“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92

 
37
o`tolmasdi. Lekin, agar qulning aytganlari "badan tovushi" bo`lsa, ya’ni qiynoq natijasida aytilgan bo`lsa, u vaqtda 
uning aytganlari haqiqiy hisoblangan. Qullar qonuniy nikohga kirolmaganlar.  
 
Miloddan avvalgi V-IV asrlarga kelib patriarxal qullik o`rniga klassik, antik qullik kelgan. Qullarga oddiy 
mehnat qurollari sifatida qaralardi. Qullar asta-sekin asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylangan. Meteklar (Afinaga 
ko`chib kelib joylashgan chet elliklar).  
 
 
 Afina davlati o`z mohiyatiga ko`ra erkin fuqarolarning manfaatlarining himoya 
qilinishini va ko`p sonli qullarning tutqunlikda ushlab turishni ta’minlaydigan siyosiy 
tashkilot hisoblangan. Boshqarish shakli bo`yicha u demokratik respublika bo`lib, unda 
afina fuqarolari teng huquqlardan foydalanganlar va siyosiy hayotda (davlatni idora etishda) faol qatnashishlari mumkin 
bo`lgan.  
 
Afinada davlat hokimiyatining oliy organi xalq yig`ini-ekklesiya bo`lgan. U dastlab yiliga o`n marta, 
keyinchalik qirq marta chaqiriladigan bo`lgan.  
Maxsus yig`inlarda fuqarolarning iltimos-shikoyatlari ko`rib chiqilgan va ba’zi shaxslarni ostrakism tartibida 
davlatdan haydab yuborish haqidagi masalalar hal etilgan. 
 
Xalq yig`inida faqat 20 yoshga yetgan to`la huquqli afinalik fuqarolar ishtirok etishlari mumkin edi. Afinalik 
har bir fuqaro istagan masalasini xalq yig`iniga qo`yishga, unda so`zga chiqishga, yangi qonun loyihalarini kun tartibiga 
kiritishga haqli edi. Qaror ochiq ovoz berish, ya’ni qo`l ko`tarish yo`li bilan qabul qilingan. Yopiq, ovoz berganda 
qutiga yo loviya, yo qora va oq toshchalar, yoki xat yozilgan siniq sopol parchalari tashlagan. 
 
Afinada demokratik muassasalardan yana biri besh yuzlar kengashi - Bule bo`lgan. Bu kengash Klisfen 
zamonidayoq ta’sis etilgan bo`lib, uning a’zolari 30 yoshga to`lgan Afina fuqarolaridan qur’a tashlash yo`li bilan 
saylangan. Uning hamma o`nta hududiy filalarining har biridan elliktadan vakil kiritilgan. Besh yuzlar kengashi 
Afinaning oliy hokimiyat va ma’muriy organi bo`lib, xalq yig`inida ko`riladigan masalalarni oldindan tayyorlagan. 
Xalq yig`iniga qo`yiladigan masalalarni oldindan muhokama qilish bo`lib, bu bilan u xalq yig`ini faoliyatini yo`naltirib 
turgan. 
 
Kengash kundalik ishlarni yuritish uchun o`nta komissiya (pritaniy)ga ajralgan. Komissiyalar tarkibiga har bir 
filadan elliktadan vakil kiritilgan edi. Komissiyalar navbatma-navbat Kengash majburiyatlarini bajarganlar.  
 
Afina davlatining oliy sud organi - gelieya - haqamlar sudi yirik demokratik muassasa bo`lgan. Uning a’zolari 
30 yoshga to`lgan fuqarolardan qur’a tashlash yo`li bilan bir yil muddatga saylanadigan 6000 haqamdan iborat bo`lgan. 
Haqamlardan bir mingtasi zahiradagi haqam hisoblangan. Gelieya tarkibida o`nta hay’at - palata (dikasteriya) bo`lib, 
ularning har birida besh yuztadan haqam va yuztadan zahiradagi haqam bo`lgan. 
 
Gelieya davlatga qarshi jinoyatlar va mansabdor shaxslarning suiste’molliklari haqidagi ishlar bo`yicha I 
instansiya sudi, boshqa sudlar tomonidan ko`rilgan ishlar bo`yicha esa apellyatsion instansiya hisoblangan.  
Afinada qonun chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat edi: 
 
a) xalq yig`iniga qonun loyihasining kiritilishi (bunday qonunchilik tashabbusi huquqiga har bir afinalik fuqaro 
ega bo`lgan); 
 
b) besh yuzlar kengashi tomonidan qonun loyihasining dastlab ko`rib chiqilishi va bu haqda xalq yig`ini uchun 
xulosalar berilishi
 
v) xalq yig`ini tomonidan qonun loyihasining qabul qilinishi; 
 
g) qabul qilingan qonun loyihasining kuchga kiritilishi yoki gelieya tomonidan rad qilinishi mumkinligi. 
  Afinada 
asosiy 
mansabdor 
shaxslar 
strateglar va arxontlar bo`lgan. 
 
Strateglar hay’atining a’zolari uylangan va ko`chmas mulkka ega bo`lgan fuqarolardan o`n kishi tarkibida xalq 
majlisi tomonidan saylangan. Ular armiya va flotni ushlab turish uchun kelib tushgan mablag`larni boshqara 
boshlaganlar, favqulodda harbiy yig`imlar tashkil qila boshlaganlar. Ular dushmandan kapitulatsiya (taslim bo`lish 
haqidagi va g`olib tomonga imtiyoz beruvchi shartnoma) qabul qilganlar, sulh tuzganlar. Strateglar besh yuzlar 
kengashi va xalq yig`inining navbatdan tashqari majlisini chiqarishni talab qilish va favqulodda choralar ko`rish 
huquqiga ega edilar. Birinchi arxont arxont-eponim  hisoblangan. Arxont-eponimda Afina demokratiyasining 
rivojlanishi bilan faqat oilaviy ishlar bo`yicha va meros haqidagi ishlar bo`yicha sud funksiyalarigina saqlanib kdlgan 
edi. Ikkinchi arxont - arxont-basiley bo`lib, u diniy ishlarni yuritgan va sudda jinoiy ishlarni ko`rgan. Uchinchi arxont 
arxont-polimarx  bo`lib, u endilikda ilgarigi harbiy qo`mondonlik funksiyalarini yo`qotib, faqat meteklar va boshqa 
chet elliklar (ksenlar) bilan bog`liq bo`lgan asosiy ishlar bilan shug`ullangan. Boshqa oltitasi arxont-fesmofetlar deb 
atalib, gelieyaga taalluqli ishlarni tayyorlaganlar, afina sudlarida "adolatli sud qilishga" rahbarlik qilganlar. 
 
Afinada hammasi bo`lib yetti yuzga yaqin maxsus mansabdor shaxslar bo`lib, ular tegishlicha turli vazifalarni 
bajarganlar. Davlat mulkini boshqarish, davlat xazinasini yuritish, ko`chalardagi tartibni va fuqarolarning axloqini, 
bozorlardagi savdoni kuzatib turish, harbiy tayyorgarlikdan o`tayotgan yoshlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish 
singari vazifalarni ana shu maxsus mansabdor shaxslar ado etganlar.  
 
Miloddan avvalgi V asrgacha bo`lgan davrda Areopag davlat hokimiyat organlari ichida muhim o`rin tutar edi. 
Uning a’zolari arxontlar va ilgari arxont bo`lib ishlagan kishilar edi. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab, Areopag o`z 
ahamiyatini yo`qotib, asosan qasddan odam o`ldirish ishlari bo`yicha sud instansiyasiga aylangan.  
 Aytib o`tilganidek, Afinada oliy sud organi Gelieya  bo`lgan.  Qasddan 
bo`lmagan odam o`ldirish jinoyati haqidagi ishlar efetlar  sudi tomonidan ko`rilgan. 
Talonchilik, o`g`rilik va boshqa mulkiy jinoyatlar o`n birlar hay’ati tomonidan 
ko`rilgan. Mulk bo`yicha fuqarolik-huquqiy nizolar dietetlarning hakamlik sudlarida ko`rib hal etilgan. Mayda mulkiy 
Davlat tuzumi 
Sud organlari 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə