Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə105/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Yodda tuting
Diplomatik himoya davlat o‘z fuqarolarining huquqlarini buzgan davlatga nisbatan diplomatik yoki boshqa choralarni qo‘llagan holda o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishidir.
Tarixga nazar
2017-yilda A. va B. ismli ikki ayol Pokistonga boradi. Ammo ularning pasportlarini olib qoʻyib, oʻsha yerlik bir shaxsga sotib yuborishadi. Yaxshiyamki, ushbu ikki Oʻzbekiston fuqarosi Pokiston poytaxti Islomoboddagi elchixonamizga borishning uddasidan chiqadi. Elchixona ularga yordam beradi va Oʻzbekistonga yuboradi. Albatta, mazkur vaziyatda ular Pokistonga kirish va chiqish yoki u yerda boʻlish qoidalarini buzganliklari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin edi, lekin elchixonaning yordami sababli muqarrar jazodan qutulib qolgan.
Xorijiy mamlakatlarga sayohatga borish yoki u yerda oʻqish va ishlashning o‘ziga xos ma’suliyati bor. Biroq xorijda oʻzingiz tanimagan va bilmagan insonlarga ishonish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli pasportingizni hech qachon oʻz- galarga berib qoʻymang.


120
@edurtm_uz

CHET EL FUQAROLARINING HUQUQLARI

Mamlakatimizda Oʻzbekiston fuqarolaridan tashqari chet elliklar ham yashaydi. Chet elliklarning huquqlari mamlakatimiz tomonidan xalqaro huquq qoidalariga binoan himoya qilinadi. Bu qoida Konstitutsiyamizning 24-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan. Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunda ham chet el fuqarolarining huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanishi belgilangan. Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi ta’kidlab o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi o‘rnatilgan. Shuning uchun chet elliklar mamlakatimizda immigrant, turist, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi sifatida boʻlib turgan vaqtda ular bilan yaxshi munosabatda boʻlish lozim. Oʻz navbatida, ular ham Oʻzbekistondagi qonun- qoidalarni hurmat qilishlari talab etiladi.
Huquqshunoslikda yana shunday bir soha borki, unga ko‘ra, chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar bilan bog‘liq ba’zi xususiy masalalarda O‘zbekistonda chet el qonunchilik normalari qo‘llanishi yoki xorijiy mamlakatda O‘zbekiston qonunchilik normalari qo‘llanishi ham mumkin. Bu soha “Xalqaro xususiy huquq” deb ataladi. Sudlar ham huquqiy xatti- harakatlar chet elda yoki O‘zbekistonda yuz berganiga qarab ishni ko‘rib chiqish yoki ko‘rib chiqmaslik masalasini hal etishi, chet elda chiqarilgan qarorlarni tan olishi yoki olmasligi ham aynan shu soha yordamida tartibga solinadi. Unutmang, bu soha “Xalqaro xususiy huquq” deb nomlansa-da, u xalqaro huquqning emas, balki davlatning ichki huquq tarmog‘i hisoblanadi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə