Mundarija: Kirish I bob. 1894-1895 yillardagi yaponiya va xitoy urushi


Ikkinchi afyun urushi (1856-1860 yy.)



Yüklə 70,51 Kb.
səhifə8/9
tarix28.11.2023
ölçüsü70,51 Kb.
#133461
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xitoy Afyun urushlari davrida

2.2. Ikkinchi afyun urushi (1856-1860 yy.).
Taypinlar qo'zg'olonining kuchayishi va ushbu qo'zg'olonni bostirish uchun hukumat tomonidan bo'lgan urushlardagi muvaffaqqiyatsizliklar, Xitoyni mustamlakaga aylantirish uchun harakat qilayotgan Yevropa davlatlarini tashvishga soldi. Xitoyda yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy-siyosiy ahvolda o'zlarining mavqeini mustahkamlash yolida foydalanmoqchi bo'lgan Angliya, Frantsiya va AQSh 1854 yilda Sinn hukumatiga yangi talablar qo'ydi. Sin hukumati bu talablarni rad etdi, biroq, Qrim urushi (1853-1856y.y.) davom etayotgan bir vaqtda mazkur davlatlar Xitoyga qarshi urush harakatlarini boshlashga jazm qilmadilar. Xitoyga qarshi urushni 1856 yilda Angliya boshladi, biroq keyinroq urushga Frantsiya ham qo'shildi.
Bu urush Xitoy tarixida «ikkinchi afyun urushi» nomi bilan ma'lum. Harbiy jihatdan ustunlikka ega bo'lgan ittifoqchilaming qo'shini 1858 yil iyunida Sinn hukumalini sulh shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Tyantszinda imzolangan anglo-xitoy, franko-xitoy shartnomalariga ko'ra har ikkala davlat poytaxt Pekinda o'zlarining doimiy vakolatxonalariga ega bo'lish, ingliz va Frantsuz fuqarolari Xitoyda erkin faoliyat yuritish, Yantszi daryosi bo'ylab savdo qilish huquqlarini ko'lga kiritdi. Soliq va to’lovlar miqdori yanada pasaytirildi, afyun savdosiga rasmiy ravishda ruxsat berildi. Xitoy Angliya" va Frantsiyaga tovon to’lash majburiyatini oldi.
1858 yili Rossiya va Xitoy o'rtasida Aygun shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga muvofiq Amur o'lkasi masalasi bo'yicha bu 2 davlat kelishib oldi. Amur daryosining so'l qirg'og'i Rossiya ixliyoriga o'tdi. Garchand, Rossiya va AQSh afyun urushlarida qatnashmagan bo'lsalarda Tyantszinda rus-xitoy, Amyerika-xitoy shartnomalari imzolanib, bar ikkala davlat ham Xitoyda o'z huquqlarini kengaytirishga erishdilar. Shunday qilib, Tyantszin shartnomalari Xitoyni yarim mustamlakaga aylantirishda navbatdagi qadam bo'ldi. Sin hukumati bu bitimlarni ratifikatsiya qilishni paysalga sola boshladi. Bunga javoban Angliya va Frantsiya 1860 yilning iyunida Xitoy shimolida yangidan harbiy harakatlarini boshladi. Tyantszin egallanib, uning aholisi qirg'in qilindi, u erda zo'rlik va talonchilik hukmron bo'ldi. Hashamati bilan mashhur bo'lgan Xitoy impyeratorining yozgi saroyi anglo-Franlsuz askarlari tomonidan vaxshiylarcha talandi va keyin yoqib yuborildi.
1860 yil Sinn xonadonining vakili knyaz Gunn Anglo va Frantsuz vakillari bilan lyantszin shartnomasining shartlarini takrorlovchi Pekin konventsiyasini imzoladi. Bundan, tashqari Xitoyga 16.7 mln. lyan tovon to'lash majburiyati yuklandi. Bu ikki davlat Xitoydan qullarni olib kelib sotish uchun rasmiy ravishda ruxsatnomaga erishdilar. Ikkinchi afyun urushining asosiy natijasi bu Xitoyni asoratga solinishini kuchayishi bo'ldi. Urush natijasida kapitalistik davlatlar Xitoyning ichki rayonlariga kirish va Pekin hukumatiga o'z ta'sirini o’tkazish kabi imkoniyatlarga ega bo'ldiiar. Biroq, Tyantszin va Pekin shartnomalarining bajarilishiga taypinlar harakati to'siq bo'lmoqda edi.
Xulosa.
Afyon urushi davrida Xitoyning siyosiy va iqtisodiy tizimida katta o'zgarishlar bo'lishi kerak edi. Bu o'zgarishlar esa, Xitoyning dunyo siyosatidagi o'rni va rivojlanishi uchun muhim edi. Britaniya imperiyasi opium sotishini boshlaydi va bu sotishni qabul qilmay qolishi sababli urush boshlandi. Xitoyning siyosiy tizimi esa, bu urushga qarshi kuchli kelmaydi. Bu sababli, Xitoyning siyosiy tizimida katta o'zgarishlar kiritish lozim edi.
Xitoyning siyosiy tizimida katta o'zgarishlar kiritish uchun, kurs ishi yo'lga qo'yildi. Bu kurs ishining asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat edi:
1. Xitoyning siyosiy tizimida mustaqil davlatlararo munosabatlar tuzilishi;
2. Xitoyning iqtisodiy tizimida kapitalist tizimni qabul qilishi;
3. Xitoyning milliy siyosati va milliy iqtisodiyati rivojlanishi;
4. Xitoyning yirik iqtisodiy tashkilotlarga kirishi va ularga ishonchli investor bo'lishi;
5. Xitoyning xalqaro siyosati va iqtisodiy tizimi rivojlanishi;
6. Xitoyning siyosiy va iqtisodiy tizimida yangiliklar, innovatsiyalar va texnologiyalar kiritilishi.
Xitoyning siyosiy va iqtisodiy tizimida katta o'zgarishlar kiritishda muhim bo'lib, bu o'zgarishlar Xitoyning dunyo siyosatidagi o'rni va rivojlanishi uchun zarur edi. Bu urush va uning natijalaridan o'qib chiqish, Xitoyning rivojlanishi va dunyo siyosatida o'zining o'rni haqida tushuncha berish uchun muhimdir.

Yüklə 70,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə