6
Konstitutsiyada respublikaning suvereniteti mustahkamlanishi bilan
O‘zbekiston chinakam mustaqillikka
va erkinlikka erishdi, yer, yer osti boy
-
liklari, boshqa tabiiy zaxiralar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual imko
-
niyatlar milliy boylikka aylandi, o‘zbek xalqining asl tarixi va madaniyati qad
rostladi,
shoirlar, muallimlar,
mutafakkirlar, davlat arboblarining pok nomlari
tiklandi. Insonning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar tomonidan
himoyalangan.
Davlat
mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga
a’zo bo‘lgani O‘zbekistonga mustaqil
tashqi siyosat yuritish, xalqaro muno
-
sabatlar yo‘nalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi.
Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz
suvereniteti xalqaro de
-
mokratik qadriyatlarga uzviy bog‘liqligi namoyon etildi va shuning uchun
O‘zbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb e’lon
qilindi.
Dostları ilə paylaş: