Mundarija: Kirish I bob. 1894-1895 yillardagi yaponiya va xitoy urushi


XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning oxirilarida xitoyning



Yüklə 70,51 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü70,51 Kb.
#133461
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xitoy Afyun urushlari davrida

1.2. XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning oxirilarida xitoyning
ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy ahvoli.
Xitoy o'zining siyosiy tuzumiga ko'ra mustabid tizimiga asoslangan bo'lib, yakka hukmdor bog'dixon cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lgan. Imperatorning qonun chiqaruvchi hokimiyati imperalor kotibiyati va harbiy kengashdan iborat ikkita maslahat organidan iborat bo'lgan. Mamlakat ma'muriy jihatdan 18 ta provintsiyalarga bo'lingan va ularni gubernatorlar boshqargan. Har bir provintsiyada 10 tadan viloyatlar bo’lib, viloyatlarda esa 1,5 mingga yaqin yezdlar bo'lgan. XVIII asrning oxirlarida Xitoyning mazkur 18 ta provinlsiyalarida 300 mln. ga yaqin aholi yashagan. Shaharlar manjurlar davrida talon taroj qilindi,avvalgi ahamiyatini yo’qotdi.Manjurlar shaharlarni ko’proq o’zlarining tayanch punktlariga aylantirdilar. Manjurlar savdo va hunarmandchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qildilar.Keyinchalik mamlakat boshqaruvi va savdo, hunarmandchilikni o’z nazoratlariga oldilar.Konlardan 3/5 hajmida soliq olina boshlandi. Manjurlar Konfutsiylik ta’limotini davlat mafkurasiga aylantirdilar. Davlat boshqaruvida patriarhal boshqaruvni mustahkamladilar. O’zidan kattaga itoat etish, eski urf odatlar va ananalarga qatiy amal qilishga asoslangan avtoritar davlat boshqaruvini vujudga keltirdilar. Tsin sulolasi shomoniylikka e’tiqod qilsalarda buddaviylik, daosizm, musulmon dinlaridan davlatni boshqarishda keng foydalandilar.
Tsin hukumati 1755-1757 yillarda Xitoyning shimoli-g'arbidagi Jung'or va 1757-1759 yillarda esa Qoshg'ar xonliklarini bosib olinib, Sinszyan viloyatiga aylantirildi. 1768-1769 yillarda juda katta harbiy yo’qotishlar evaziga Birmada, 1788-1789 yillarda Ve'tnamda Xitoy hukmronligi o'rnatildi. Bosqinchilik yurushlari natijasida XVIII asrning oxirlariga kelib, Xitoy territoriyasi ancha kengaydi. Biroq harbiy yurushlarni uyushtirish. bosib olingan yerlarda qo'zg'olonlarni bostirish hukumatdan katta harajatlarni talab qildi. Natijada yangi soliqlar joriy qilindi. eskilarining miqdori oshirildi. Xitoy aholisi juda tez ko'payib bordi va XIX asr o'rtalariga kelib mamlakat aholisining soni 400 mlnga.yetdi. Natijada aholining turmush darajasi yomonlashib, joylarda isyon, qo'zg'alon ko'rinishidagi hukumatga qarshi xalqning norozilik harakatlari avj oldi.
Xitoy Yaponiya, Rossiya, Angliya, Frantsiya va Gollandiya bilan qizg’in savdo –sotiq aloqalarini olib bordi.1719 yili Kanton shahrida birinchi ingliz savdo faktoriyasi ochildi. Ninbo shahrida frantsuz savdo faktoriyasi ochildi. 1784 yilda birinchi AQSH kemasi Xitoyga keldi.1716 yilda chet elliklarni Xitoyga kelishi cheklandi. 1724 yilda 300 ta xristian cherkovi yopildi, barcha missionerlar Xitoydan chiqarib yuborildi. 1757 yilda imperator Tsinlun Kantondan boshqa barcha portlarga chet elliklarni kirishini ta’qiqladi.


Yüklə 70,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə