1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari


-rasm. Dunyo mamlakatlarini g’alla eksport dinamikasi



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə4/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3-rasm. Dunyo mamlakatlarini g’alla eksport dinamikasi.
2015–16 dan 2019–20-yilgacha bo’lgan davrda import hajmi eng yuqori mamlakatlar Turkiya (+164%), Filippin (+48%), Bangladesh (+38%) mamlakalardir.

2. Don va don mahsulotlari saqlanishning tarixiy bosqichlari


Don va don mahsulotlarini saqlash tarixi, qadimiy ibtidoiy tizimga borib taqaladi. Qadimiy Neolit (qadimiy tosh asri) davridan, kumush asriga o’tishda insoniyat don mahsulotlarini xazina saroylarida sig’imi 700-750 tonnali yirik idishlarda don, tariq, arpa, kunjutlarni yarmi yerga ko’milgan holda saqlanganligi, bu sig’imlar (er.avv. VIII–IX asrlarda) Urartu podshohligiga tegishligi aniqlangan. Bundan tashqari, tuxumsimon (oval) shakldagi non qoliplari, kuygan non qoldiqlari va katta miqdordagi unlarni, ya’ni javdari unlarni idishlarda saqlangan qoldiqlari topilgan.

4-rasm. Don mahsulotlarini yerga ko’milgan holda katta xumlarda saqlash.
Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Bospar podshohligida don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’yicha bir qancha daliliy ashyolar topilgan. Donlar yerto’lalarda va katta-katta xumlarda saqlanishi, nafaqat gretsiyaliklarga xos saqlash usuli bo’lgan, balkim boshqa qabilalar ham yerto’lalarda, o’ralarda, ikki-uch metr yerni jom qolipli shaklida (qo’ng’iroq shaklida) pastga qarab kengaytirib qazib, ustini silliq metall taxtalar (plita) bilan berkitilgan sig’imlarda saqlangan. Ushbu usullar hozirgi kunda Hindiston, Osiyo va Afrika mamlakatlarida qo’llanilib kelmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlariga mo’ljallangan amfor idishlarda
(hozirgi flaga ko’rinishidagi og’iz qismi tor shaklda), yog’, vino, don va sochiluvchan mahsulotlarni Afina va Bospara podshohliklari o’zaro mahsulot ayirboshlashda qo’llashgan. Qadimgi Bospara tangalarida boshoqlar va donlar ramz sifatida ishlatilgan.
Arxeologik qazilmalardan ma’lum bo’lishicha, O’rta Osiyo xalqlari quldorlik va undan keyingi tizimlarda xususan Xorazm vohasining Teshik - Qalla qal’asida g’alla saqlash uchun g’ishtdan yasalgan maxsus ikkita xonada g’alla, un, tariq va boshqa o’simliklar donlari saqlangan qoldiqlari topilgan. Bundan tashqari, inson bo’yi barobar xumlarda o’simliklarning urug’lari topilganligi haqida ko’plab ma’lumotlar to’plangan.


Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə