1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari


-rasm. Dunyo miqyosida bug’doy yetishtirish hajmi



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə2/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-rasm. Dunyo miqyosida bug’doy yetishtirish hajmi.
Bug’doy ishlab chiqarish dunyoning barcha mintaqalari iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Texnologiyalar rivojlanmoqda va don ishlab chiqarishni ko’paytirish, shuningdek yerdan intensiv foydalanishning yangi usullari yaratilmoqda. Texnologik taraqqiyot va yerdan oqilona foydalanish tufayli 2020-yilga kelib, bug’doy ishlab chiqarish 38,0 % (110 million tonna) oshdi.
2000–2020-yillar davomida bug’doy yetishtirish bo’yicha yetakchi Osiyo davlatlar hisoblanadi (43,40% yoki 311,2 million tonna). Asosiy qismi Xitoy va Hindiston tomonidan ishlab chiqariladi (jahon ishlab chiqarishining 30,3%). Qulay iqlim sharoiti aholi sonining ortishi bilan birgalikda (Xitoy va Hindistonning umumiy aholisi butun sayyoramiz aholisining taxminan 37 foizini tashkil qiladi) qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etishi talab etiladi.
2020-yilda Yevropa bug’doy yetishtirish bo’yicha ikkinchi o’rinda (21,3 % yoki 183,5 million tonna), uchinchi o’rinda Amerika (15,3 % yoki 110,8 million tonna). Amerika va Yevropada yuqori ishlab chiqarish hajmlariga zamonaviy texnologiyalarni keng qo’llash, yangicha boshqarishni joriy etish, naslchilikdagi muvaffaqiyat va o’g’itlarni mo’l-ko’l ishlatish orqali erishildi, bu esa ekilgan maydonlarni kengaytirmasdan (va ba’zan ularni kamaytirmasdan) yig’ib olinadigan mahsulotlar miqdorini ko’paytirishga imkon beradi. Bug’doy yetishtirish bo’yicha AQSH (7,6%), Rossiya (8,2%), Fransiya (5,3), Germaniya (3,8) va Kanada (4,0%) yetakchi mamlakatlar hisoblanadi.
M amlakatlar miqyosida don yetishtirish strukturasi 729,0 mln tonna uchun
2-rasm. Dunyo mamlakatlarida bug’doy yetishtirish ulushi.
Dunyo bo’ylab bug’doy zaxiralarining eng past ulushi Afrika va
Okeaniyaga (boshqa mintaqalarga nisbatan) tegishlicha 2,44% (14,2 million tonna) va 3,8% (22,4 million tonna)ga to’g’ri keldi. Ushbu mintaqalarda qurg’oqchilik iqlimi qishloq xo’jaligi uchun noqulay hisoblanadi, bu mintaqalarda ko’pincha intensiv dehqonchilik tizimi qo’llaniladi, g’alla ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun asosiy e’tibor bular: urug’chilik, sug’orish, zararkunandalarga qarshi kurash, agrotexnik texnologiyalarga rioya etish chora-tadbirlarni qo’llashni talab qiladi.
2020-yilga kelib, don yetishtirish hajmi dunyo bo’yicha ortishi kuzatildi. Bug’doy yetishtirish bo’yicha Osiyo birinchi o’rinni saqlab qolib, uning ulushi 43,4 foizni (311,2 million tonna) tashkil etadi. 2010–2020-yillar Osiyo 3,9 foizga o’sdi. 2020-yilga kelib Yevropa jahon ishlab chiqarishidagi ulushini biroz pasaytirdi (- 2,06%), ammo ishlab chiqarish hajmi 12 million tonnaga oshdi. Amerika, hanuz 3o’rinda: ushbu mintaqa ishlab chiqarishni 2,72%ga (2,1 million tonna) qisqartirdi. Afrikada va Okeaniyada (global ishlab chiqarishga nisbatan) yuqori bo’lmagan ishlab chiqarish o’zgarishlari sodir bo’ldi. Ushbu mintaqalarda ishlab chiqarish 1,25 foizga (10 million tonnadan ortiq) va 0,70 foizga (7,9 million tonna) oshdi. Agar 2010–2020-yillarda Afrika va Okeaniyada bug’doy ishlab chiqarishni ko’rib chiqsak, Afrika ishlab chiqarishni deyarli ikki baravarga, Okeaniya esa deyarli 1,5 baravarga oshirdi. Bu innovatsiyalar (zamonaviy texnologiyalar, yanada samarali boshqarish) va investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, bug’doy ishlab chiqarishni kapitallashtirishdan dalolat beradi. Bug’doy bozoridagi vaziyat barqaror bo’lib, ishlab chiqarishning nisbiy ulushlarida deyarli o’zgarishlar bo’lmadi, demak, dunyodagi biron-bir mamlakat ushbu qishloq xo’jaligi mahsulotiga ixtisoslashgan emas.
Ishlab chiqarishning muhim ko’rsatkichlaridan biri, bu konsentratsiya koeffitsiyenti. Ishlab chiqarish konsentratsiyasi darajasini tahlil qilishda birinchi navbatda bug’doy ishlab chiqaradigan mamlakatlarning soni va ularning umumiy sonidagi ulushi aniqlanadi.
FAO statistik portalining ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda 125 mamlakatda bug’doy yetishtiriladi. Bug’doy yetishtirishning 10 ta yetakchi davlatlari 69,71%ni, qolgan 115 ta mamlakat esa yalpi hosilning 30,29%ni tashkil etdi.
Ushbu 10 ta yetakchi mamlakat ulushini birinchi 3 ta (Xitoy, Hindiston, Rossiya; ular 10 ta yetakchi mamlakat ishlab chiqarishining taxminan 55–56%ni ishlab chiqaradi). Shuni ham ta’kidlash kerakki, eng yirik ishlab chiqaruvchilar dunyoning ko’plab mintaqalarida tarqalgan bo’lsa-da, aksariyat mamlakatlar Osiyoda joylashgan (tanlangan 10 ta mamlakatdan 4 ta mamlakat). Bunga ushbu mamlakatlarda aholining ko’pligi, qulay agroiqlim sharoiti, shuningdek katta ekin maydonlari sabab bo’ladi.
2015-yildan 2025-yilgacha bo’lgan davrda 10 ta eng yirik mamlakatlarning global ishlab chiqarishdagi ulushining o’zgarishi kutilmoqda. O’n yillik mobaynida ishlab chiqarish konsentratsiyasining o’sishi kuzatildi: o’n yillik davr boshida yetakchi davlatlarning ulushi
69,71% ni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 69,30% o’n yillik oxrida saqlanib qolinishi kutilmoqda va bu ishlab chiqaruvchilarning bozorni monopoliyalashtirishga bo’lgan intilishidan dalolat beradi. Xususan, bu Osiyo mamlakatlariga taalluqlidir, ular birgalikda o’z ulushini 1,65 foizga oshirgan. Shunga qaramay, hatto 10 ta eng yirik ishlab chiqaruvchilar ulushining (0,59%) biroz o’sishini hisobga olgan holda ham bozor ancha barqaror, chunki yetarlicha uzoq vaqt davomida o’zgarishlar juda katta emas. Va bu yana bironta ham ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bug’doy ishlab chiqarishga ixtisoslashmaganligini tasdiqlaydi.

Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə