3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


I QISM. TASVIRIY STATISTIKA



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/175
tarix29.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#139115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Statistika Soatov 2006

 I QISM. TASVIRIY STATISTIKA
 
I bob. STATISTIKA PREDMETI VA USLUBI 
 
1.1. Statistika nima?
 
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy 
ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Qadim 
zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar 
sonini bilish, soliqqa tortish obyektlarini belgilash 
zarurati tug‘ilgan. Bu esa davlatni aholi soni va 
tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Qishloq 
xo‘jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy 
aloqalarning taraqqiy etishi ho‘jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam 
ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq 
statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa 
iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan. 
Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o‘zaro aloqalar kengayishi 
bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obyektiv zaruriyat bo‘lib qoladi. Bu esa, 
o‘z navbatida, yangidan-yangi ma’lumotlar to‘plash, iqtisodiy hayotning hamma 
muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug‘diradi. Shu 
bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon 
xo‘jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jahon 
ho‘jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va 
iste’mol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob 
yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro 
tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Natijada milliy hisobchilik 
shakllandi va rivoj topmoqda. 
Ammo, ilk bor statistika davlatni boshqarish 
muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib 
borgan bo‘lsa ham, shu bilan bir vaqtda ko‘pdan 
ko‘p voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga 
olish va ma’lum darajada tartibga solish natijasida 
ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham 
jamg‘arildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir 
kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan o‘g‘il yoki qiz bola tug‘ilish soni, 
nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda o‘lish soni va shularga o‘xshash hodisalarda
ma’lum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini 
anglash ishtiyoqi kishida uyg‘onib, ularni tushuntirish yo‘llarini izlab topish ehtiyoji 
tug‘ildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga 
ilm-fan sohasiga aylandi. 
Amaliy faoliyatda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish yo‘li bilan dastlab 
davlatni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va 
Jamiyat hayoti, turmushi 
haqidagi 
ma’lumotlarga 
bo‘lgan 
amaliy 
ehtiyoj 
statistikani yaratdi. 
Ma’lumotlarda 
ifodalangan 
tartib-
qoidalarni anglash ishtiyoqi, 
tushuntirish yo‘llarini topish 
zaruriyati statistikani fan 
sohasiga aylantirdi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


talqin etish qoidalari, tartiblari, yo‘llari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan 
sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini 
takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan 
foydalanish juda qo‘l keldi, chunki statistika ham matematikaga o‘xshab sonlar, 
miqdorlar bilan shug‘ullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega 
bo‘lib, ommaviy hodisalarni o‘lchash natijasida hosil bo‘ladi. Pirovard oqibatda 
statistik tafakkur uslubi, ya’ni statistika nazariyasi va uslubiyati (metodologiyasi) 
shakllandi. Endi bu uslub nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni o‘rganishda, balki 
boshqa sohalarni ham birin-ketin egallay boshladi. Hozirgi vaqtda u deyarlik barcha 
fan va texnika sohalarida, tajriba-eksperimentlarda, fizika, kimyo, biologiya, 
arxeologiya, 
agronomiya, 
tibbiyot, 
psixologiya, 
sotsiologiya, 
pedagogika, 
tilshunoslik, harbiy ishlar va hatto tasviriy san’atda hamda musiqa bastalashda 
qo‘llanilmoqda.
Shunday qilib, Statistika yuzaki qarashda oddiy so‘z bo‘lsa ham, lekin ko‘p 
qirrali mazmunga ega. 
Etimologiya, ya’ni so‘zlarni kelib chiqishi 
jihatidan bu atama bevosita qandaydir bitta klassik - 
grekcha yoki lotincha ildizga ega emas. U lotincha 
“status”, ya’ni
ahvol, 
holat 
degan 
so‘zning 
italyancha “state” - davlat degan so‘z qiyofasini 
olishidan kelib chiqadi. Statistika so‘zi kundalik 
hayotga va ilm-fanga XVIII asrda kirib keldi. 
Dastlab, savdo va moliya kapitali hamda pul 
munosabatlari taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan ehtiyojni qondirish maqsadida 
to‘plangan mamlakat aholisi, iqtisodiy va siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar 
statistik axborotlar deb yuritiladi.
Biroz keyinroq davlatning diqqatga sazovor 
tomonlarini tasvirlaydigan davlatshunoslik fani paydo 
bo‘lib, u statistika nomi bilan, uni yaxshi egallagan 
bilimdon esa statistik deb atala boshlandi. Bu fanning 
ko‘zga ko‘rinarli namoyondasi nemis G. Axenval (1719-1772yy) birinchi bo‘lib 
statistika so‘zini ot sifatida qo‘lladi va ilmiy odatga kiritdi. Uning fikricha, statistika 
bu davlat uchun alohida ahamiyat kasb etadigan masalalar sharhi, tasviridir. Ammo 
hozirgi kunda statistika atamasini bunday mazmunda talqin etish ko‘p jihatlarini 
yo‘qotdi. Kundalik turmushimizda mamlakat iqtsodiyoti va aholisi haqidagi 
ma’lumotlar to‘plami statistika deb yuritilsa ham, ammo u o‘tgan asrlardagi 
“davlatshunoslik” dan tubdan farq qiladi.
Statistika 
lotincha 
“status” - ahvol, holat so‘zi 
bilan italyancha “state” - 
davlat 
so‘zidan 
kelib 
chiqib, 
davlat 
ahvoli 
haqidagi fan. 
Dastlab davlatshunoslik 
fani statistika deb ataldi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Bu farq nafaqat axborot turlari ko‘pligi va 
to‘laligida ko‘zga tashlanib qolmasdan, shu bilan 
birga ularning xarakterida ham yaqqol kuzatiladi. 
Endi statistika deganda faqat miqdoriy ifodalangan 
axborotlar tushuniladi. Masalan, muayyan davlatda 
qanday siyosiy tizim xukmronligi, qaysi til davlat tili 
ekanligi statistikaga hech qanday aloqasi yo‘q, ammo 
siyosiy firqolar soni, ularning maqsadi, a’zolar soni 
va boshqa belgilar bo‘yicha taqsimlanishi, yetakchi firqo tashkilotlari a’zolarining 
ijtimoiy holati, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha taqsimoti, qaysi tilda qancha 
aholi gaplashishi va hokazolar - bular statistikadir. Mamlakat hududiy 
bo‘linmalarining ro‘yxati yoki jo‘g‘rofiy xaritada joylanishi statistika emas, biroq 
aholini soni, sanoat tarmoqlari va hokazolarning hududiy kesimda taqsimoti 
statistikadir. 
Statistikaga oid ma’lumotlar uchun umumiy o‘ziga xos xususiyat shundan 
iboratki, ular ayrim yakka hodisalarga tegishli bo‘lmasdan, balki doimo ularning 
to‘plamini qamrab oluvchi umumlashtiruvchi miqdorlardir. Yakka hodisa, 
to‘plamdan farqli o‘laroq, mustaqil va bir - biriga o‘xshash tarkibiy elementlarga 
bo‘linmaydi. To‘plam bitta yoki bir nechta hodisaga kamayishi bilan butunlay yo‘q 
bo‘lmasdan, oldingi mavqeini saqlab qoladi. Masalan, agarda shahar aholisi orasida 
bir yoki bir nechta kishi vafot etsa yoki boshqa joyga ko‘chib ketsa, aholi 
to‘plamligicha qolaveradi. Qandaydir korxona yopilsa korxonalar to‘plami o‘z 
nomini saqlab qoladi. Ammo yakka korxonaga qarashli asosiy sex yopilsa, korxona 
o‘z mavqeini yo‘qotadi, ya’ni ishlamay qo‘yadi.
Shuningdek, shaharga bir kishi ko‘chib kelishi yoki bola tug‘ilishi, yangi 
korxona ishga tushishi bilan mavjud to‘plam o‘rniga yangisi yoki ikkinchi boshqa 
to‘plam paydo bo‘lmaydi.
Agarda hodisa yakkayu yagona bo‘lib, keyinchalik unga o‘xshash hodisa 
yuzaga chiqishi kutilsa, u holda bu hodisa mustaqil statistika obyektini tashkil etadi. 
Masalan, Asakadagi o‘zbek-quriya qo‘shma yengil mashinalar ishlab chiqaruvchi 
korxona ishga tushishi bilan respublika xo‘jaligida yangi tarmoq shakllanishiga asos 
solindi. Demak, bu korxona statistika, obyekti hisoblanadi, chunki keyinchalik unga 
o‘xshash mashinasozlik korxonalari vujudga kelishi mumkin, haqiqatda ham paydo 
bo‘la boshladi.
To‘plam tarkibidagi har bir hodisa o‘z o‘zidan statistikani qiziqtirmaydi. U 
to‘plam bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarni olish uchun asos sifatida statistika 
diqqatini tortadi. Masalan, nikohni qayd qilish oila quruvchi ikki yosh uchun 
ahamiyat kasb etadi, chunki ularning oilaviy huquq va vazifalarini belgilaydi, shu 
jihatdan davlat tashkiloti-ZAGS larni ham qiziqtiradi, chunonchi ular huquqiy oila 
munosabatlari ustidan nazorat olib borish uchun tuzilgan. Bu fakt statistika uchun 
qayd qilingan nikohlar soni, yangi oilalar a’zolarining yoshi, yashash manbaalari va 
xokazolar haqidagi umumiy ko‘rsatkichlarni olish jihatidangina ahamiyatga ega.
Hozirgi 
zamon 
statistikasi 
davlatshunoslikdan 
axborotlarning 
to‘laligi, 
turli- tumanligi va xarakteri 
bilan tubdan farq qiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Garchi faktlar gung bo‘lsa ham, ularni tushunish kerak, talqin eta bilish lozim. 
Statistikaga ana shunday yo‘sinda yondashish natijasida bu so‘zning ma’nosi boyidi, 
u mazmunan yangi jihatga ega bo‘ldi.
Statistika deganda ma’lumotlar to‘plash jarayoni 
ham ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish 
qoidalari ham tushuniladi. Ana shu mazmunda 
statistika ham fan, ham faoliyat sohasi, ham kasb 
turidir. U uyushtirilgan bilim tarmog‘i ham, 
maqsadlarni amalga oshirish uchun kuchli qurol ham, 
kasbkorlik faoliyati sohasi ham hisoblanadi. Ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olim 
E.Keyn shohidlik qilishicha, ma’muriy muassasalarda ishlarni tasniflashga oid 
amerika ma’lumotnomasida statistika quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni 
xulosalar yasash uchun asos sifatida to‘plash, tasniflash va miqdoriy baholash 
haqidagi fandir”
1
Shu jihatdan u tasviriy statistika nomi bilan ham yuritiladi. 
Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar 
to‘plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish 
yo‘llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida 
ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish turadi. 
Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to‘plash, 
tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish 
va amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Bu ishda EHMdan foydalanish muhim 
masala hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM 
yordamida axborotlar to‘plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim.
Shunday qilib, statistika atamasi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, hozirgi kunda u 
quyidagi mazmunlarda ishlatiladi: 
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy, 
siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar 
hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday 
mazmunda bu so‘z ko‘proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida 
ishlatiladi; 
-ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi; 
-statistik ko‘rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini 
ko‘rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so‘zi 
foydalaniladi. Masalan, gazeta sahifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko‘ra” 
degan ibora tez-tez uchrab turadi; 
-yirik korxona va idoralarda ho‘jalik faoliyat haqidagi ko‘rsatkichlarni 
hisoblash va hisobotlar tuzish bilan shug‘ullanadigan bo‘lim nomi ham statistika deb 
yuritiladi; 
-statistika deb maxsus ilm-fan yo‘nalishi ham ataladi; 
1
Э
.
Кейн

Экономическая
статистика
и
эконометрика

Инглизчадан
таржима

М
:, 
Статистика
, 1997. 11 
бет

Statistika - bu fan 
tarmog‘i, amaliy faoliyat 
sohasi, bilim yo‘nalishi, 
bilish quroli. 
Tasviriy statistika - bu 
ma’lumotlar 
to‘p-lash, 
tasniflash, umum-lashtirish 
va talqin etish yo‘llaridir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


-statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash 
va yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tatbiq qilish ham 
tushuniladi; 
-nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar 
statistika deb yuritiladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə