1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə7/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
15-rasm. XX asrning elevatorlari.
Bu davrda Toshkent, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Ohangaron,
Qo’qon, Asaka, Jomboy, Sho’rchi, Qo’rg’ontepa, Quva, Bag’dod, Uchqo’rg’on, Oq oltin, Do’stlik, Oqtosh, Qarshi shaharlarida quvvati sutkasiga 250 tonnadan 500 tonnagacha donni qayta ishlaydigan tegirmonlar, quvvati 130 tonnadan 500 tonnagacha bo’lgan omixta-yem zavodlari, hajmlari 10 ming tonnadan 57 ming tonnagacha bo’lgan elevatorlar qurildi. Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida hajmi 100 ming tonnali bo’lgan yirik elevatorlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasida 3 million tonnadan ortiq g’allani saqlash uchun elevator, ombor va usti yopiq sig’imlar mavjud.

16-rasm. G’alla saqlash uchun elevator omborlari.

17-rasm. Zamonaviy avtomatlashtirilgan elevator – omborlari. Elevator va omborxona turlari.

1-sxema:
Elevator-ombor sanoati uchta zvenoga bo’linadi.

3. Elevator va omborxona turlari


Birinchi zveno – bu don yetishtiruvchi xo’jaliklardan donni qabul qilib oladigan, birinchi ishlov (dastlabki tozalash, quritish) beradigan, ma’lum vaqt saqlab, tegishli joylarga jo’natadigan donni qabul qilish korxonalari va shaxobchalardir. Birinchi zvenoga makkajo’xori donlari, dukkakli o’simlik donlari, sholi va turli urug’lar qabul qiladigan korxonalar ham kiradi. Birinchi zvenoga don qabul qilish korxonalari donlarni asosan avtotransportdan qabul qilinib va tegishli ishlov bergandan keyin ikkinchi hamda uchinchi zveno korxonalariga jo’natadi.
Ikkinchi zvenoga bazis elevatorlari donlarni bir tur transportdan ikkinchi bir transprotga ortib jo’natuvchi va fondli elevatorlar kiradi. Bazis elevatorlari donlarni avtotransport, temiryo’l va suv transporti orqali qabul qiladi, tozalaydi, saqlaydi va ko’rsatilgan transport vositalari orqali jo’natadi. Jo’natishdan oldin bazis elevatorlari donlardan sifati bo’yicha yirik partiyalar (joriy iste’mol, uzoq saqlash yoki eksport qilish talablariga javob beradigan) shakllantiradi.



Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə