4
I-BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI —
XALQARO HUQUQ SUBYEKTI
1-§. HUQUQ — SHAXS VA DAVLAT MUNOSABATLARINING
MUSTAHKAM ASOSI
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING
KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSI
Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va
majburiyatlar orqali uzviy
bog‘liqdir. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitut
-
siyada belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlar
-
ni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umu
-
miy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi
g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.
5
Davlat xalq irodasini ifoda etib,
uning manfaatlariga xiz
-
mat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va
fuqarolar oldida mas’uldirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda.
O‘zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, man
-
sabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat,
uning organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat bir
-
lashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish
ko‘radilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda.
93-moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekis
-
ton Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.
Dostları ilə paylaş: