1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari


-rasm. Don mahsulotlarini ko’zada yerga ko’milgan holda saqlash



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə5/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
5-rasm. Don mahsulotlarini ko’zada yerga ko’milgan holda saqlash.
Qadimiy qabilalarning don mahsulotlarini saqlash usullari birbiridan farqi deyarli katta bo’lmagan. Misrda don mahsulotlari to’qilgan savatlarda yerga qazib ko’mib saqlangan. Bu savatlar kulbalar oralig’iga joylashtirilgan.

6-rasm. Don mahsulotlarini yer to’lalarda katta-katta savatlarda saqlash.
Yaqin Sharqda don mahsulotlari yer to’lalarda katta-katta xumlarda saqlash keng qo’llanilgan. Bunday xumlar to’g’ridan to’g’ri maxsus yerto’lalarda yasalgan, ularning balandligi ikki metr va undan ortiq bo’lgan.

7-rasm. Qadimgi davrda donni saqlaydigan va hozirgi elevatorlarning ko’rinishi.
Bizning asrimizgacha bo’lgan to’rt mingyillikda qadimiy elam davrida donni saqlaydigan hozirgi elevatorlar ko’rinishidagi ochiq yer ustida paxsadan qurilgan omborlar tamg’alarda aks ettirilgan. Omborlar silindr shakldagi ko’rinishga ega bo’lgan. Usti ochiq tuynuklar yordamida silindrlar don bilan to’ldirilgan va bug’doyni har xil zararkunandalardan himoyalashga yordam bergan.

8-rasm. Qadimgi davrda donni konussimon idishlarda germetik holda saqlash.
Qadimiy Misrda maxsus yopiq binolarda konussimon tuynukli sig’imlarda germetik sharoitda donlarni bir necha yillar saqlashgan.

9-rasm. Qadimgi Yunon va rimliklarda bug’doyni saqlash usullari.
Qadimgi Yunon va rimli olimlarni, shoirlarni o’z asarlarida bug’doyni saqlash usullarini yozib qoldirishgan. Bu asarlar shu kunda nodir asarlar sifatida saqlanadi. Miloddan avval II asrda yozilga
“Dehqonchilik” haqidagi Katona asarida ko’pgina maslahatlar: donni saqlash, sig’imlarni qurish, zararkunandalardan himoyalash uchun tavsiyalar, ko’rsatmalar yozilgan. Shunday tavsiyalardan birida “Qurtqumursqalar va kemiruvchilar donlarga zarar yetkazmasligi uchun nima qilish kerak? Zaytun quyqumiga loyni qorishtirib, unga ozgina boshoq qoldiqlaridan qo’shib, loyni namini shimdirib, bir oz quritib suvini siqib, butun omborni quyqum bilan suvab, ustidan zaytun quyqumini purkab, qurishini kutish kerak, undan so’ng sig’imga donni joylashtirish mumkin. Ana shunda donni har qanday zararkunandalardan asrash mumkin deb maslahat bergan”.
Qadimiy rimliklar donni saqlash usullarini qadimiy asarlar bo’lmish “Varron” (b.a.o. I asr) Kolumellani “Qishloq xo’jaligi” haqida b.a.o. I asr. Ayniqsa rimlik fan arbobi Plinniy Starshiy “Tabiiy tarix” asarida boshoqli ekinlarni saqlash haqida amaliy tavsiyalar yozib qoldirgan.
Rossiyada ham don yer osti va yer usti omborlarida saqlanib kelingan. Davlat omborlari ilgari kreml qal’asini ichkarisida bo’lgan. 1701-yil yong’in kreml ichidagi omborlarni kuydirib yo’q qilgandan keyin davlat g’alla omborlari kreml qal’asidan tashqarida qurilgan.


Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə