1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə9/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Biologik

Mexanik

Nafas olish.
Donning unishi.
Mikroorganizmlarning rivojlanishi.
Hasharot va kanalarning rivojlanishi.
O’z-o’zidan qizish.
Kemiruvchilar ta’siri.
Qushlar ta’siri.

Shikastlanish. Changish.
To’kilish.

Ikkinchi masala – boshoqli don va don mahsulotlarini sifatini pasaytirmasdan saqlash. Saqlash amaliyotida boshoqli don va tayyor mahsulotlar hamda urug’ sifatining pasayishi holatlarini saqlash jarayonini noto’g’ri tashkil etish va bu xomashyoni saqlash davomida yetarlicha nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi.
Uchinchi masala – saqlash mobaynida, boshoqli donlarni va mahsulotlari sifatini oshirish. Boshoqli donlar sifati va ularni saqlash eng avvalo ularni yetishtirish agrotexnik omillariga bog’liq. YAxshi agrotexnik usulda yetishtirilgan, to’la to’liq pishgan donlar sifatli saqlanadi. Bundan tashqari, don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash uchun ularga joylashtirishdan oldin ishlov beriladi. Buning uchun don barcha begona turdagi aralashmalardan tozalanadi. Don va don mahsulotlari namligi davlat standartida belgilangan ko’rsatkichga keltiriladi.
Don va don mahsulotlarini saqlashda belgilangan aniq rejimlarni tatbiq etish hamda zamonaviy ilg’or texnologiyalarni joriy etish ham mahsulotlarning sifatli saqlanishi garovidir.
To’rtinchi masala mumkin qadar oz mehnat va moddiy mablag’lar sarflab-yuqori natijalarga erishish, ya’ni mahsulot isrofini kamaytirish hamda sifatini oshirishga erishish.
Ko’pgina amaliy tajribalar shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqarish samaradorligini quyidagi usullar bilan oshirish mumkin:

  • mahsulot saqlanadigan inshootlarni tubdan yaxshilash va takomillashtirish;

  • saqlashga joylashtirishdan oldin dastlabki ishlov berishni to’g’ri tashkillashtirish mahsulot sifatini izchil nazorati;

  • soha mutaxassislarining malakalarini muntazam oshirib borish; – zamonaviy ilg’or texnologiyalarni joriy etish;

  • ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va mahsulotdan ratsional foydalanish.

Don mahsulotlarining noto’g’ri realizatsiya qilinishi ishlab chiqarishda ko’pgina isrofgarchiliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, pivo ishlab chiqarish sanoatida pivobop bo’lmagan arpa navlarining ishlatilishi pivo chiqishi va uning sifatini tushirib yuboradi. Kraxmal patoka ishlab chiqarishda makkajo’xorining kremniyli navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bu navlardan kraxmal chiqishi juda past. Omixta em ishlab chiqarishda sariq makkajo’xori o’rniga oq makkajo’xorining ishlatilishi yemning vitaminli tarkibi hamda ozuqaviylik qiymatini o’zgartib yuboradi.
Donni sifat ko’rsatkichlari bo’yicha joylashtirish.
Donning massasini elevator siloslariga joylashtirishda laboratoriya xodimlari tomonidan sifat ko’rsatkichlari aniqlanib, quydagi ko’rsatkichlar bo’yicha joylashtiriladi: namlik, shaffoflik, natura, kleykovina, donli aralashmalar, begona aralashmalarni sifat ko’rsatkichlarini tafovuti namlik, begona aralashmalar, donli aralashmalar uchun 1% yuqori bo’lmaslik talab qilinadi. Qolgan ko’rsatkichlar uchun tafovut 2-3% dan yuqori bo’lmaslik taqozo etiladi.

Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə