiya qilishning asosiy ko'rinishi ijara chorakorlik bo'lib, ijara haqi hosilning 30% - 70% miqdorida olingan. Manjurlar avvalgi soliq tizimini saqlab qolgan holda soliqlarni 30-50 % gacha qisqartirdilar. Qishloqlar o’n, yuz va ming honadonga bo’linib, oqsoqol va sardorlar tomonidan boshqarilgan. O’nta honadondan bitta jamoani tashkil qilgan. Dehqonlar hech qanday huquqlarga ega bo’lmaganlar.XVIII asrda millionlab dehqonlar ochlikdan o’lganlar. Yerlarning bir qismi imperatorga, uning yaqin qarindoshlariga, manjur aslzodalari va zobitlariga tegishli bo'igan. Davlat yer egaligining bir turi chegaradagi harbiy punktlarga tegishli bo'lib, ulardan keladigan daromad harbiy garnizonlar ta'minotiga sarflangan.

Yüklə 70,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə