1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari


Don massasini saqlash usullari va tartibi



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə12/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

5. Don massasini saqlash usullari va tartibi


Saqlash jarayonida donning xususiyatlarini boshqarish.
Donni saqlash jarayonida donning sifatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to’liq o’rganiladi.
Don uyumida kechadigan jarayonlar bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lib, sifat va miqdorini pasaytirmasdan yaxshi saqlash uchun don uyumida kechadigan jarayonni nazoratga olish mas’ul shaxslar tomonidan olib boriladi.
Don uyumining xossalari va unga atrof-muhit sharoitining ta’sirini o’rganish shuni ko’rsatadiki, unda kechadigan barcha fiziologik jarayonlarning jadvalligi bir yoki bir necha omillarga bog’liq. Bular ichida eng asosiysi: don uyumi hamda atrof-muhit (havo, ombor tuzilishi elementlari, idishda va h.k)ning namligi; don uyumini va atrofmuhit obyektlari; don uyumiga havoning kirib turishi hisoblanadi.

2-sxema.
Yuqorida tavsiflab o’tganimizdek, bu sharoitlar don uyumining barcha tirik komponentlariga (don, mikroorganizmlar, begona o’t urug’lari, hasharot va kanalar) obyektiv qonuniyat asosida ta’sir etadi, don uyumi xususiyatlarining tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligini, shuningdek, uning saqlanuvchanligi hamda saqlash tartibiga ta’sir etuvchi sharoitlarni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin.
Ma’lumki har bir don yoki urug’ qishloq xo’jaligida e’tibor qilinadigan xususiyatlaridan tashqari hosildorlik, vegetatsiya davri, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va turli iste’mol ko’rsatkichlariga egaligidir. Masalan, bug’doyning har xil navlari o’ziga xos un chiqishi va nonvoylik sifat ko’rsatkichlariga ega; makkajo’xorining ko’pgina navlari va duragaylari yaqqol ifodalanuvchi texnologik xususiyat va furajlik qimmatiga ega; zig’ir urug’ining tarkibida sifatli yog’ mavjud bo’ladi; kungaboqar doni tarkibida yog’ miqdori naviga qarab bir-biridan keskin farq qiladi; suli, arpa, tariq va sholini qayta ishlashda navlarga mos holda turli xil iste’mol sifatiga ega bo’lgan yormalar olinadi va h.k.
3-jadval
Don uyumi xususiytlarininig tashqi muhit bilan o’zaro bogʻliqligi

Bularning barchasi donlarni saqlashda ularni alohida-alohida joylashtirishni talab etadi. Shuningdek don va urug’larning navdorlik xususiyatlariga barcha turdagi xo’jaliklarda hisobga olinadi va shunga ko’ra uning tovar narxi belgilanadi. Yuqori sifatli kafolatli donlarga ustama haq ham belgilanadi.
Donni qayta ishlash korxonalari sifatli don va urug’liklarni xo’jaliklardan xarid qilishadi. Qabul qilingan donlar urug’lik va oziqovqat maqsadlari uchun ishlatiladi. Donlarni iste’molchilarga, shuningdek urug’lik uchun saqlangan donlarni yetkazib berish uchun korxonalarga nav xususiyatlarni, saqlash rejimlarini mukammal biladigan malakali mutaxassislarni talab qiladi.
O’simlikning o’sishi va rivojlanishi sharoitlari, shuningdek donning shakllanishi, hosil sifatiga va miqdoriga katta ta’sir ko’rsatadi. Donchilik va o’simlikshunoslik kursidan bizga ma’lumki, tashqi muhit omillari o’simliklarni rivojlanishi va hosilning shakllanishiga ta’sir etadi. Shuni nazarda tutish lozimki, turli iqlim va tuproqlarga ekilgan urug’lar turlicha rivojlanib, turli xil hosil berishi mumkin. Bunga mos holda ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, to’liqligi, yirikligi va boshqa texnologik sifat ko’rsatkichlari har xil bo’ladi.
Don sifatiga o’g’itlash ham mavsumiy iqlim sharoitlari don sifatiga keskin ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yig’im-terim oldidan va terim vaqtida namlik ko’p bo’lsa, yog’ingarchilik me’yoridan ortiq bo’lsa donning namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik ko’rsatkichlari keskin tushib ketadi. Aksincha qurg’oqchilik bo’lsa don haddan tashqari qurib ketadi yoki namlik yetishmasligidan donlar to’liq yetilmay qoladi.
Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta’sirida ham o’zgaradi. Ayniqsa, zararkunandalar donning nonvoylik xususiyatini hamda sifatini keskin tushiradi. Kasallik va zararkunandalar sifatini hamda miqdorini pasaytirib yuboradi.
Shuningdek don sifati va hosildorlikka begona o’tlar ham katta ta’sir ko’rsatadi. Begona o’t bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari yaxshi o’sib rivojlanmaydi. Hosildorlik keskin pasayadi va uning sifati buziladi.
Begona o’tlar urug’lari yig’im-terim davrida asosiy o’simlik donlariga qo’shilib ketish natijasida don massasini ifloslantirib yuboradi, don massasining sifati pasayadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, begona o’t urug’larining ko’pchiligi zaharli bo’lishi mumkin. Shuning uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin tozalaniladi.
Donning sifati va saqlanuvchanligi ko’p jihatdan yig’im-terim jarayonlariga ham bog’liqdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa, hosil sifati va miqdori shuncha yuqori bo’ladi. Yig’im-terim ishlarini o’z vaqtida va qisqa muddatda tugallash, nobudgarchilikning oldini olishga olib keladi.
Don ekinlar ikki xil usulda yig’ib olinadi:

  • to’g’ridan to’g’ri;

  • avval o’rib, keyin yig’ib olish.

Don ekinlari hosilini avval o’rib keyin yig’ib olish asosiy usul hisoblanadi. Bu usul chet davlatlarda keng qo’llaniladi. Bunda donlar mum pishiqlik davrida o’ruvchi mashinada yerdan 15 sm balandlikda o’rilib, quritish uchun ang’izga tashlab ketiladi. Donning to’la pishib yetilishi quritish paytiga to’g’ri keladi. Quritilgan don maxsus mexanizatsiyalar yordamida yig’ishtirib olinadi va yanchiladi. Hosilni oldindan o’rib, keyin yig’ib olish usulining afzalligi shundaki, bunda o’rim to’g’ridan to’g’ri yig’ishga nisbatan 5-6 kun erta boshlanadi, nobudgarchilik keskin kamayadi. Don ekinlari hosili oldin o’rib, keyin yig’ib olinganda, urug’lik va nonvoylik sifatlari to’g’ridan to’g’ri o’rib, yanchilgan donnikiga qaraganda sezilarli yaxshi bo’ladi. Ayniqsa qalin va baland bo’yli, shuningdek begona o’t bosgan, bir tekis yetilmagan yerga yotib qolgan don ekinlari hosilini yig’ib olishda bu usul yaxshi natija beradi.
Ko’pgina don turlarida, shuningdek o’rim muddati kechikkanda o’simliklar past bo’yli va siyrak chiqqanda to’g’ridan to’g’ri o’rib yanchish amalga oshiriladi, hosilni to’g’ridan to’g’ri yig’ib olish uchun ekinzorlar mumkin qadar begona o’tlardan tozalangan bo’lishi, bug’doy va o’simliklar bir tekis o’sgan bo’lishi hamda hosili bir vaqtda pishib yetilgan bo’lishi lozim. To’g’ridan to’g’ri yig’ib olish usulida terim muddatini mumkin qadar qisqartirish lozim, bu esa yuqori hosil garovidir. Terim muddati qanchalik cho’zilib ketsa, donlar to’kila boshlaydi va nobudgarchilik shuncha ortadi.
Donli ekinlar asosan mexanizatsiya yordamida yig’ishtirib olinadi. Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va markalari donning sifati va xususiyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Donni iloji boricha mexanik shikast yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig’ib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda donni to’g’ridan to’g’ri sifatli yig’ishtirib olish uchun zamonaviy ilg’or texnologiyalar joriy qilingan. G’allani dastlabki saqlash uchun don korxonalari omborxonalariga yoki xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog’liq holda bir oy va undan ortiq bo’lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib qolishi va mikroorganizmlar rivojlanishidan juda ham ehtiyot qilish lozim.
Donning zararlanishiga ko’pincha xirmonlarda, dala sharoitlarida, o’tgan yilgi qoldiqlardan yaxshi tozalanmagan omborxonalarda saqlash sabab bo’ladi. Bunday donlar keyinchalik yaxshi nazorat qilinmasa, namiqib va o’z-o’zidan qizishi mumkin. Bu holat yangi o’rilgan donni darhol joylashtirish va donni qizib turgan holida joylashtirishlarda ham kuzatiladi.
Don o’rib olingan zahoti avtotransportlar yordamida don qabul qilish shoxobchalariga yetkaziladi. Tashish jarayonida don massasi sifatining pasayishini kuzatilishi mumkin. Saqlanuvchanligi ko’p jihatdan yig’ib olingan don massasining joylashtirilgan joyning sharoitiga bog’liq. Donning mexanizatsiya vositalarida, bunkerlarida qolib ketishi uning sifatini pasayishiga olib keladi. Yuqoridagilarga bog’liq holda don ishlab chiqarish korxonalariga turli holat va sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan holda keltiriladi. Keltirilgan don massasiga mas’uliyatli munosabatda bo’lish talab etiladi. Qabul qilingan don to’g’ri analiz qilinishi va sifati bo’yicha aniq ajratilishi talab qilinadi. Bundan tashqari, hujjatlarni rasmiylashtirish kerak. Saqlashda to’g’ri rejimlarni qo’llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilinishi kerak. Bu talablar sifatli mahsulot ishlab chiqarishga poydevor bo’lib korxonalarning iqtisodiyotini oshirishga olib keladi.
Don uyumida haroratning o’zgarish tezligi donni saqlash usuli va omborxona turiga bog’liqligini nazarda tutmoq kerak. Oddiy omborlarda don uyumining balandligi yuqori bo’lmagan donlarga atmosfera havosi yetarlicha ta’sir etadi. Bunga bog’liq holda bu yerda harorat o’zgarishi nisbatan tezroq kechadi. Elevatorda atmosfera ta’siri sust, chunki issiq o’tkazuvchanlik xususiyati past bo’lgan devorlar bilan himoyalangan bo’ladi.
Don massasining sifatiga va xususiyatlariga donning navi, turi, shuningdek ekiladigan urug’ sifatiga hamda g’ovakliligi ayrim hollarda sochiluvchanlikka ham bog’liq holda o’zgarib turadi.
Don massasini saqlashning asosiy usullari bilan tanishib chiqamiz:
Don massasini quruq holatda saqlash. Bu usul saqlashning eng sifatli usullaridan hisoblanadi. Don massasi tang, ya’ni kritik namlikdan past holda saqlanganda don tarkibidagi modda almashinuvi, nafas olish va boshqa barcha fiziologik jarayonlar keskin pasayadi. Don massasi bunday usulda saqlanganda barcha xususiyatlari uzoq vaqt to’liq saqlanadi.

Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə