1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə1/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Dunyo va respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari, uni saqlash va qayta ishlash tarixi

Reja:



1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish

tendensiyalari

2. Don va don mahsulotlari saqlanishning tarixiy bosqichlari


3. Elevator va omborxona turlari

4. Donni qabul qilish sifat ko’rsatkichlari bo’yicha joylashtirish

va saqlashni tashkil etish texnologik qoidalari

5. Don massasini saqlash usullari va tartibi

6. Don saqlashning innovatsion texnologiyasi




1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish

tendensiyalari


Bugungi kunda dunyoda insoniyat tomonidan yechish kerak bo’lgan global muammolar o’z yechimini kutmoqda, xususan insoniyatni tashvishga soladigan, dunyo hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlarga, insoniyatni tabiatga bo’lgan munosabatlari, tabiiy resurslardan foydalanishni birgalikda hal qilish muammolari dolzarb bo’lib qolmoqda.
Dunyo hamjamiyati oldidagi eng muhim muammolaridan biri, bu oziq-ovqat muammosi. Sayyoramiz aholisining barqaror rivojlanishi uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi sifatida namoyon bo’ladi. Dunyoda oziq-ovqatga bo’lgan talab, parallel ravishda narx oshib bormoqda. Shuningdek, narxlarning ko’tarilishi dunyoning ko’plab mintaqalarida kuchli qurg’oqchiliklarni sodir bo’lishi bilan bog’liq. So’nggi o’n yil ichida dunyodagi ko’pgina mamlakatlar bir necha bor oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirdilar.
2005–2009-yillarda bug’doy va makkajo’xori uch baravar, guruch esa besh baravar qimmatlashdi. Natijada, yigirmadan ortiq mamlakatlarda oziq-ovqat bilan bog’liq tartibsizliklar yuz berdi,75 milliondan ortiq kishi qashshoqlik chegarasidan past bo’lgan sharoitda kun kechirmoqda. 2008-yilda oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin ko’tarilib, Gaitidan Bangladeshgacha bo’lgan oraliqdagi mamlakatlarda oziqovqat tartibsizliklari kelib chiqdi. Dunyodagi och odamlar soni allaqachon 1 milliard kishidan oshib ketgan. 2010-yilda 2009-yilga nisbatan katta miqdordagi hosil yig’ilganiga qaramay, jahonda g’alla narxi deyarli 80 foizga oshdi. 2012-yilda donli mahsulotlar narxi tez ko’tarilib, 2010-yil darajasidan oshdi.
Butunjahon oziq-ovqat tashkiloti statistika portalining ma’lumotlariga ko’ra, 2020-yilga kelib, dunyoda 750,0 million tonnadan ortiq bug’doy yetishtirilgan. Oxrigi o’n yillik mobaynida g’alla yetishtirishda o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Lekin o’sish tendensiyalarini mavjudligiga qaramay muammolar ham yo’q emas. Ushbu o’zgarishlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun noqulay bo’lgan iqlim sharoitining o’zgarishi bilan bog’liq (masalan, Yevropada g’ayritabiiy qurg’oqchilik, AQSH va Rossiyada 2010-yilda, Avstraliyada mavsumiy bo’lmagan yomg’irlar), donli ekinlarni yetishtirishga ta’sir qiluvchi tashqi omillar (masalan, moliyaviy inqiroz 2007–2008), bir qator mamlakatlarda (Braziliya, AQSH, G’arbiy Yevropa davlatlari) g’alla maydonlarining kamayishi bilan, shuningdek ko’plab uchinchi dunyo mamlakatlarida tuproqning ommaviy eroziyasiga bog’liq bo’lmoqda.


Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə