3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/175
tarix29.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#139115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Statistika Soatov 2006



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi 
 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 
SOATOV N.M., TILLAXO‘JAYEVA G.N. 
STATISTIKA 
Toshkent-2006 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi 
 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 
SOATOV N.M., TILLAXO‘JAYEVA G.N. 
STATISTIKA 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida 
tavsiya etilgan 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademiklari 
S.S.G‘ulomov va M.Sharifxo‘jayev umumiy tahriri ostida 
Toshkent-2006 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Mualliflar: 
Soatov N.M. – 
Iqtisod fanlari doktori, professor,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi;
 
Tillaxo‘jayeva G.N.
– Katta o‘qituvchi

Taqrizchilar: 
iqtisod fanlari doktori, 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 
professor
Abdullayev YO.
iqtisod fanlari doktori, 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, 
professor
Nabiyev X.N.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademiklari 
S.S.G‘ulomov 
va 
M.Sharifxo‘jayev 
umumiy tahriri ostida 
Ushbu darslik zamon talablari darajasida yangi darsliklar avlodini yaratish konsepsiyasiga 
binoan 2003 yilda Abu Ali ibn Sino nomli Tibbiyot nashriyoti tomonidan chop etilgan “Statistika” 
darsligining qayta ishlangan ikkinchi nashridir.
Qayta ishlash jarayonida kitob matni yaxshilab tahrir qilinishi va ikkilamchi masalalarni 
chiqarib tashlanishi hisobiga uning hajmi ikki barobar ixchamlashgan. Ammo, mazmuni esa ilg‘or 
pedagogik va axborot texnologiyalari asosida yangicha yondashish va talqinlarni qo‘llash natijasida 
boyigan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o‘quv texnologiyasi tomoyillaridan 
keng foydalanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar 
dastlab muhim mantiqiy – tuzilmaviy elementlar va xarakterli jihatlarga ajratilib, turli sxema – 
tarhlar, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllar tasvirlangan. So‘ngra ular har taraflama izohlanib, 
hayotiy misollar yordamida tushuntirilgan.
Darslikda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati kabi mavzularga 
bag‘ishlangan bo‘limlar muammoli ma’ruzalar tamoyili asosida yozilgan. Variatsiya ko‘rsatkichlari, 
trendlarni aniqlash, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil singari ko‘p hisoblash bilan 
bog‘liq bo‘lgan masalalarni yoritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurati va yo‘llari 
ko‘rsatib o‘tilgan.
Darslikda fan masalalari ikki turkumga ajratilib, birinchi – «Tasviriy statistika» - qismida 
statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, statistik ko‘rsatkichlar, axborotlarni 
jadval grafiklar yordamida taqdim etish usullari, ikkinchi «Analitik statistika» qismida esa 
tasniflash va guruhlash, taqsimot qatorlari, o‘rtacha miqdorlar va o‘rtacha tuzilmaviy ko‘rsatkichlar, 
variatsiya ko‘rsatkichlari, tanlanma kuzatish, korrelyatsion va regression tahlil, dinamikani 
o‘rganish statistik usullari, iqtisodiy indekslar, iqtisodiy balanslar va milliy hisobchilik asoslari 
bayon etilgan. 
Darslik barcha iqtisodiy fakultet oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan 
malaka oshirish institutlarining tinglovchilari, aspirantlar, ilmiy va amaliy xodimlar statistika 
uslubiyatining yangicha talqin va usullarini bilib olishlari mumkin. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Авторы


Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə