1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə3/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Kleffman Group (dunyo bozorida qishloq xo’jalik mahsulotlar bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib boruvchi tashkilot) ma’lumotlariga ko’ra, 2019-yilda dunyoda bug’doyning umumiy maydoni 218 million gektarni tashkil etdi. Ekilgan maydonlarning 122 million gektarni beshta yetakchisi mamlakatlar ulushiga to’g’ri keladi, bu dunyodagi barcha ekinlarning yarmidan ko’pini tashkil etadi.
Bug’doy ekilgan maydonlarning TOP-5 yetakchilari:
Hindiston – 30 million gektar;
Rossiya – 27 million gektar;
Yevropa Ittifoqi – 26 million gektar; Xitoy – 24 million gektar; AQSH – 15 million gektar.
7 million gektar maydonni yoki dunyoning 3 foizini tashkil etgan Ukraina Turkiya va Eron bilan 10-o’rinni bo’lishib turibdi. Misr 2019- yilda hosildorlik bo’yicha yetakchi mamlakatga aylandi – 6,4 tonna/ga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Xitoy uchun deyarli bir xil ko’rsatkich
5,9 va 5,5 tonna/ga. To’rtinchi o’rinni 4.5–5.0 tonna/ga O’zbekiston egalladi.
USDA (AQSH q/x vazirligi) statistik ma’lumotlariga ko’ra, bug’doy yetishtirish bo’yicha yetakchilar Xitoy, Hindiston va Rossiya bo’lib, ular jahonda ishlab chiqarilayotgan bug’doyning 46 foizini tashkil qiladi.
Xitoy o’zining yuqori mahsuldorligi tufayli, bunday pozitsiyani egallab turibdi, o’tgan yili u 5,5 t/ga ni tashkil etdi va fermerlar tomonidan jami 132 mln.tonna bug’doy yetishtirishga erishdi.
Hindiston muhim maydonlari tufayli reytingda ikkinchi o’rinda turadi – 30 million gektardan 102 million tonna bug’doy yig’ib olindi. Rossiyada 27 million gektar maydonga ekin ekilgan va 74 million tonna don yig’ib olingan .O’n yil davomida Ukraina bug’doy ishlab chiqarish bo’yicha dunyo reytingida ikki pog’onaga ko’tarildi, uning hajmi 38 foizga o’sib – 29 million tonnani tashkil etdi, Hindiston (+ 27%) va Kanadada (+ 22%) ishlab chiqarish ham sezilarli darajada oshdi.
Xalqaro g’allachilik kengashi (IGC) hisobotiga ko’ra, 2019– 2020-yilda bug’doyning yig’ib olinadigan maydoni 221 million gektargacha, ishlab chiqarish esa 769 million tonnani tashkil qilishi mumkin.
USDAning ma’lumotlariga ko’ra, bug’doyning umumiy tashqi savdosi 2020-yilda 184 million tonnani tashkil etdi, sakkiz yil davomida bu ko’rsatkich 30 million tonnaga yoki 20 foizga o’sdi. So’nggi to’rt yil ichida eksportning eng katta o’sishi Argentina (+54%), Rossiyada (+ 37%) va AQSHda (+26%) kuzatildi.
2019–20-yillarda bug’doy eksport qiluvchi mamlakatlar TOP-5:

  • Rossiya – 35 million tonna;

  • Yevropa Ittifoqi – 32 million tonna;

  • AQSH – 27,5 million tonna;

  • Kanada – 23 million tonna;

  • Ukraina – 20,5 million tonna.



Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə