3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy tushuncha va atamalar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/175
tarix29.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#139115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   175
Statistika Soatov 2006

Asosiy tushuncha va atamalar 
 
Statistika, miqdor, sifat, statistika obyekti va predmeti, statistika uslubiyati 
(metodologiyasi) yoki uslubi (metodi), statistik qonuniyat, tasviriy statistika, analitik 
statistika, ommaviy hodisa, ommaviy jarayon, matematik va statistik ehtimol
statistika tarmoqlari, iqtisodiy statistika 
Qisqacha xulosalar 
 
Statistika deganda ilk bor mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini sonlar va 
iboralar yordamida izohlash tartibi haqidagi fan tushunilgan bo‘lsa ham, hozirgi 
kunda bu so‘z ko‘p ma’noda qo‘llaniladi: Statistika-bu: 1)turmush, jamiyat hayoti 
haqidagi aniq sonlar, ko‘rsatkichlar to‘plami; 2) mazkur ma’lumotlarni to‘plash, 
ishlash,umumlashtirish, saqlash va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat 
sohasi; 3) ommaviy jarayonning ustidan ko‘p kuzatishlar o‘tkazish natijasida olingan 
umumlashtiruvchi mezonlar, ko‘rsatkichlar;4)ilm-fanning maxsus sohasi.Statistika 
fani ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi, ularda namoyon bo‘ladigan statistik 
qonuniyatlarni aniqlaydi, ularning me’yorini belgilaydi. U o‘z uslubiyatiga ega va 
ommaviy jarayonni o‘rganish uslubi sifatida moddiy dunyo va ilm-fanning hamma 
sohalarida qo‘llanadi. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy hodisalarni bilishda,idrok 
qilishda statistika beqiyos katta rol o‘ynaydi. Bu sohada olib borilgan tekshirish va 
kuzatishlarni umumlashtirish natijasida statistika fan sohasi tarzida shakllanganligi va 
taraqqiy etib kelayotganligi bejiz emas. Uning uslubiyati barkamol topishida 
matematika va boshqa aniq fanlar hissasini ham inkor etib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy statistika yagona sttatistika fanining tarkibiy qismi va tarmog‘idir. 
Shu bilan birga uning o‘rganish obyekti muhim o‘ziga xos tomonlarga egaligi va 
ularga umumstatistik usullarni moslashtirish yo‘li bilan yangi mazmun va shakllar 
baxsh etilgani va natijada birmuncha takomillashgan uslubiyat yaratilganligini 
3
Э
.
Кейн

Экономическая
статистика
и
эконометрия

М
.: 
Статистика
, 1977, 
б
14. 
4
O’sha manba. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


hisobga olib iqtisodiy statistikani ma’lum darajada mustaqil fan deb qarash ham 
mumkin.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə