Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə110/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Davlat mulki – davlat ixtiyorida boʻlgan va davlat hokimiyati organlari tomonidan tasar- ruf etiladigan mulk.
Davlat tili – davlat yoki xalqaro tashkilotda ustuvor mavqega ega bo‘lgan tildir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tili o‘zbek tili hisoblanadi.
Firibgarlikbirovning ishonchiga kirib, aldab mol-mulkini oʻzlashtirib olish.
Fuqarolarning tenghuquqliligini buzish – odamlarni tili, dini, millati, irqi va ijtimoiy kelib chiqishiga qarab ajratish. Baʼzilarga huquqlarni koʻproq berib, boshqalarning huquqlarini cheklab qoʻyish.
Guvohnoma – yuridik faktlarni tasdiqlovchi hujjat. Masalan A. qachon tugʻilganini uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasiga qarab bilib olishimiz mumkin. Yoki dadangizning haydovchilik guvohnomasi bunday hujjatga misol bo‘ladi.
Hadya – oʻziga tegishli mol-mulkni birovga tekinga berish, sovgʻa qilish.
Ijtimoiy munosabatlar – turmushning turli sohalarida ishlatiladigan munosabatlar.
Imtiyoz turli xil afzalliklar, yengilliklar berish. Masalan, sinfda eng yaxshi oʻqiydigan oʻquvchilarning imtihonlarni topshirmasdan turib sinfdan sinfga oʻtishi.
Islohotyangilanish, oʻzgarish, tuzatish. Masalan, bolalarni oʻqitishni yaxshilash uchun maktabga zamonaviy asbob-uskunalar, yangi darsliklar, katta tajribaga ega oʻqituvchilar olib kelinadi. Shu yangilanish islohot hisoblanadi.
Jahon hamjamiyati – jahonda mavjud davlatlarning hozir insoniyat oldida turgan global muammolarni hamkorlikda hal qilishda, umumiy maqsad yoʻlida faoliyat koʻrsatishda birligini anglatuvchi tushuncha.
Jismoniy shaxs – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
Kodeks – bir soha boʻyicha bir tizimga solingan huquqiy qoidalar yigʻindisi. Masalan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqalar.

125



@edurtm_uz




Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə