1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari


Tegirmonga beriladigan donning sifat ko’rsatkichlari



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə11/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Tegirmonga beriladigan donning sifat ko’rsatkichlari.
Namlik – 12,5% ko’p emas; kuldorlik toza bug’doy uchun – 1,92%;
begona aralashmalar – 1%, (sh.b. birga mineral aralashmalar –
0,1%, zararli aralashmalar – 0,001%); bug’doyli aralashmalar – 4%;
tabiiy og’irligi (natura) – 750 gr/l.dan (past bo’lmasligi); kleykovina miqdori – 23% II gr.;
IDK sifati – 100 (IDK asbob birligi, yuqori bo’lmasligi);
shaffoflik – 40% kam emas; zararlanganligi – bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida yetishtirishga moslashgan bug’doylarning ayrim navlari va ularning sifatlari jadvalda ko’rsatilgan.
Jadvalda ko’rsatilgan raqamlar ob-havo va ekiladigan yer tarkibi, agrotexnika hamda bug’doy donining kimyoviy tarkibiga qarab o’zgarishi mumkin.
Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida don mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida quyidagi texnologik tadbirlar yo’lga qo’yilgan.

2-jadval O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida etishtirilaytgan bug’doylarning ayrim navlari va ularning sifatlari ko’rsatkichlari

Navlar

Ekish muddati

Shaffofligi

1000 ta donning vazni, gr

Oqsil,
%

Kleykovina, %

Sof og’irlik
(natura)

Umumiy non
yopish
bahosi, ball

1

2

3

4

5

6

7

8

Asr

kuzgi

46-48

36,0-38,0

11.2

23,0

748

3

Yaksart

kuzgi

50-52

36.0-38.0

12.0

24.0

787

4

Vassa

kuzgi

48-50

36.0 -40.0

11.8

24.0

755

4

Grom

kuzgi

50-52

35.0-37.0

11,6

23,0

756

4-5

Tanya

kuzgi

48-50

36.0-38.0

11,5

23,0

756

3

Krasnodar

kuzgi

50-52

37.0 - 40.0

12,7

25.0

756

4-5

Andijon 4

kuzgi

44-46

38.0-40.0

12,2

25,0

797

4-5

Dustlik

kuzgi

48-50

38.0 -37,0

11,9

23.0

792

4,7

G’ozg’on

kuzgi

48-50

38.0-40.0

11,1

23,0

770

3,5

1.Don uyumini barcha turdagi aralashmalardan tozalash. Don qanchalik toza bo’lsa uning saqlanishi ham, ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Tozalik don sifatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Donni tozalash uchun don korxonalarida turli hajmli va ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan don tozalovchi uskunalardan foydalaniladi.
2.Donni quritish. Donni quritishda namlik shunday ko’rsatkichga olib kelinadiki, bu namlikda don uzoq va sifatli saqlanishi lozim. Quritish uchun korxonalar maxsus quritish uskunalari bilan ta’minlanadi.
3.Sovutish rejimlarini qo’llash. Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishi ko’p jihatdan havo rejimiga bog’liq. Mahsulot saqlanadigan inshootlar tabiiy shamollatilishi, ventilatsiya yordamida sovutilishi mumkin.
4.Mahsulotlarni zararli mikroorganizm va zararkunanda hasharot hamda kemiruvchilardan himoyalash. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi. Mahsulotlarni bularning ta’sirlaridan himoyalash uchun inshootlar dezinfeksiya qilinadi, kimyoviy preparatlar qo’llaniladi.
Yuqoridagi barcha masalalarni hal etish donni saqlash va qayta ishlash sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kadrlarning malakasiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shuning uchun bo’lg’usi mutaxassis don, un, yorma va omixta-yem tayyorlash hamda saqlash yuzasidan nazariy va amaliy bilimga ega bo’lishi lozim.
Don, un, yorma va omixta-yemni saqlash texnologiyasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • don, un, yorma va omixta-yem kabi mahsulotlarni saqlashning nazariy asoslarini o’rganish;

  • don va don mahsulotlari (un, yorma, omixta-yem) kimyoviy tarkibi, sifat ko’rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish;

  • don va don mahsulotlarida kechadigan biologik kimyoviy jarayonlarni o’rganish;

  • mahsulotlarni saqlash usullari, rejim va texnologik asoslari bilan tanishtirish;

  • mutaxassislardan chuqur bilim, ko’nikma hosil qilish va ularni donni sifatli saqlash yo’llarini izlab topish uchun ilmiy izlanishlarga jalb etish;

  • mahsulotlarni sifatli va isrofgarchilikka yo’l qo’ymasdan (beisrof) saqlashga erishish uchun sohaga ilg’or texnologiyalarni jalb etish.

Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini topish uchun ilmiy izlanishlarni olib borish talab qilinadi.

Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə