3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/175
tarix29.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#139115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Statistika Soatov 2006

1.2. Statistika predmeti 
 
Predmet so‘zi bir necha lug‘aviy ma’noga ega.
Statistika predmeti deganda statistika o‘rganadigan obyekt, ya’ni, ommaviy 
hodisa va jarayonlarning sifat-miqdor aniqligi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini 
miqdoriy nisbatlarda yuzaga chiqishi, o‘rganilayotgan obyekt mazmunini 
belgilaydigan bilimlar majmuasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo‘llanish 
sohalari ham aloqadordir. 
Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni 
o‘rganadi. Ular biror narsalar to‘plamida va o‘zaro 
bog‘langan to‘plamlar orasida kechadi. Bu yerda 
hodisa so‘zi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir 
so‘z bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda 
bo‘lgan real voqeani bildiradi. Masalan, oilada bola tug‘ilishi, paxta hosili, ishchilar 
soni, yog‘ingarchilik (qor yoki yomg‘ir yog‘ishi), atrof-muhit bulg‘anishi va 
hokazolar. Jarayon so‘zi voqealar oqimini, ularning ma’lum makon va zamon 
sharoitida qanday tezlikda kyechishini, yuzaga chiqish yoki chiqmasligini
o‘zgarishini, hodisalar rivojlanishini anglatadi. 
Statistika 
o‘rganish 
obyekti - bu ommaviy 
hodisa va jarayonlardir. 
Pr
е
dm
е

Bizdan tashqarida va ongimizga bog’liq 
bo’lmagan mavjudot, buyum narsa; 
o’rganilayotgan hodisa, voq
е
a, fakt; 
fikr yuritish oby
е
kti, mulo
х
aza mazmunini 
b
е
lgilovchi narsa; 
muayyan o’quv fani bilimlar majmuasi; 
mavzu. Biror narsani t
е
kshirishga yo’llash 
sababi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Demak, ommaviy hodisa - biror obyektlar 
to‘plamida sodir bo‘lgan voqea, harakat natijasi. 
Masalan, O‘zbekiston barcha dehqon va shirkat 
ho‘jaliklari tomonidan bir yilda yetishtirilgan paxta 
hosili, hamma oilalarda tug‘ilgan bolalar soni, 
yoqqan qor va yomg‘ir hajmi, hamma korxona va 
avtomobillar tomonidan atmosferaga chiqarilgan 
gazlar va hokazolar. 
Ommaviy jarayon - bu obyektlar to‘plamida 
sodir bo‘lgan voqealar oqimi va uning xarakteri, 
ularning rivojlanish darajalari, to‘plama hodisalar 
kyechishidagi (harakatidagi) o‘zgarishlar. Masalan, 
O‘zbekistonda tug‘ilgan bolalar sonining ko‘payishi, 
tug‘ilish darajasining o‘zgarishi, umumiy ekin 
maydonida paxta salmog‘ining kamayishi va don 
ekinlari ulushining ortishi, Toshkent shahrida korxona va avtomashinalar tomonidan 
atmosferaga chiqarilgan gazlar ortishi, yer osti boyliklari zaxirasining o‘zgarishlari va 
hokazolar. 
Ommaviy hodisa va jarayon bir qator muhim 
belgilari bilan ajralib turadi.
Uning muhim belgilaridan biri - ommaviy 
hodisa va jarayonda bir qancha mustaqil obyektlar 
(to‘plam birliklari) ishtirok etadi. Bu xususiyat 
murakkab 
obyektlarni 
ommaviy 
hodisa 
deb 
qaralganda ham namoyon bo‘ladi, chunki bunday 
obyekt bir to‘da yakka elementlardan tuziladi. 
To‘plam obyektlari, xuddi shuningdek murakkab obyekt elementlari o‘rganilayotgan 
hodisa jarayon uchun muhim bo‘lgan munosabatlar jihatidan bir biriga o‘xshaydilar. 
Ayrim obyektlar yoki elementlar uchun xos bo‘lgan o‘xshashlik alomati ular 
ichki izchil tub bog‘lanishlarga ega ekanligidan kelib chiqadi. Bu esa o‘rganilayotgan 
obyektlar, elementlar to‘plami ichki qiyofa jihatidan umumiy asosga, sifatga, 
mohiyatga egaligini va shu nuqtai nazardan bir jinsliligini anglatadi. 
Demak, statistikada o‘rganiladigan ommaviy hodisa va jarayon mohiyati va 
sifati jihatidan bir jinsli to‘plamda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga u miqdoriy 
jihatdan turlicha ifodalanishi mumkin. 
Bu esa ommaviy hodisa va jarayonning yana 
bir muhim xususiyati hisoblanadi. U o‘rganilayotggan 
to‘plamning ayrim obyektlari, elementlari bir biriga 
o‘xshashligi bilan bir qatorda o‘ziga xoslik alomatiga 
egaligidan kelib chiqadi. Har bir to‘plam obyekti, 
elementi o‘xshashlik va o‘ziga xoslik jihatlarining 
yagona birligida hayotda harakat qiladi, ma’lum 
hodisa va jarayonning soxibi sifatida gavdalanadi. 
Ommaviy 
hodisaning 
umumiy 
ta’rifi: 
biror 
obyektlar to‘plamida yoki 
murakkab 
obyekt 
elementlari 
majmuasida 
yuzaga chiqqan voqea. 
Ommaviy 
jarayon 
umumiy ta’rifi: obyektlar 
to‘plamida yoki murakkab 
obyektda 
sodir 
bo‘lgan 
voqealar oqimi, ularning 
rivojlanishi. 
Ommaviy hodisa va 
jarayonning 
birinchi 
muhim belgisi - unda bir 
qancha obyektlar ishtirok 
etib, 
ular 
o‘xshashlik 
alomatiga ega ekanligidan 
iborat. 
Ommaviy hodisa va 
jarayonning 
ikkinchi 
xossasi - ayrim to‘plam 
obyektlari, 
elementlari 
o‘ziga xoslik alomatiga ega 
bo‘lib, 
mustaqil, 
erkli 
tarzda amal qiladilar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Ana shunday ayrim voqealar, jarayonlar umumlashishidan esa ommaviy hodisa va 
jarayon shakllanadi va u statistikani o‘rganish obyekti hisoblanadi. 
Ommaviy hodisa va jarayonning boshqa yana 
bir xossasi - uni yuzaga chiqishida ishtirok etuvchi 
to‘plam obyektlari, elementlaridan biri haqidagi 
haqiqiy tafsilotlarni (ko‘rsatkichlarni) qolgan boshqa 
obyektlar tafsilotlaridan to‘la holda yoki umuman 
aniqlab bo‘lmaydi. Ma’lum shirkat xo‘jaligi yoki 
sanoat 
korxonasining 
mahsuloti, 
meqnat 
va 
mablag‘lar sarfi, texnika vositalari kabi haqiqiy 
tavsilotlarini boshqa ho‘jalik va korxonalarining tegishli tavsilotlari asosida topib 
bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, turli obyektlarning ayrim tavsilotlari orasida to‘la 
yoki qisman bo‘lsa ham mustaqillik qaramsizlik mavjud. Bundan xulosa qilishimiz 
mumkinki, agarda o‘rganilayotgan obyektlarning bittasidan tashqari qolgan hammasi 
haqida ma’lumotlar bor desak, u holda ushbu noma’lum obyektning haqiqiy 
ko‘rsatkichlarini ular asosida aniqlab bo‘lmaydi, ammo chamalab baholash mumkin, 
xolos. Biroq olingan natija qanchalik haqiqatga mosligi jumboq bo‘ladi, chunki hatto 
mazkur obyekt umuman bo‘lmaganda ham, bunday chamalama hisoblash natijasi o‘z 
kuchida qoladi.
Va nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning 
yana bir muhim xossasi - unda ma’lum qonuniyat 
yuzaga chiqib, ammo ayrim elementlarda, ya’ni 
yakka holda qaralgan hodisada ko‘p hollarda 
kuzatilmasligidadir. Bu qonuniyat ommaviy hodisa va 
jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi, uning 
tabiatidan 
ajralmas 
jihat 
hisoblanadi. 
Bunday 
qonuniyat statistik qonuniyat deb ataladi. Ammo 
bunday qonuniyatlarni umuman statistikaga xos, 
uning xususiy qonuniyatlari deb talqin etib bo‘lmaydi, chunki, bu holda ular mualloq 
holatdagi biror predmetga ya’ni bo‘shliqda turib qolgan narsaga o‘xshash tushuncha 
bo‘lib qolar edi. Ommaviy hodisa va jarayonlarda namoyon bo‘ladigan 
qonuniyatlarni ochish va o‘rganish statistikaning asosiy vazifasi, statistik tekshirishda 
ko‘zlangan va haqiqatda erishilgan pirovard maqsad hisoblanadi. Har doim ular 
ayrim hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash 
jarayonida olinadigan hamda butun to‘plam bo‘yicha miqdoriy nisbatlarni 
ta’riflaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar shaklida namoyon bo‘ladi. Shu bilan 
bir qatorda statistik qonunyatlar ommaviy hodisa va jarayon tabiatining turli 
tomonlariga tegishli izchil bog‘lanishlarni, tartib qoidalarni ifodalaydi. Bu jihatdan 
ularni ma’lum darajada shart bilan ikki turga ajratish mumkin: 
birinchidan, 
o‘rganilayotgan 
hodisalar 
to‘plamining 
tuzilishidagi 
bog‘lanishlarni ifodalovchi qonuniyatlar, ular taqsimot qonuniyatlari deb ataladi. 
Ommaviy hodisa va 
jarayonning 
uchinchi 
xossasi - to‘plamning biror 
obyekti haqidagi tafsillarni 
uning 
barcha 
boshqa 
obyektlariga oid tafsillari 
asosida aniqlab bo‘lmaydi 
Nihoyat, 
ommaviy 
hodisa 
va 
jarayonning 
to‘rtinchi 
eng 
muhim 
belgisi - unda ma’lum 
qonuniyat yuzaga chiqishi, 
ammo u yakka hodisada 
odatda 
kuzatilmasligi-
dadir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


ikkinchidan, ommaviy hodisa va jarayonning dinamizmini ifodalovchi 
qonuniyatlar, ularni rivojlanish (taraqqiyot) qonuniyatlari deb ham atash mumkin. 
Shunday qilib, statistik qonuniyatlar ommaviy hodisa va jarayonlarda, ularning 
asosiy sabablari ta’siri ostida yuzaga chiqadi. Ular ayrim hodisalarda namoyon 
bo‘lmaydi va buning sababi shundaki, bu holda yordamchi ikkilamchi omillar, 
sabablar muhim rol’ o‘ynab, asosiy sabablarning ta’sir kuchini qirqadi va ulardan 
ustunlik ham qilishlari mumkin. Agarda jarayonni bir butunlikda, barcha harakatchan 
kuchlar to‘plamida qaralsa, u holda tasodifiy tafovutlar tekislanish, silliqlanish 
tendensiyasiga ega bo‘ladi, chunki ulardan bir qismi ijobiy, boshqalari salbiy 
hisoblanadi. Tekshirilayotgan to‘plam hajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik 
ikkilamchi sabablarning oqibatlari ya’ni ularning ta’siri ostida yuzaga kelgan 
tasodifiy tafovutlar ko‘proq yediriladi, siyqalanadi. Natijada zaruriy sabab 
bog‘lanishlar, ya’ni biologiya, iqtisodiyot, fizika, kimyo va hokazo qonunlari 
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. 
Ammo ayrim holatlarda to‘plam soni ko‘paysa ham katta sonlar qonuni amal 
qilmasligi va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqmasligi mumkin. Turmushimizda, 
iqtisodiy hayotda bunday holat quyidagi hollarda kuzatiladi: 
-o‘rganilayotgan hodisalar qastdan, ataylab qilingan xatti-harakatlar natijasi 
bo‘lsa; 
-o‘rganilayotgan to‘plam tabiatan bir jinsli bo‘lmaganda, ya’ni u har xil sifatga 
ega bo‘lgan hodisalardan tashkil topsa; 
-ommaviy jarayonning turli unsurlariga ta’sir etuvchi ikkilamchi sabablar 
kuchli o‘zaro bog‘liq bo‘lganda. 
Shuning uchun katta sonlar qonuni amal qilishi 
va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqishi uchun 
ma’lum shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim. Birinchi 
shart - o‘rganilayotgan hodisalar beg‘araz, erkin xatti-
harakatlar natijasi bo‘lishi kerak. Shu holdagina 
hodisa tasodif xarakterga ega bo‘ladi va to‘plam 
unsurlari mustaqil, erkli bo‘lishi uchun sharoit 
tug‘iladi, chunki ularga ta’sir etuvchi ikkilamchi sabablar ham o‘zaro kuchli 
bog‘lanishga ega bo‘lmaydi yoki kuchsiz bog‘langan bo‘ladi, natijada aksariyat 
unsurlar ham ushbu sifatga ega bo‘ladi. Ikkinchi shart - o‘rganilayotgan to‘plam bir 
turli (jinsli) bo‘lishi kerak. Agarda uning tarkibiy qismlari biror yoki aynan shunday 
asosiy sabablar ta’siri ostida bo‘lsa, o‘rganilayotgan ommaviy jarayon ham bir jinsli, 
bir turlidir. Unga yangi boshqa tabiatli unsurlar qo‘shib bo‘lmaydi, aks holda to‘plam 
har xil jinsli bo‘lib, turli asosiy sabablar ta’siri ostida bo‘lgan qismlardan shakllanadi. 
Bunday to‘plamlarni o‘rganish dastlab uni bir jinsli qismlarga ajratishni taqozo etadi. 
Statistik 
qonuniyatlar 
namoyon bo‘lishi uchun 
hodisa 
beg‘araz 
xatti-
harakat natijasi, to‘plam bir 
jinsli bo‘lishi kerak. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Yuqorida bayon etilgan fikrlar ommaviy hodisa 
va 
jarayonni 
aniqroq 
va 
to‘laroq 
ta’riflash 
imkoniyatini beradi. Ommaviy hodisa va jarayon har 
qanday voqealar (faktlar) yig‘indisi bo‘lmasdan, balki
shundaylarining 
to‘plamiki, 
unda 
ichki 
izchil 
bog‘lanishlar va ularni ifodalovchi qonuniyatlar 
mavjud bo‘lib, yakka tartibda ular qaralganda 
kuzatilmaydi. 
 
Statistika fani barcha ommaviy hodisa va 
jarayonlarni, qaysi sohalarga ular tegishliligidan qat’iy nazar, o‘rganadi. Bu holda 
uning universal, umumiylik jihati namoyon bo‘ladi. Ammo, bunda qandaydir zararli 
unversalizm alomatlarini ko‘rish noo‘rindir. Har qanday fan ma’lum darajada 
umumiylikka ega. 
Ommaviy hodisa va jarayonni o‘rganayotib, statistika uni miqdoran ya’ni 
sonlar yordamida ta’riflaydi. Bu esa uning o‘rganish predmetidan kelib chiqadi.
Shunday qilib, statistika fanining predmeti ommaviy hodisa va jarayonlarning 
miqdoriy-sifat aniqligini o‘rganish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon 
bo‘ladigan qonuniyatlarni miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdan iborat 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə