1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari


-rasm. Donni qabul qilish va dastlabki ishlov berish



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə8/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
18-rasm. Donni qabul qilish va dastlabki ishlov berish.

19-rasm. Don saqlash omborlari.

20-rasm. Zamonaviy metall qurilmali elevator omborlari.
Bazis elevatorlari katta hajmga, texnologik va transport jihozlari yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega. Donlarni tushirib-ortib jo’natuvchi vositalari, transport turib qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladi. Bu turdagi elevatorlar yuqori yuk aylanishi (gruzooborot) va donni nisbatan qisqa saqlanishi xarakterlidir.
Fondli elevatorlari yuqori sifatli donlarni uzoq muddat saqlash uchun mo’ljallangan. Bu elevatorlar donni sifatini ishonchli nazorat qilish uskunalari, ventilatsion jihozlar va donlarni zarur hollarda zararsizlantirish vositalari bilan ta’minlangan.
Uchinchi zveno. Bu ishlab chiqarish port elevatorlari va don mahsulotlarini xarid qiluvchi (realizatsiya) korxonalardir. Ishlab chiqarish elevatorlari un-yorma, omixta yem ishlab chiqarish korxonalarida joylashtiriladi.

21-rasm. Boshoqli donlarni saqlash elevatorining tashqi ko’rinishi.

22-rasm. Elevator va omborlarning umumiy ko’rinishi.

23-rasm. Elevatorning tashqi ko’rinishi.

24-rasm. Don saqlanadigan metalli omborlarni zamonaviy ko’rinishi.

25-rasm.Yevropa mamlakatlarida don saqlash va dastlabki ishlov berish punktlari.

26-rasm. Donga ishlov berish kompleksi.

4. Donni qabul qilish sifat ko’rsatkichlari bo’yicha joylashtirish

va saqlashni tashkil etish texnologik qoidalari


Don qabul qilish, donga dastlabki ishlov berish, saqlash va qayta ishlash korxonalariga yetkazib berishda elevator ombor sanoati asosiy zveno hisoblanadi. Markazlashgan elevator – ombor sanoatiga davlat tomonidan quyidagi majburiyatlar yuklatilgan.

  1. Don yetishtiruvchi fermer va boshqa xo’jaliklardan donlarni qabul qilib olish.

  2. Qabul qilib olingan donlardan bir xil katta partiyalar tashkil qilish.

  3. Donni tozalash, saralash quritish va ventilatsiya qilish (havo yordamida shamollatish) uni sifatini yaxshilash va iste’molchilar talabiga javob beradigan darajaga yetkazish.

  4. Donni qayta ishlash va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalarini sifati standart talablariga javob beradigan don bilan ta’minlash.

  5. Urug’chilik xo’jaliklaridan don va urug’larini qabul qilish, ularni tozalash, kalibrovka qilish hamda don yetishtiruvchi xo’jaliklarni yuqori sifatli urug’lar bilan ta’minlash.

  6. G’allani uzoq muddat saqlash (sifat va qo’llanilishidan qat’i nazar).

  7. Davlat zaxirasidagi don va don mahsulotlarini saqlash.

Ma’lumki don inson hayotida qiyoslab bo’lmaydigan ahamiyatga ega. Inson iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining taxminan 6575%i dondan tayyorlanadi. Dondan sanoatda ko’plab un, yorma va omixta-yem kabi birlamchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Insoniyatni bu mahsulotlarga bo’lgan talabi benihoyat kattadir. Aholini don va don mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish hozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda asosiy vazifalardan biri hisoblanadi Don va don mahsulotlariga bo’lgan talabini to’la qondirishga faqatgina ko’plab don yetishtirish orqali erishib bo’lmaydi. Yetishtirilgan don, yorma va omixta-yemlarni sifatli va isrofgarchilikka yo’l qo’ymasdan (beisrof) saqlay bilish lozim.
Don va don mahsulotlarini (un, yorma, omixta-yem) saqlash boshqa ko’pgina tovar mahsulotlari singari murakkab va mas’uliyatli jarayon bo’lib, katta miqdorda moddiy-texnikaviy baza hamda soha uchun malakali mutaxassislarni talab etadi.
Don tirik organizm bo’lib, don massasida turli-tuman hayotiy jarayonlar kechadi. Bu jarayonlarning intensivligi atrof-muhit sharoitlariga bog’liq. Mahsulot uyumida kechadigan jarayonlar moddalarning faol almashinuvchi mahsulot uyumining yetarlicha yo’qolishiga hamda uning sifat ko’rsatkichlari tushishiga olib keladi.
Don va don mahsulotlari uyumida mikroorganizmlar hamda zararkunanda hasharotlarning faoliyatini oldini olish, ayniqsa qiyinchiliklar tug’diradi. Un va yorma kabi mahsulotlarda mazkur organizmlarning rivojlanishi mahsulotning ko’plab yo’qolishiga, sifat ko’rsatkichlarining pasayishiga, hattoki mahsulotning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Mahsulotlar qoniqarsiz sharoitlarda saqlanganda qushlar qurt-qumursqalar, hasharotlar hamda sichqon-kalamushlar mahsulot sifatini buzishga olib keladi.
Don va don mahsulotlarini saqlash sohasida quyidagi masalalarni hal etish muhim vazifalar hisoblanadi:
Birinchi masala – boshoqli donlarni sifatli, isrofsiz saqlashga erishish va xomashyoni tabiiy kamayishini mumkin qadar qisqartirishga erishish.
Don va don mahsulotlarining tabiiy kamayishi xususiyatiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: biologik va mexanik. Bu kamayishlarni quyidagicha tasvirlash mumkin:
1-jadval Don massasini tabiiy kamayishi


Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə