Davlat moliya statistika tizimi. Mundarija: Kirish


GR=0,35+0,45∙ GDP +0,43∙ W +0,98∙ VAT



Yüklə 161,74 Kb.
səhifə9/10
tarix30.12.2023
ölçüsü161,74 Kb.
#166791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi Davlat moliya statistika tizimi.

GR=0,35+0,45∙ GDP +0,43∙ W +0,98∙ VAT
bo‘lsin. Bu holda YAIM o‘sishi sur’atining qo‘shimcha 1 foizli darajaga o‘sishi byudjet daromadlari dinamikasini 0,45 foizli darajagaoshiradi.Deyarli shunday elastiklik “daromad solig‘i ~ o‘rtacha ish haqi” o‘zaro aloqasi uchun ham xarakterlidir. Ish haqining o‘sishi bu ko‘rsatkich bo‘yicha byudjetga tushumlar o‘sishi sur’atlarining 0,43 foizlidarajaga o‘sishiga olib keladi. Bilvosita (egri) soliqlar YAIM dinamikasiga sezgirroqdir.VAT – sanoatda QQS stavkasining 1 foizli darajaga o‘zgarishibyudjet daromadlari dinamikasini 0,98 foizli darajaga o‘zgartiradi
Davlat byudjeti siyosati parametrlarini asoslashning hal qiluvchi asosiy masalasi rivojlanishningturli bosqichlarida xarajatlarning optimal darajasini asoslashdir. Dunyoda bu muammo bo‘yichako‘plab tadqiqotlar mavjud. 30 O‘zbekistonning byudjet parametrlari bu o‘rtacha baholardan, eng avvalo, byudjet tanqisligining past darajasi (oxirgi 3-4 yilda 1%dan kam) va davlat daromadlari va xarajatlarining yuqori darajasibilan farq qiladi.
5.O’zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari
Bugungi kunda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan
rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi еtakchilari
qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan davlat moliyasini
boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda davlat moliyasining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joizdir, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir.
2018 yilda PEFA metodologiyasi bo‘yicha amaldagi byudjet tizimining tanqidiy tahlili, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining shaffoflik Kodeksi asosida soliq-byudjet siyosati ochiqligi yuzasidan o‘tkazilgan diagnostik baholashlardan kelib chiqib so‘ngi ikki yilda davlat moliyasi boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat byudjeti deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda fuqarolarni byudjet jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida:
2018 yildan boshlab “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri ishlab
chiqilmoqda;
Davlat byudjeti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar joylashtirilib kelinayotgan “Openbudget.uz” axborot portali 2019 yilning yanvar oyidan boshlab ishga tushirildi;
Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq shaklda Xalqaro valyuta jamg‘armasining saytida joylashtirib borilmoqda;
2019 yildan boshlab tuman va shahar byudjetlarida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha manbalarining kamida 10 foizi fuqarolar tomonidan bildirilgan tadbirlarga asosan yo‘naltirish mexanizmi joriy etildi;
Byudjet mablag‘larini tasarruf etuvchilar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonini to‘liq o‘z rasmiy saytlarida e’lon qilib borishlarini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlariga tegishli normalar kiritildi.
Shuningdek, 2020 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti loyihasi ilk bora Qonun shaklida qabul qilindi hamda vazirlik va idoralarning vakolat va mas’uliyatini oshirish maqsadida byudjet xarajatlari avvalgidek sohalar bo‘yicha emas, balki vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari tomonidan, mahalliy byudjetlar esa tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etildi.
2018-2019 yillar davomida mamlakatda soliq islohotlari amalga oshirilib,
iqtisodiyotga soliq yuki kamaytirishga erishildi, shuningdek soliq turlari
maqbullashtirilib, qo‘shilgan qiymat soliq to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga
qo‘shimcha qiymat solig‘i zanjirini hosil qilishga erishildi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari davlat moliyasini boshqarish tizimida mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli byudjet loyihalarini rejalashtirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida qilinadigan ishlar ko‘pligini ko‘rsatdi.
Xususan, byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning hisobi alohida yuritilishi, shuningdek vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablag‘lari konsolidatsiyalashgan byudjetda aks ettirilmasligi Davlat byudjeti mablag‘larining shaffofligini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda.
Mahalliy byudjetlarni mustaqil ravishda belgilab olish imkonini beradigan
byudjetlararo transfertlarni hisoblashning shaffof metodologiyasini ishlab
chiqilmagan.
Davlat xaridlari va investitsiyalarini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish uchun tavakkalchiliklarni baholashning samarali tizimini joriy etish taqozo etilmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va muammolar amalga oshirilayotgan byudjet
siyosatini ob’ektiv va ishonchli baholash imkonini bermaydi hamda byudjet
xarajatlarini o‘rta muddatga mo‘ljallangan davlat dasturlari bilan samarali tahlil
qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu munosabat bilan, bugungi kunda davlat moliyasini og‘lomlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish zarur hisoblanadi.
Mamlakatning uzoq muddatli rivojlantirish kontseptsiyalari hamda ustuvor davlat dasturlari, xususan, 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi [1], O‘zbekison Respublikasi Prezidentining har yilgi Oliy Majlis palatalariga murojaatnomasi, 2030 yilgacha Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi hamda boshqa shu kabi davlat dasturlari Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Strategiyaning asosiy maqsadi har tomonlama puxta o‘ylangan byudjet siyosatini olib borishni, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishni, ularning shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan davlat moliyasini boshqarishning samarali tizimini yaratishdan iborat.
Strategiyaning maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur:
−strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda o‘rta muddatga o‘ljallangan
soliq-byudjet siyosatini yuritish;
−fiskal nazoratni kuchaytirish, birinchi darajali byudjet mablag‘larini
taqsimlovchilari uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining chegaralangan
miqdorlarini Oliy Majlis tomonidan belgilash orqali byudjet jarayoni
ishtirokchilarining mas’uliyatini va hisobdorligini oshirish;
−uzoq muddatga davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan soliq-byudjet siyosatini joriy etish;
−byudjet jarayonining shaffofligi va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini oshirib borish;
−byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish, mahalliy byudjetlarning mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim etishning shaffof mexanizmini joriy etish.
Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatdan tuzilishi bo‘yicha o‘xshash mamlakatlar tajribasi ham o‘rganib chiqilgan.
Strategiyani amalga oshirish davri 2024 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi oltita muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi:























Strategiyani amalga oshirishdagi muhim maqsadlar


Mazkur Strategiyani amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tomonidan Strategiyada belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni nazarda tutuvchi Harakatlar rejasi ishlab chiqilgan.
Endi yuqorida belgilangan har bir maqsadga erish uchun belgilangan ustuvor vazifalar bilan tanishib chiqsak.
Birinchi maqsaddan kelib chiqib, davlat byudjeti daromadlari va arajatlarini samaraliroq boshqarish imkonini yaratish maqsadida byudjet jarayoni
ishtirokchilarining o‘rni va byudjet vakolatlarini qayta taqsimlash zarur.
Davlat byudjetining barqarorligi va daromadlarni prognoz qilish imkoniyatini oshirish, shuningdek samarali davlat siyosatini yuritish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun belgilangan maqsadlarga erishish uchun byudjet jarayoniningbarcha bosqichlarida vazirlik va idoralar faoliyatining o‘zaro muvofiqligi va hamkorligini ta’minlash yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirish.
Davlat faoliyatining sezilarli qismi Davlat byudjeti jarayoni doirasidan tashqarida, ya’ni vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan choratadbirlarning bir qismi ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Uzoq yillar davomida byudjetlarning darajalari o‘rtasida daromadlar va
xarajatlarni o‘tkazish vakolatlari aniq mustahkamlanmaganligi sababli mahalliy
hokimiyat organlarida byudjet mablag‘larining samaradorligi va natijadorligini
oshirish uchun etarli rag‘batlantiruvchi omillar bo‘lmagan.
Bundan tashqari, ayrim davlat korxonalari faoliyatining samaradorligi pastligiga qaramasdan iqtisodiyotda davlatning sezilarli ishtiroki saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga yo‘naltirilgan davlat korxonalari faoliyatida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taklif etiladigan islohotlar byudjet
ustuvorligini ta’minlash va Davlat byudjeti darajalari o‘rtasida majburiyatlarni ajratish hisoblanadi.
Davlat byudjetining to‘liqligi, ishonchliligi va Davlat byudjetining strategik
yo‘naltirilganligini oshirish maqsadida barcha davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larni Davlat byudjetiga qo‘shish choralarini ko‘rish, shuningdek, byudjet hisobotida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining konsolidatsiyalashgan jami moliyaviy ko‘rsatkichlarini yagona shaklda taqdim etish zarur.
Davlat moliyasini boshqarishning yanada samarali va oqilona tizimini ta’minlash maqsadida byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarni aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish zarur.
Ikkinchidan, byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro
standartlarga mosligini ta’minlash maqsadi, davlat resurslariga oid oshkora, ishonchli va keng qamrovli ma’lumotlarni mavjudligi Davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Davlat moliyasi ma’lumotlarining keng qamrovliligi, qiyoslanuvchanligi hamda yaxlitliligi soliq-byudjet siyosatini shakllantirishga strategik yondashuvni
muvaffaqiyatli joriy qilishda, keyinchalik byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning
samaradorligi va natijadorligini baholashga o‘tishda to‘liq, o‘z vaqtida va ishonchli
axborot bazasini yaratishni ta’minlaydi.
Amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining
konsolidatsiyalashgan byudjetini tuzishda byudjet tizimi byudjetlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining barcha daromadlari va xarajatlari hisobga olinadi, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari, shuningdek ayrim davlat maqsadli jamg‘armalari bundan mustasno.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi sektori faoliyatining asosiy qismi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari orqali amalga oshiriladi. Natijada, davlat sektorining ayrim xarajatlari, shuningdek, alohida pul oqimlar, shu jumladan davlat korxonalari faoliyati, davlat aktivlari va ayrim davlat majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar byudjet hisobotida aks ettirilmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:
−Soliq-byudjet hisobotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va yaxlitligini yaxshilash;
−Davlat soliq-byudjet siyosati mo‘ljallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
kengaytirish lozim.
Uchinchi maqsad bo‘yicha davlat siyosatining o‘rta va uzoq muddatli
maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash va unga erishish talablariga javob beradigan samarali davlat moliyasini boshqarish tizimini yaratish maqsadida moliya yili davomida moliyaviy resurslarning etarliligini baholash tizimi bo‘yicha qabul qilingan siyosiy qarorlarning oqibatlari hamda ajratilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish natijalarini baholashga o‘tishni nazarda tutuvchi hamda soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni joriy etish yuzasidan choralar ko‘rish lozim.
Davlat byudjeti kelgusi moliya yili uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini baholashni hamda kelgusi ikki yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi, lekin ularni ishlab chiqishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘zda tutilmagan vaziyatlarni o‘z ichiga olmaydi. Bu esa makroiqtisodiy statistikaning sifati bilan bog‘liq muammolar prognozlarining ishonchliligini baholashni qiyinlashtiradi.
Byudjetni rejalashtirishning amaldagi tizimida strategik yondashuvning yo‘qligi fiskal siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va Davlat byudjetining moliyaviy
imkoniyatlari asosida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlashni cheklaydi, bu esa byudjet majburiyatlarining mantiqsiz o‘sishiga va ajratilgan byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni nazorat qilinmasligiga olib keladi.
Shulardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan islohotlar
quyilagilardan iborat:
1. Byudjet jarayonini takomillashtirish
2. O‘rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF)
3. Byudjetni samaradorlik va natijadorlikka qarab yo‘naltirilganligini oshirish
4. Davlat investitsiyalarining samaradorligini oshirish
To‘rtinchi maqsad bo‘yicha, davlat moliyasini uzoq muddatli barqarorligi va oldindan prognoz qilish imkoniyatini baholash uchun fiskal tavakkalchiliklar tahlilini va ularning oshkor etish jarayonini yaxshilash choralarini ko‘rish lozim. Fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish va ularni boshqarish davlat sektorida soliq-byudjet siyosatiga oid qarorlarni qabul qilish jarayonini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.
Bu bo‘yicha taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:[6]
1. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish
2. Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash
3. Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish
Beshinchi maqsad bo‘yicha, byudjet jarayoni ishtirokchilarining o‘rni va
vazifalarini qayta ko‘rib chiqish, vazirlik va idoralar - byudjet mablag‘larini taqsimlovchi (oluvchi)larning mustaqilligini va byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish va natijadorlik bo‘yicha javobgarliklarini oshirishni nazarda tutgan holda davlat sektorida hisob yuritishning amaldagi tizimini qayta ko‘rib chiqish va byudjet mablag‘larini taqsimlovchi (oluvchi)larning soliqbyudjet sohasida javobgarligini va hisobdorligini kuchaytirishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini davlat sektoriga joriy etish bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga to‘laqonli o‘tish, qadrlar tayyorlash va tegishli dasturiy ta’minotlarni takomillashtirish zarurati tufayli uzoq vaqt talab etishi mumkin.
Bundan tashqari, alohida vazirlik va idoralarda ichki nazorat va audit xizmati ta’sis etilgan. Biroq, ichki audit xizmati faoliyatining huquqiy va metodolik asoslari mavjud emasligi, ularninig faoliyati faqat byudjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bilan bog‘liq tartib buzilish holatlarini aniqlashga qaratilganligi tufayli ushbu xizmatlar faoliyatining samaradorligi chegaralanib qolgan.
Bu sohada taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:
1. Davlat sektorida byudjet hisobi standartlarini unifikatsiyalash;
2. Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish;
3. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish;
4. Byudjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash.
Oltinchi maqsad bo‘yicha, davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni amalga oshirish va ularning natijalarini mustahkamlash uchun davlat organlarida institutsional salohiyatni oshirish-strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘rta muddatli byudjetni rejalashtirishga to‘liq muvaffaqiyatli o‘tish uchun
mas’ul bo‘lgan moliya organlarining makro-fiskal faoliyati cheklangan va jahon
amaliyotiga mos kelmaydi. Jumladan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlash uchun mas’ul ekanligi buning isbotidir.
Moliya vazirligi Davlat byudjeti daromadlarini prognozlash va tahlil qilish
funktsiyasini bajaradi, ammo o‘rta muddatda davlat moliyasi va fiskal tavakkalchiliklarning barqarorligini baholash funktsiyasi mavjud emas.
Shundan kelib chiqib taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:[7]
1. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash;
2. Makro - fiskal tahlil funktsiyalarini mustahkamlash;
3. Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish;
4. Davlat xaridlari tizimini mustahkamlash;

Xulosa
Kurs ishining xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan tahlilga asoslangan holda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalarni, qisqacha tarzda, aks ettirishga harakat qilamiz. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat.
Hozirgi sharoitda byudjet intizomini mustahkamlashning zarurligi va ahamiyati mamlakatimizda bir tomondan, byudjet daromadlarini shakllantirish va ikkinchi tomondan esa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish masalalari bilan bog‟liq. Bunda ularning maqsadliligi, samaraliligi, tartibliligi va qonuniyligini ta‟minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Byudjet intizomini ta’minlashda byudjet mablag’larini belgilangan miqdorda shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining mas’ul bo’lsa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish yuzasidan esa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi G’aznachilik boshqarmasigaa katta mas‟uliyat tushadi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o’zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Yana shuni aytish kerakki byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida byudjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun byudjetdan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtiradigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma-bosqich optimal darajada kamaytirish zarur.
Byudjet tashkilotlarini boqimandalik kayfiyatidagi xo’jasizliklarcha faoliyat yurituvchi sub’ektlardan mablag’ ishlab topuvchi tashkilotlar darajasiga yetkazish, ijtimoiy-madaniy sohalarda faqat davlat mablag‟larigagina asoslanib faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda pullik xizmatlar ko’rsatishni ham tashkil etishga o’tilishini ta’minlash kerak. Masalan, xalq ta’limi sohasiga qarashli maktablarda hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida pullik xizmatlarga o’tish ko’lamini kengaytirish, sog’liqni saqlash tizimiga qarashli muassasalarda bemorlarning pullik tarzda davolanib shifo topish tizimini bosqichma-bosqich kengaytirish va bundan tushgan mablag’larni shu sohaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va malakali xodimlari rag’batlantirishga sarflashni ko‟zda tutish, shu asosida byudjet tomonidan beriladigan xarajatlarni qisqartirishga erishish zarur.
Kommunal xizmatlardan foydalanganligi uchun hozirgi kunda ko’pchilik byudjet tashkilotlari va muassasalarida o’lchagichlarning yo’qligi va ayrim joylardagi o’rnatilgan o’lchagich asboblarining nosozligi mahalliy byudjet mablag’larining iqtisod qilinishiga to’sqinlik qilib kelmoqda. Shuning uchun ham kommunal xizmat turlaridan (issiqlik suv, sovuq suv, gaz, elektr energiya) tejamkorlikka erishish maqsadida barcha byudjet tashkilotlariga o’rnatilgan o’lchov asboblarini sozlab, o’rnatilmagan joylarga esa zudlik bilan o’lchov asboblarini o‟rnatilishini ta‟minlash va shundan so’ng tashkilotlardagi moddiy javobgar shaxslarninig faoliyatini qattiq nazoratga olish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotimiz oldiga qo‘yilgan maqsad va unga samarali yo‘llar bilan erishish uchun rejalashtirilgan vazifalarni maxsus adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar, shuningdek xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va tadqiq etish jarayonida qator ilmiy asoslangan xulosalarni chiqarishga muvafaq bo‘lindi. Shulardan asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Xususan:
1. Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda
ularning mas’uliyatini kuchaytirish.
2. Byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga
mosligini ta’minlash.
3. Soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan byudjet” tizimini joriy etish.
4. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar
hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish.
5. Byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
6. Institutsional va qonunchilik bazasini mustahkamlash.

Yüklə 161,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə