Mavzu: Sharoshkali burg’ulash mashnalari elektr yuritmalari va elektr uskunalari Reja: Umumiy ma’lumotlar



Yüklə 282,83 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü282,83 Kb.
#146197
burgilash sobitr bratan


Mavzu: Sharoshkali burg’ulash mashnalari elektr yuritmalari va elektr uskunalari
Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Sharoshkali burg’ulash mashnalari.

  3. SBSH-250 MN elektr uskunalari

Tiristor o’zgartirgich tugun va barcha bloklari boshqa shkafga joylashtirilgan.Burg’ilash jarayonini boshqarish va uni nazorat qilish mashinist kabinasidan boshqariladigan o’lchov –nazorat asboblari, uni versal almashlab uzgich, tumbler va stanokning asosiy elektr uskunalarining boshqarish tugmachasi (yurish va kompressor uzatmani boshqaruvidan tashqari )bir joyga jamlangan pulьt orqali amalga oshiriladi.


Ushbu sxema himoya va blokirovkalashning quyidagi turlarini ta’minlab beradi:

  • Asosiy zanjirni yuklama va qisqa tutashuvlardan himoyalash (tristor o’zgartirgichlarning kuch avtomatlari orqali amalga oshiriladi);

  • tiristor boshqaruvini ortiqcha yuklanish va qisqa tutashuvlardan zanjirlarni himoyalash (boshqarish zanjirida tiristor o’zgartirgichlar avtomatik amalga oshiraladi);

-burg’ilash texnologiyasiga mos mexanik tavsiflashni shakllantirish uchun shuningdek dvigatelь aylanmasini himoya qilish uchun burg’i shtangasini qadalishida asosiy zanjirdagi tok bo’yicha to’xtatadigan rejimda yakorga o’tkaziladigan kuchlanishni bir vaqtning o’zida kamaytiradigan otsechka ko’zda tutilgan. To’xtatadigan rejimda tok otsechkasi oshmasligi kerak:
- aylanadigan dvigateldan qo’zg’atuvchi tokning yo’q bo’lishidan himoyalash ( tiristorli o’zgartirgichda o’rnatilgan, ROP maydonidagi uzilish relesi yordamida amalga oshiriladi);

  • Tok otsechkasi tugunini buzilganligida to’satdan bo’ladigan yuklamada dvigatelь aylanmasini himoyalash (KA xildagi REV-571 maksimal releda amalga oshiriladi; rele350 A ishlab ketish toki orqali rostlangan );

  • Dvigatel aylanmasi va tiristorli o’zgartirgichni dvigatelь ventilyatorlari orqali sovutish va dvigatelь aylanmasini qo’zg’otish cho’lg’amini ulamasdan tiristorli o’zgartirgichni ulashda blokirovkalashning imkoniyati yo’qligi.

Asosiy va yordamchi mexanizmlar uzatmasi.
Burg’ulash eshiklarining aylanadigan uzatmasi (TP—D) dvigateli – tiristorli o’zgartirgichli tizim bo’yicha bajarilgan. Uzatmali dvigatelning aylanish chastotasi unga o’tkazilgan kuchlanishdagi o’zgarish bilan boshqariladi, reversivlash qo’zg’otish cho’lg’amidagi tokning qutblanishi o’zgarishi bilan boshqariladi.
Uch fazali sxema bo’yicha TEZ-160/460 tiristorli o’zgartirgichning katta tokli moduli yig’ilgan va kuchlanishni 0 dan 440 Vgacha miqdorda chiqishida boshqariladigan to’g’rilagich kirishida 380 V kuchlanish uzatishni olish imkoniyatini beradi.
Kuchlanish (dvigatelning aylanish chastotasiga muvofiq va) (MKY-SMU) magnitli kuchaytirgich yig’indisi topshiriq beruvchi boshqarish chulg’amidagi tok miqdori o’zgarishi bilan boshqariladi.
Boshqarish tizimidagi bloklari (BTB-BSU) boshqarish cho’lg’amining magnit kuchaytirgichi chiqish qismiga ulangan. (BTB-BSU) blokining printsipial sxemasi keltirilgan. T1 transformatorining birlamchi cho’lg’ami 380 V kuchlanishda quvvatlanadi; L1 konturga (A)fazaning bloklari uchun, hosil bo’lgan tig’iz (pik) -drossel PD va S1 kondensatori, kuchlanish ikkilamchi cho’lg’amdan uzatiladi 3 trasformator T1, faza bloklariga o’rnatilgan S.
(BTB-BSU) qolgan bloklari bir-biriga o’xshash ulangan. Topshiriq beruvchi cho’lg’amda tok miqdori o’zgarganida (pik) –drosselda T1 va T2 tranzistoriga uzatiladigan birlamchi impulьs shakllanadi.
T2 tranzistor transformatorlarini ochilishida va VD1 (V1)to’g’rilagichda to’g’riburchak impulьs ko’rinishida kuchlanish impulьsli transformatorning birlamchi cho’lg’amiga kelib tusha boshlaydi.Ikkilamchi cho’lg’amdan oxirgi chiqayotgan ispulьslar tiristor o’zgartirgichning kuch moduli tiristor elektrodlarini boshqarishga uzatiladi.
Uzatmaning yomshoq mexanik xususiyatlarini qo’llab –quvvatlash uchun sxemada tezlik bo’yicha va asosiy zanjirdagi tok bo’yicha teskari aloqa keltirilgan.(taxogenerator orqali amalga oshiriladi dvigatelь aylanmasiga val bilan val birlashtirilgan)
O’rmalab yuradigan stanoklar dvigatellari chiqarish pulьtidan boshqariladi, unda boshqarish tugmachalari o’rnatilgan.SHu bilan boshqarish sxemasi yuradigan dvigatellar bilan birgalikda yoki alohida boshqarishni amalga oshirish imkonini beradi.Gusenitsaning elektromagnitli tormozlari g’altagi to’g’rilagich qurilmasidan 110 V doimiy tok kuchlanishidan quvvatlanadi xuddi shuningdek dvigatelni qo’zg’otish cho’lg’ami aylanmasi va boshqarish zanjiridan quvvatlantiradi. Stanokning gidrotizimlari barcha mexanizmlari (moynasos, boshqarish klapani(zolotnik)) elektrli va elektrmagnitli uzatmaga ega.
Moy stantsiyasining N-403 asosiy nasosi M3 dvigateli gidrouzatma bajaradigan barcha operatsiyalarni ishlab chiqishda ulanadi, shuning uchun istalgan universal almashlab ulagichdan ulanganda boshqarish sxemasi dvigatelь kontaktori g’ildiragiga kuchlanish uzatishni ta’minlab beradi.Gidrouzatma tizimi qazish joyida dvigatelь aylanmasi ortiqcha yuklanishida burg’i shtangasida avtomatik ravishda kuch uzatilishini bekor qiladi.
Shu holatda tok relesi va oraliq rele ketma-ket ishlay boshlaydi, o’z navbatida klapan uzatmasini toksizlantirib va uzatmani bekor qiladi. u klapanni quvvatlantiradi. Yordamchi elektr qurilmalarni boshqarish(kabina ventilyatsiyasi uzatmasida, moystantsiyalari bakidagi moy elektr qizitgichlarda, kompressorda, o’rmalab yuradigan reduktorlarda, shuningdek suvda, chang yo’qotishni hosil qiluvchi suv-havo aralashmasi) mashinist kabinasining burg’ilashni boshqarish pulьtida joylashgan tugmachali postlar va o’chirgichlar orqali amalga oshiriladi.
Stanok kabinasi va mashina bo’limini yoritish PSX-60 yoritgichi bilan ishlash maydoni - RN-100 yoritgichlari va PZS-35 projektorlari bilan amalga oshiriladi.


Hozirgi kunda SBSH-250 va SBSH-320 burg’ulash stanoklari TEZ-160/460R-U2 va TEZ-250/460R-U2 tiristorli agregatlar o’zgarmas tok elektrodvigatellari aylanma uzatmasi bilan yoritiladi


Tezlikni ikki zonada boshqarishni agregatlar amalga oshirishi mumkin. Tok qo’zg’otgichni ulash yordamida (burg’ilash eshiklarini shtkangalarni burab ajratish uchun ) dvigatelini aylanishini reversivlash amalga oshirish mumkin. Mo’’tadil va tropik iqlimli mamlakatlar uchun umumiy bajarishdagi agregatlar ishlab chiqariladi. SHaroshkali burg’ulash stanoklari SBSH-250, SBSH-200, BASH-250, SBSH-320 elektrouzatmasini modernizatsiyalash uchun TP-ZBS o’zgartirgichlar ishlab chiqarilmoqda.
TP-ZBS o’zgartirgichlar noreversiv uz fazali simmetrik ko’prikli sxemada bajarilgan.Tiristorlar tabiiy, havo orqali sovutiladi. Qisqa tutashuvlarda tiristorlarni himoyalash A3 700 elektron himoyali avtomatik uzgichlar orqali amalga oshiriladi. Aylanma uzatmasini boshqarish sistemasi magnit kuchaytirgich yig’indisi asosida qurilgan, unga kirishda topshiriq beruvchi signal chalinadi, tok yuklamasi va kuchlanish bo’yicha teskari aloqa signali paydo bo’ladi.
Ochiq kon ishlarida portlash skvajinalarini burg’ilash uchun turli burg’ilash dastgohlari qo’llaniladi: aylanma, zarbli aylanma va olovli burg’ilash. Barcha dastgohlar mexanizmlari elektr uzatmaga ega.
Burg’ilash dastgohi mexanizmi asosiy va yordamchiga bo’linadi. Burg’ilash dastgohi asosiy ishchi mexanizmlari – ishchi organ aylanish va zaboyga uzatish mexanizmi – ishchi intrumentga ega shtangalar kolonnalari (kesuvchi koronkali, sharoshka dolotali, pnevma zarb va boshqalar). Burg’ilash dastgohlari ishchi organi aylanish mexanizmi ishchi rejimi va yuklama diagrammalari konstruktiv xususiyatlariga va uzatuvchi mexanizm xossalariga bog’liq. Burg’ilash dastgohlari yordamchi mexanizmlariga kompressorlar, nasoslar va ventilyatorlar, hamda harakat mexanizmi, burgini olish va o’rnatish kiradi. Qoidaga ko’ra, burg’ilash dastgohlari ko’p dvigatelli uzatmaga ega. Dvigatellar soni dastgohlar konstruksiyasiga bog’liq va 2 ta shneklidan sharoshkali va olovlida 14tagacha yetadi. Burg’ilash dastgohlari o’rnatilgan quvvati: 25 – 165 kW – shnekli, 320 – 850 kW – sharoshkali, 180 kW – zarbli aylanma, 100 – 360 kW – olovli va termomexanim, 40 kW gacha – kanatli zarbli.
Burg’i shtanga uzunligi bo’ylab ushlashlarsiz uzatiladigan aylanma burg’ilash devorlarida burg’ilash dastgohi aylanish uzatmasi elektrodvigateli ish rejimi yuklama qiymatidan kelib chiqib tanaffusga ega davomli. Burg’i tez – tez ushlanishlar bilan uzatiladigan sharoshkali va zarbli aylanma burg’ilash dastgohlarida aylanish mexanizmi elektrodvigateli ish rejimi PV yoqilish davomiyligi – 60% bo’lgan qayta-qisqa muddatli. Yuklama notekis, nominaldan 2 – 2,5 barobargacha yetuvchi moment cho’qqilariga ega. Olovli burg’ilash dastgohlarida aylanish va burg’ini uzatish chig’irig’i elektrodvigatellari doimiy yuklama bilan uzoq rejimda ishlaydi.
Dastgohlar yordamchi mexanizmlari elektrodvigatellar yo doimiy yuklama bilan uzoq rejimda (kopressorlar, nasoslar, ventilyatorlar elektrodvigatellari), yo doimiy yoki o’zgaruvchan yuklama bilan qisqa muddatli rejimda (harakat mexanizmi elektrodvigatellari va boshqalar) ishlaydi.
Aylantirgich elektr uzatmasi ham doimiy ham o’zgaruvchan tokda ishlaydi. Asosan ikki turdagi elektr uzatmasi qo’llaniladi: asinxron to’g’rilanmaydigan (aylantirgich chastotasi reduktor yordamida pog’onali to’g’rilanadi yoki ikki va uch pog’onali elektrodvigatel juft qutblari soni o’zgartirilishi bilan) va doimiy tok G – D va TP – D sistemasiga ko’ra to’g’rilanuvchi, yakor va qo’shimcha reduktor qistirgichlarida kuchlanishni o’zgartirib. Lekin, tiristorli qayta o’zgartirgichlarning qo’llanilishi karyer elektr tarmoqlarida uzilishlar sonini oshiradi. Shuning uchun aylantirgich uzatmasini takommillashtirishning muhim vazifasi uzilishlarga chidamli qayt o’zgartirgich sxemasini yaratishdir. Aylantirgich uchun chastota to’g’rilanuvchi o’zgaruvchan tok uzatmalari hamda yuqori sirpanchiqlikka ega asinxron dvigatellarni qo’lash imkoniyati ham ko’riladi. Yordamchi mexanizmlar dvigatellari o’zgaruvchan tokda ishlaydi va ular uchun faqatgina asinxron to’grilanmaydigan dvigatel qo’llaniladi.
Burg’ilash dastgohi asosiy uskunalariga dastgoh barcha mexanizmlari elektro dvigatellari va ularni boshqarish apparaturasi kiradi, yordamchiga esa – skvajinalarni hosil qilish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan dastgoh qismlari elektr uskunalari (kabinani pechlar va elektrokaloriferlar bilan shamollatish va isitish, suvni qizdirish va qish paytlarida muzlab qolmasligi uchun quvurlarni induktiv qizdirish va boshqalar).
Burg’ilash dastgohlarida qo’llaniladigan elektr uskunalari ichiga changa va nam tushishidan himoyalangan yopiq tuzilishiga ega. Aylantirgich va burg’ilash dastgohi yordamchi mexanizmlari uzatmalari uchun asosan AO, VAO, AOS, AOL, AZ, KOF, MTKV, MTKM seriyadagi va boshqa qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatellar qo’llaniladi. Doimiy tok aylantirgichi uchun DPV turdagi kran elektrodvigatellari qo’llaniladi. Harakat mexanizmi, aylantichni ko’tarish chig’irig’i va yordamchi mexanizmlar uzatmlari uchun gorizontal, aylantirgich uzatmasi uchun esa – ko’p hollarda vertikal elektrodvigatellar qo’llaniladi.
Dastgohlarda boshqarish apparaturasi sifatida umumsanoat magnit ishga tushirgichlar (P, PA, PME) yoki ikki va uch tugmachali ko’prikli rudnik uchun tuzilgan (PMV, PMVR) qo’llaniladi. Xavfsizlik qoidalari va elektr uskunalari texnologik talablariga mos ranishda elektr uskunalari uskunalar alohida elementlari sozligini tekshirish va dastgoh mexanizmlari normal ish rejimi buzilishi oldini olish uchun himoya va bloklashga ega.
Shnekli, kanat – zarbli va zarbli aylanma dastgohlar elektr sxemalari amalda bir hil, dvigatellarni boshqarish esa kontaktorli. Dvigatelni ortiqcha yuklamalarda n himoya qilish har bir ishga tushirgichga o’rnatilgan issiqlik relesi bilan, QT toklaridan esa – sirpanchiq predoxranitel bilan amalga oshiriladi. Rele – kontaktor apparatura (tugmachalar, qayta ulagichlar) kuch shitiga, panellar va boshqaruv pultiga mustahkamlangan. 220 V kuchlanishli o’zgaruvchan tok boshqarish zanjirlari 380/220 V transformatorlardan, domit tokniki esa 110 V kuchlanish – to’g’rilagichdan to’yinadi.
Sharoshkali dastgohlar quvvatiroq, og’irroq va avtomatlashtirilgan. Ushbu dastgohlar elektr uskunalari va elektr uzatmalarini boshqarish sxemalari ko’p dvigatellar soni va domiy tok dvigateli aylanish uzatmasida qo’llash sababli yuqorida ko’rilgan dastgohlardan murakkab. Misol tariqasida 9.1. rasmda SBSh-250MN dastgohi sxemasi keltirilgan. Ingichka kabel uchta o’zaklari dastgoh kabel kiritishi (kiritish qutisi) ga, to’rtinchisi esa – korpusga ulanadi. Kiritish avtomatik o’chirgichi QF1 mashinist kabinasidan boshqarish imkonini beruvchi elektroamgnit uzatmaga ega. Transformator Tr1 dastgoh boshqaruv va yoritish zanjirlarini 220 V kuchlanish to’yintirish uchun xizmat qiladi. Yo’qotish relesi yerga bir fazali tutashuvda avtomati tarzda kiritish avtomatini o’chiradi. Boshqaruv zanjiriga to’yinish avtomatik o’chirgich QF3 bilan uzatiladi, 380 V kuchlanish tarmog’iga kuch elektr qabul qiluvchilari QF4 – QF8 avtomatlar bilan ulanadi.
Yordamchi harakat, kompressorlar, moynasoslar, ventilyatorlar hamda dastgoh yordamchi uskunalari dvigatellari maksimal va issiqlik himoyasiga ega noreversiv va reversiv magnit ishga tushirgichlar bilan birga ulanadi. Ishga tushirgichlar va kontaktorlarni boshqarish tugmachali postlar va kalitlar bilan amalga oshiriladi. Boshqaruv sxemasi qisqa tutashuv rotorli asixron dvigatellar uchun kabidir. Burg’ilashda asosiy operatsiyalar UP turadgi universal qayta ulagichlar bilan amalga oshiriladi. O’zgaruvchan tok zanjirlari ishga tushirishni to’g’rilovchi himoya va kommutatsion apparatura shkafga joylashtirilgan.

SBSh-250MN burg’ilash dastgohi elektr sxemasi:
M1 – M2 gusenitsalar; M3, M4, M5, M7, M8, M11 – moy suv sistemasi va qizdirish sistemasi nasoslari; M9 – kopressorlar; M13 – burg’ilash shtangasi aylanishi; M5. M10, M14, M15 – kompressor puflash ventilyatorlari; M12 – gal dvigatellari.


Xulosa.
Hozirg NKMK tarkibdagi kon korxonalarida foydali qazilma xom ashyolarini qazib olish sanoatidagi burg’u dastgohlarini 380 V kuchlanishda elektr bilan ta’minlash ko’proq 630 kVAgacha bo’lgan quvvatli ko’chma komplektli transformatorli nimstantsiyalarda amalga oshiriladi.
Qo’llanilayotgan kuchlanishda katta kesimdagi moslashuvchan kabeldan foydalanishni talab etadi, ayrim hollarda esa – ikki moslashuvchan kabel liniyalaridan foydalaniladi. Masalan, SBSH-250 burg’u stanoklari elektr qurilmalari 120 -150 mm2 kesimli sim kabel bilan amalga oshiriladi, ikki kabel liniyali 2SBSH-200N stanoklari uchun esa sim kesimi 70 mm2 sim kesimli orqali bajariladi.Buning hammasi burg’u qurilmalaridan foydalanishni murakkablashtiradi, xarajatlarni ko’payishi olib kelib, elektr ta’minoti samaradorligini pasaytiradi.Yangidan yaratilayotgan stanoklarni quvvatini kelgusida oshirish va elektr ta’minotini ishonchliligini oshirish yuqori darajada ta’minlovchi va taqsimlovchi kuchlanishni talab qiladi.6 kV kuchlanishli qudratli burg’u stanoklari uchun elektr ta’minotidan foydalanish uchun bevosita burg’u stanogini o’zida 6 / 0,4 kV li pasaytiruvchi transformatorni joylashtirishdan foydalanish maqsadga muvofiqligini taqdqiqotlar natijasida aniqlandi.Qudratli burg’u stanoklarini elektr ta’minoti uchun 6 kV kuchlanishni qo’llash kabelni kesim simlari orqali quvvatlashni 5 barovarga kamaytirish imkonini beradi. Elektr energiyani taqsimlash sxemasini soddalashtiradi, burg’u stanoklarini elektr ta’minoti tizimida elektr uskunalari massasini 2 martadan ko’proq, joriy iste’molchilar chiqimlarini 4-5 baravarga kamaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Plashanskiy L.A. Osnovi elektrosnabjeniya gornix predpriyatiy. M.Uchebnik. 2005g.

  2. Puchkova L.A., Pivnyaka G.G. Elektrifikatsiya gornogo proizvodstva 2006g.

  3. Nasriddinov Sh.G’. Kon elektrotexnikasi. O’quv qo’llanma. 1-2- qism. Konchilik korxonalarini elektr uskunalari. Toshkent 1992-2000 y..

  4. Lyaxomskiy A.V., Fashilenko V.N. Upravlenie elektromexanicheskimi sistemami gornix mashin. – 2004g.

Yüklə 282,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə