Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 23,05 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü23,05 Kb.
#142455
titul


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Qo‘l yozma huquqida
UDK: 631/635:504.3(575.171)-047.43

ABDULLAYEVA MANZURA MAXMUD QIZI
MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJLANISHIGA AGROIQLIM RESURSLARI TA’SIRINI BAHOLASH (Xorazm viloyati misolida)


Mutaxassislik: 70530402 - Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha)
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


D I S S E R T A T S I YA


Ishlab chiqildi va himoyaga ruxsat berildi

Ilmiy rahbar: ______________ g.f.n., dots. Atadjanov I.Sh.


Geodeziya, kartografiya, geografiya


kafedrasi mudiri: ______________ PhD, dots. Abdullayev A.G.


Urganch – 2023


Magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi
Dissertatsiya ishida mamlakat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi agroiqlim resurslari hamda agroiqlimiy shart-sharoitlarning roli yoritib berilgan va mazkur omillarning qishloq xo‘jaligiga ta’siri masalalari tahlil etilgan. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlari istalgan hududning tabiiy, shu jumladan, iqlim sharoiti bilan bevosita va uzviy bog‘langan. Mazkur tadqiqot ishida qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sishi va rivojlanishiga hamda ularning hosildorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan agrometeorologik omillar, agroiqlimiy rayonlashtirish masalalari, noqulay agroiqlimiy sharoitning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’siri masalasi Xorazm viloyati misolida o‘rganib chiqilgan.
Shu bilan birgalikda ushbu dissertatsiya ishida Xorazm viloyatidagi ko‘p yillik meteorologik kuzatishlar va uning viloyat qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga ta’siri, mintaqa qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etishda agroiqlim resurslarini baholash masalalariga muhim e’tibor qaratilgan. Dissertatsiya ishi materiallaridan oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi geografiyasi, Xorazm geografiyasi kurslarini o‘qitishda, shuningdek, umumta’lim maktablari va akademik litseylar geografiya fani o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.


Brief annotatsion of master’s dissertation
The role of agro-climatic resources and agro-climatic conditions that directly affect the development of the country's agricultural production is highlighted in the dissertation, and the issues of the impact of these factors on agriculture are analyzed. It is known that the branches of agricultural production are directly and integrally connected with the natural, including climatic, conditions of any region. In this research, agrometeorological factors that directly affect the growth and development of agricultural crops and their productivity, issues of agroclimatic zoning, the issue of the impact of unfavorable agroclimatic conditions on agricultural production were studied on the example of Khorezm region.
At the same time, this thesis focuses on long-term meteorological observations in the Khorezm region and its impact on the regional agricultural development, as well as on the assessment of agro-climatic resources in the territorial organization of the region's agriculture. The materials of the dissertation can be used in the teaching of agricultural geography, geography of Khorezm courses in higher educational institutions, as well as teachers of geography in secondary schools and academic lyceums in their activities.


MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………………………………….. 4
I BOB. Qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish xususiyatlari va uning nazariy-uslubiy masalalari ..…………………………………………....9

    1. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining tarmoq tarkibi …………………………. 9

    2. Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida tutgan o‘rni ………………………………………………………………. 14

    3. Viloyat dehqonchilik tarmoqlarining hududiy rivojlanishi ………………. 22

II BOB. Xorazm viloyatining tabiiy geografik sharoiti va agroiqlim resurslarining umumiy ta’rifi ………………………………………... 30
2.1. Viloyatning geografik o‘rni, relyefi va iqlimining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’siri …………………………………………………………30
2.2. Joyning iqlimi qishloq xo‘jaligi rivojiga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida ……………………………………………………………………………...38
2.3. Noqulay agroiqlimiy sharoitning viloyat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’siri…………………………………………………………………………46
III BOB. Qishloq xo‘jaligiga agroiqlimiy omillar ta’sirini baholash va sohani rivojlantirish istiqbollari……………………............................................52
3.1. Viloyat agroiqlimiy sharoitining hozirgi holati tahlili……..……………….52
3.2. Xorazm viloyati tuproqlariga agroiqlimiy sharoit ta’sirini baholash ............59
3.3. Qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish ……………...67
XULOSA ………………………………………………………………………...73
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………….75
Yüklə 23,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə