Davlat va huquq asoslari


Erkak va ayol nikoh yoshiga



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə42/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Erkak va ayol nikoh yoshiga yetganligiga asoslanadi
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralarida ro‘yxatga olinadi

Nikohni tuzish to‘g‘risidagi ariza belgilangan shaklga ega. Ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida to‘ldirilib, barcha savollarga aniq javob beriladi. Ariza aniq, tushunarli yozuvda to‘ldiriladi. Nikohni qayd etishda guvohlarning soni ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Nikohlanuvchilarning istaklariga binoan nikoh ularning qarindoshlari, tanishlari va guvohlar ishtirokida qayd etiladi.


Nikoh tuzilgandan keyin yagona nusxada guvohnoma beriladi.
Nikohlanuvchi shaxslar qonun doirasida belgilangan yoshga yetgan bo‘lishlari shart.
Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan.
Ariza berilgandan so‘ng nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning maqsadi sog‘lom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bog‘liq va
47

tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olishdan iborat.
Nikohlanuvchi shaxslar psixik, narkologik, tano- sil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanmalar FHDY organlarida beriladi. Bu esa nikoh tuzish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida qayd etiladi. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi ularning yashash jo- yidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil
kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan bepul o‘tkazi- ladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish ikki haftadan oshmasligi kerak. Tibbiy ko‘rik natijalari tibbiyot kartasida to‘liq aks ettiriladi.


NIKOHNI TUZISHGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR

Yuqorida biz siz bilan nikoh, uni tuzish tartibi haqidagi masalalarni ko‘rib chiqdik. Endi nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respulikasi Oila kodeksida nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar belgilangan. Jumladan, nikoh tuzilayotganda nikohlanuvchilar boshqa nikohda turgan bo‘lishi mumkin emas. Bosh- qa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari, nasl-nasab shajarasi to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida ham nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yaʼni Oila kodeksining 57-moddasida bel- gilangan meʼyor asosida bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan – ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan – uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi.





Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə