Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya]


Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi] 110-modda



Yüklə 435 Kb.
səhifə55/65
tarix29.03.2022
ölçüsü435 Kb.
#84849
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
UzR Konstitutsiyasi (22.01.2021)

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]

110-modda.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.



(110-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)

U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.



(110-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 13 — 27-moddalari.

(110-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

111-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonuni.

(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalarning maqomi. Sudyalarning saylanish va tayinlanish tartibi. Vakolatlarni tugatish. Sudyalarning moddiy va ijtimoiy ta’minoti]

112-modda.

Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi.

Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 67 — 70-moddalari.

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 71 va 72-moddalari.

(112-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)

[OKOZ:


Yüklə 435 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə