1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari


-rasm. XIX oxridagi don saqlash omborlari



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə6/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
10-rasm. XIX oxridagi don saqlash omborlari.

11-rasm. Fransiyaning “PRIVE” firmasining don saqlash siloslari.
Don yetishtirish miqdori ko’payishi bilan zararkunandalardan asrash va donni sifatli saqlash bo’yicha katta muammolar paydo bo’ldi. Bu muammoni qadimgi Rim imperiyasidan boshlab, o’rta asrlarda Angliya, Fransiya va boshqa davlatlarning ko’pgina olimlari donni saqlash, quritish masalalari bilan shug’ullanib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishgan. Masalan. 1708-yilda mashhur fransuz tabiatshunos olimi
Reamgor “Donni saqlash san’ati” mavzusida o’zining dissertatsiyasini Parij fanlar akademiyasiga taqdim etgan. XIX asrga kelib dunyo miqyosida don yetishtirish va don bilan savdo-sotiq qilish kengayib bordi. AQSH, Germaniya, Fransiya, Angliyada silos turidagi yangi don saqlash omborlari paydo bo’ldi. Birinchi mexanizatsiyalashgan don saqlash ombori 1839-yilda Chikago shahrida qurilgan.

12-rasm. Amerikaning “Bini” don saqlash siloslari.
Rossiya katta miqdorda g’allani eksport qiladigan davlat bo’lishiga qaramay, birinchi mexanizatsiyalashgan ombor 1882-yilda Blitse shahrida qurilgan.

13-rasm. XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning boshlarida omborlar va elevatorlarning ko’rinishi.
O’zbekistonda nisbatan katta hajmga ega bo’lgan omborlar va elevatorlar XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning boshlarida (un, guruch ishlab chiqarish zavodlari yonida) qurila boshlagan.

14-rasm. Omborlar va elevatorlar.
1928–1929-yillarda don saqlash omborlari Toshkent shahrida qurilib, ularning hajmi 1,200 va 1,500 tonnani tashkil etgan. 1956–60- yillarda mexanizatsiyalashtirilgan 3,200 – 3,500 tonnali omborlar foydalanishga topshirilgan.
XX asrning 30-yillarida hajmi 22 ming tonna bo’lgan elevator qurilib ishga tushirilgan (Toshkent 2-un zavodi). Urushdan keyingi yillarda intensiv ravishda don omborlari qurilishi boshlandi. Omborlar namunaviy loyihalar asosida pishiq g’ishtdan qurildi. 1956-yilga kelib, O’zbekistondagi davlat omborlarining umumiy hajmi 1 mln 43 ming tonnaga yetdi. O’zbekistonda don mahsulotlari sohasini intensiv ravishda rivojlanishi 60- va 70-yillarda amalga oshirildi.


Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə